×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​SamDTIda fakultetlararo futbol musobaqasiga start berildi

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbiri toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda “8 dekabr-Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yillik bayrami” munosabati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ustuvor tashabbusi ijrosi doirasida SamDTIda fakultetlararo futbol musobaqalariga start berildi.

  1-dekabr kuni boshlangan “Rektor kubogi” sport musobaqasini farmatsiya fakulteti dekani Nurali Shavazi ochib berdi va barcha jamoalarga omadlar tiladi.

  Oʻn kun davom etadigan mazkur musobaqalarda 9 ta fakultetdan jami 32 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar institut kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanadilar.






SamDTI matbuot xizmati