×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Talabalar bilan korrupsiyaga qarshi uchrashuv oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son talabalar turar joyida gistologiya, embriologiya va sitologiya kafedrasi jamoasi hamda tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti dekan oʻrinbosari N.A.Muratova tomonidan “Biz korrupsiyasiz hayotni tanlaymiz!” shiori ostida talaba-yoshlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

  Uchrashuvda gistologiya, embriologiya va sitologiya kafedrasi mudir F.S. Oripov, kafedra mudiri oʻrinbosari X.X.Boyqoʻziyev tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetining yoshlar ittifoqi yetakchisi A.S. Iskandarov tomonidan chiqishlar qilinib “Korrupsiyasiz taʼlim” tizimi, korrupsiyaning qay darajada jamiyatimiz hamda yoshlarning kelajagiga toʻsqinlik qilayotgani borasida video rolik qoʻyib koʻrsatildi.

  Uchrashuv samimiy ruhda, jonli muloqot shaklida oʻtkazildi.



SamDTI matbuot xizmati