×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​1-Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik yangi bosqichga ko'tarildi

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot institutiga Rossiyaning yetakchi tibbiyot oliy oʻquv yurtlaridan boʻlgan Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rektori Akademik S.Bagnenko tashrif buyurdi. Uni SamDTI rektori Jasur Rizayev kutib oldi.

  Uchrashuvda malakali kadrlar tayyorlash hamda oʻzaro ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirishda hamkorliklarni yangi bosqichga koʻtarish muhokama qilindi. Shuningdek, 14-15-dekabr kunlari ikkinchi bor oʻtkaziladigan “Samarqand 2020” xalqaro olimpiadasiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

  Muzokaralar davomida Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rektori Akademik S.Bagnenko institutning yangi binosidagi zamonaviy o'quv va amaliyot xonalari, laboratoriya jihozlari bilan tanishdi.

  Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning 24-may kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti va Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolangan edi.

  Memorandumga muvofiq, tomonlar bundan buyon oʻzaro maʼlumot va mutaxassislar almashinuvi, professor-oʻqituvchilar va talabalarning akademik mobilligini rivojlantirish, shuningdek, birgalikda ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar, seminar va simpoziumlar oʻtkazish boʻyicha aloqa oʻrnatdi.




SamDTI matbuot xizmati