×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

"Zoʻravonliksiz hayot"

  Institut xotin qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 3-talabalar turar joyida “Zoʻravonliksiz hayot” mavzusida tadbir o'tkazildi.

  Tadbirda soʻzga chiqqan institut xotin qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva, Samarqand viloyat “Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash” boshqarmasi bosh mutaxassisi F.Shokirova, Samarqand shahar hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi S.Zoxidova, stomatologiya fakulteti dekani A.Axmedovlar bugungi kunda jamiyatda xotin qizlarimizning oʻrni va mavqeyini yuksaltirish, gender tenglikni taʼminlash borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar xamda belgilangan ustuvor vazifalar, oila muqaddasligi, milliy qadriyatlarni asrash, maʼnaviyatni yuksaltirish toʻgʻrisida fikrlar bildirishib, bilimlarni uz vaqtida puxta oʻzlashtirishlari kerakligi taʼkidlab oʻtildi.

  Tadbirda Samarqand shahri namunaviy mahallalar faollari, institut psixologi, stomatologiya fakulteti dekan oʻrinbosarlari, tyutorlari, sport meditsinasi va reabilitatsiyasi kafedrasi prof.ukituvchilari, talaba qizlar ishtirok etishdi.

  “Qizlarjon” klubi faollari tomonidan “Zoʻravonliksiz hayot” aksiyasi utkazildi va “Taqdiringga befarq boʻlma” deb nomlangan sahna koʻrinishi namoyish etilib, tadbir ishtirokchilarida katta taʼsirot qoldirdi.



SamDTI matbuot xizmati