×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Boshqird davlat tibbiyot universiteti professori SamDTI talabalariga dars bermoqda

  Samarqand davlat tibbiyot institutida joriy yilni 22 - noyabridan boshlab Boshqird davlat tibbiyot universiteti (RF) professori, tibbiyot fanlari doktori Azat Railevich Asadullin SamDTI talabalariga dars bermoqda.

  Institut bosh binosiga tashrifi paytida professor A.R. Asadullin institut yangi oʻquv binosi hamda institut tarixi mujassam boʻlgan muzeyga bilan yaqindan tanishdi, oʻquv jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda shakllangan ilmiy maktablarga yuqori baho berdi. BoshqDTU professori A.R. Asadullin tomonidan institutimiz talabalari uchun psixiatriyani turli dolzarb mavzularida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilish rejalashtirilgan.

  Akademik mobillik dasturlari oʻquv jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribani joriy qilish hamda institutni xalqaro akademik hamkorligini kengaytirishiga muhim hissa qoʻshadi.





SamDTI matbuot xizmati