×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Talabalar kuniga bag'ishlab “Orasta qizlar” tanlovi o'tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot institutida xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 16 — noyabr kuni 3-son talabalar turar joyida talabalar kuniga bagʻishlab qizlar oʻrtasida “Orasta qizlar” tanlovi oʻtkazildi.

  Tadbirda institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva va kengash faollaridan 1-akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori N.I.Zakirova, 4-ichki kasalliklar kafedrasi mudiri PhD, dotsent M.B.Xoljigitovalar bugungi kunda yoshlarga,xotin-qizlar uchun qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar, berilayotgan imkoniyatlar, institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlardan toʻgʻri foydalanishlari haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

  Tanlovda talabalar 4 bosqich boʻyicha bellashishib, notiqlik sanʼati, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sogʻlom turmush tarzi tamoyillari, ovqatlanish madaniyati, inson salomatligi uchun zarur va foydali boʻlgan sabzavotlardan xamda oziq-ovqat mahsulotlaridan turli xil salatlar tayyorlash borasida oʻz bilim va mahoratlarini namoyish etishdi.

  Qizlarning chiqishlari hayʼat aʼzolari tomonidan odilona baholanib, 3-oʻringa davolash fakulteti 2 kurs talabasi Madinaxon Baxtiyorova va tibbiy profilaktika fakulteti 1 kurs talabasi Kamolaxon Ramazanova, 2-oʻringa pediatriya fakulteti 3 kurs talabasi Inobatxon Dolliyeva, 1-oʻringa tibbiy profilaktika fakulteti 4 kurs talabasi Shaxloxon Roʻzieva sazovor boʻlib, esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.


SamDTI matbuot xizmati