×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Institut klinikalarida telemiditsina yo’lga qo’yildi

  Samarqand davlat tibbiyot instutituning 1 va 2-sonli klinikalarida Koreyani Kyonbuk milliy universiteti Chxilgok klinikasi bilan hamkorlikda telemiditsina yo’lga qo’yildi. Eslatib o’tamiz, 2019-yil Samarqand davlat tibbiyot institutining 1 va 2 - sonli klinikalari hamda Koreyaning Kyonbuk milliy universiteti Chxilgok klinikasi oʻrtasida hamkorlik qilish uchun kelishuv Memorandumi imzolangan edi.

  Bugungi kunda telemeditsina Sogʻliqni saqlash tizimining oʻta dolzarb va istiqbolli yoʻnalishlaridan biri. Telekommunikatsion texnologiyalarning soʻnggi yutuqlaridan foydalangan holda bemorlar xastaligini erta va toʻgʻri muolaja oʻtkazishga qaratilgan. Telemeditsina markazining faoliyati esa mutaxassislarimizga murakkab holatlarda Chxilgok klinikasi mutaxassislari bilan maslahat olgan holda ular bilan fikr almashish bilan tashxis qoʻyishda va keyingi davolash usulini olib borishda katta ahamiyat egallaydi.

  Klinika mutaxassislarining Koreya Respublikasida malaka oshirishlari orqali xirurgiya, neyroxirurgiya, pediatriya, terapiya, oftalmologiya kardiologiya, tibbiy reabilitatsiya va shu qatori oʻnlab yoʻnalishlar boʻyicha yangi zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostika-davolash usullarini oʻzlashtirishlari va ularni klinika amaliyotiga joriy etishlariga ulkan hissa qoʻshadi.

  Mamlakatimizda nishonlanayotgan tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mazkur telemeditsina markazlarning ochilishi Samarqandlik tibbiyot xodimlari uchun katta bayram tuhfasi boʻldi.



SamDTI matbuot xizmati