×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot instituti "O‘zbekiston-Ukraina ta’lim forumi"da ishtirok etdi

  22-27-noyabr kunlari “INNOWEEK-2021” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Ukraina taʼlim va ilm-fan vaziri S.Shkarlet boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Oʻzbekiston va Ukraina oliygohlari rektorlari ishtirokida Toshkent, Samarqand va Buxoroda davra suhbatlari va uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.

  Shu munosabat bilan, 24-noyabr kuni Samarqand davlat universitetida “Oʻzbekiston-Ukraina taʼlim forumi” davra-suhbati tashkil qilindi. Uchrashuvda ikkala davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etib, rahbarlik qilayotgan oliygohlarini taqdimotlarini oʻtkazdilar hamda kelgusida ilmu-fan va taʼlim sohalarida hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga kelishib oldilar.

  Forumda Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev chiqish qilib, hozirda institutimiz Ukrainaning I.Ya.Gorbachevskiy nomidagi Ternopol davlat tibbiyot universiteti, Donesk milliy tibbiyot universiteti, A. Bogomoles nomidagi Milliy tibbiyot universiteti (Kiyev), A.I. Kolomiychenko nomidagi Otolaringologiya instituti, bir qator xalqaro Yevropa davlatlarini universitetlari bilan hamkorlik memorandumlar imzolanganligini, ular doirasida professor-oʻqituvchilar va talabalar akademik mobillik dasturlarida ishtirok etayotganligi, amaliyotlar, konferensiyalar, seminarlar va vebinarlar, master-klasslar olib borilayotganini taʼkidladi.

  SamDTI rektori J.A. Rizayev delegatsiya tarkibida tashrif buyurgan rektorlarni 14-15-dekabr kunlari institutda oʻtkaziladigan Xalqaro olimpiyadada Ukraina universitetlari talabalari borligini taʼkidlab, tibbiyot universitetlarni bu Xalqaro talabalar ilmiy tadbirida faol qatnashishga chaqirdi.

  Jasur Rizayevning maʼruzalaridan soʻng Ukraina taʼlim va ilm-fan Vaziri S.Shkarlet Ukraina bilan naqadar yuqori saviyada xalqaro aloqalar oʻrnatilganini eʼtirof etib, Samarqandlik OTM rektorlaridan faollikni soʻradi.

  Forum doirasida Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev va Ukrainaning Ujgorod milliy universiteti rektori Vladimir Smolanka hamkorlik memorandumini imzoladilar. Shuningdek, Ukraina taʼlim va ilm-fan Vaziri professor V.Smolanka institutimiz yangi binosi hamda joriy qilingan kredit-modul tizimi bilan ham yaqindan tanishdi, 90-yillik tarixni aks ettirgan muzeyni koʻrib mamnun boʻldi.

  2021-yili davomida Samarqand davlat tibbiyot institutiga 30 ga yaqin xorijiy OTM rektorlari hamkorlik qilish maqsadida qiziqish bildirildi va tegishli memorandumlar imzolandi.




SamDTI matbuot xizmati