×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​“Diabetga qarshi kurash” kuni Samarqandda keng nishonlandi

  Samarqand shahar “Yoshlar” markazi konsert zalida “Diabetga qarshi kurash” kuni munosabati bilan akademik Yo.X.To’raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filiali va qandli diabet bilan og’rigan va boshqa nogironligi bo’lgan bemorlarni qo’llab quvvatlash “Umid D” xayriya jamg’armasi bilan hamkorlikda qandli diabet bilan og’rigan bemorlar uchun bayramona “Uch avlod uchrashuvi” konsert dasturi tashkil etildi.

  Bayramni Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori professor Jasur Rizayev va RIEIATMSF bosh vrachi, viloyat bosh endokrinologi Gulzoda Negmatova kirish so’zi bilan ochildi.

  Tadbirda bir qator endokrinologiya va tibbiyot sohasida xizmat qilib yuksak etiroflarga sazovvor bo’lgan ustoz-shifokorlarga ehtirom ko’rsatilib, ularga esdalik sovg’alari tuhfa etildi. Samarqand viloyatida Endokrinologiya xizmati rivojlanishi tarixi yodga olindi.

  Tadbir soʻngida koʻrishda muammosi boʻlgan bemorlar koʻrigi tashkil etilib, ularga koʻzoynaklar, qandli diabet 2-turi bilan ogʻrigan bemorlarga qand miqdorini tushiruvchi va gipotenziv dori vositalari bepul tarqatildi, bolajonlarga sovgʻalar ulashildi.



SamDTI matbuot xizmati