×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi muzeyi ishga tushdi

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi oʻquv binosida yangi muzeyini tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda institut rektori Jasur Rizayev, barcha prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari, professor-oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti 1930-yilda barpo etilgan boʻlib Markaziy Osiyoda eng birinchi tibbiyot oliygohi hisoblanadi. Uzoq tarixiy vaqt davomida institut minglab yuqori malakali tibbiyot mutaxassislari, yuzlab fan, davlat va jamiyat arboblari, akademik va professorlarni tayyorlab bergan.

  Yangi ochilgan institut tarixi muzeyida uning shonli tarixidan lavhalar joy oldi. Mohirona tashkil etilgan ekspozitsiyalarda 13 rektorni koʻrgan oliygoh faoliyatiga oid 1000 dan ortiq eksponatlar joy oldi, maʼlumotlar 4 davrga boʻlgan holda, ularga tegishli maʼlumotlar interaktiv panellarga katalog koʻrinishda joylashtirildi.

  SamDTI rektori Jasur Rizayev muzeydagi eksponatlarni yanada boyitish istagini bildirgan barcha institut xodimlariga minnatdorchilik bildirib, institut tarixi muzeyini yanada boyitishga barchani chorladi.


SamDTI matbuot xizmati