×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Clinicalkey Student, Complete Anatomy va STATdx platformalarida ishlash boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi

 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi va Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida professor-oʻqituvchilar va talabalarga Elsevier kompaniyasining Clinicalkey Student, Complete Anatomy, STATdx platformalari bepul foydalanish imkoniyati yaratildi. Ushbu platformadan foydalanishni oʻrgatish, uning imkoniyatlarini namoyish qilish uchun Elsevier kompaniyasining masʼul xodimlari 1-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida seminar-trening tashkil qildilar. Seminar-treningda “Odam anatomiyasi”, “Operativ xirurgiya va topografik anatomiya” hamda jarrohlik kafedralari professor-oʻqituvchilari va talabalari, shu jumladan xalqaro taʼlim fakultetini talabalari ishtirok etdilar.

  Seminar davomida tizimda roʻyxatdan oʻtish, undan foydalanish boʻyicha uslubiy yoʻriqnomalar hamda uni boshqa anʼanaviy oʻqish-oʻrganish usullari, kitoblardan farqlari taqdimot davomida videomateriallar yordamida namoyish etildi. Shuningdek, real vaqt rejimida tizimda roʻyxatdan oʻtish va ushbu resurslarning boshqa oʻziga xos funksional imkoniyatlari koʻrsatib oʻtildi. Ishtirokchilarda, Clinicalkey Studentda test savollarini yechish orqali oʻz bilimlarini sinab koʻrish imkoniyati hamda Complete Anatomy 3D dasturidagi interaktiv atlas alohida qiziqish uygʻotdi. Ushbu resurslar oʻquv mashgʻulotlarini yanada qiziqarli, interaktiv usulda oʻtish imkoniyatini beradi. Trening yakunida talabalar takliflari va soʻrovlari asosida ushbu tizimlardan institut hududidan tashqarida ham foydalanish imkoniyatini (remote access) berish uchun Elsivier texnik xizmati tomonidan har bir foydalanuvchiga alohida IDlar berishga qaror qilindi.

  Elsevier masʼullari respublika tibbiyot oliygohlari orasidan Samarqand davlat tibbiyot institutiga eksklyuziv tarzda institut elektron oʻqitish modul tizimi va Elsiever platformalarini integratsiya qilish imkoniyatini berishmoqda. Natijada institut modul tizimini ishonchli xorijiy axborot resurslari va test topshiriqlari bilan takomillashtirish, talabalarni USMLE kabi xalqaro test tizimlariga tayyorlashga imkoniyatlar yaratiladi.




SamDTI matbuot xizmati