×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​“MM Publications” (Gresiya) nashriyoti bilan muzokaralar olib borildi

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot institutida “MM Publications” nashriyoti vakillari hamda “Innovative centre” oʻquv markazi rahbariyatini institut rektori Jasur Rizayev bilan rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

  “MM Publications” Gretsiyaning eng nufuzli nashriyotlaridan biri boʻlib bugungi kunda 110 ta mamlakatga ingliz tilini oʻrganishga doir turli xildagi kitoblar, turli darslik va qoʻllanmalarni taqdim qiladi.

  Muloqot davomida institut talabalarini ingliz tilida oʻqitish va tibbiyotga oid boʻlgan qoʻllanma kitoblarni yetkazib berish haqida kelishib olindi. Shu bilan bir qatorda institut talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun tibbiyot ingliz tili boʻyicha oʻquv adabiyotlarni nashr ettirish boʻyicha kelishib olindi.


SamDTI matbuot xizmati