×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

“Tibbiy parazitologiya va entomologiyaning dolzarb masalalari” Xalqaro konferensiyasi

  4-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “Tibbiy parazitologiya va entomologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Anjumanda Rossiya va mamlakatimizni tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-amaliy markazlari olimlari va mutaxassislari, sogʻliqni saqlash tizimi amaliyotchilari, institut professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

  Yigʻilishni tantanali ochilishida institut rektori Jasur Rizayev, Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Suxrob Zayniyev, viloyat sanitariya nazorati xizmati boshligʻi Adham Baxramov, L.M.Isaev nomidagi parazitologiya instituti Samarqand filiali Lola Maxmudova va boshqalar oʻzlarini qutlov soʻzlarini yoʻlladilar.

  Anjumanni yalpi majlisida Sankt-Peterburg davlat agrar universiteti dotsenti V.S. Turitsina – “Oʻzbekistonda topikal parazitologlar diagnostikasi”; “Turon” Fanlar akademiyasi akademigi, biologiya fanlari doktori, professor P.Ye. Ignatov — “Immunoparazitan — exinokokkoz va fassioliazga qarshi kurashda istiqbolli dori”; “Turon” Fanlar akademiyasi akademigi, biologiya fanlari doktori, professor I.X. Mamatqulov – “Samarqand viloyatida echki-qoʻy brutsellyozi boʻyicha epidemiologik zanjirni toʻxtatish, uni bartaraf etishga erishish imkoniyatlari”; L.M.Isaev nomidagi parazitologiya instituti Samarqand filialini serologik va madaniy tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi D.B. Saidaxmedova – “Oʻzbekistonda eng koʻp uchraydigan odam gelmintozlari” kabi dolzarb mavzularidagi maʼruzalari tinglandi.

  “Tibbiy parazitologiya va entomologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida oʻtkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya mintaqadagi dolzarb muammolarni yanada kengroq muhokama qilish, ilgʻor xalqaro tajribani keng jalb etish, shuningdek, viloyatda tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.




SamDTI matbuot xizmati