×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Sogʻlom ona — barkamol avlod yaratuvchisi

 Institut 3-son talabalar uyida Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi tomonidan “Sogʻlom ona — barkamol avlod yaratuvchisi” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.

  Tadbirda ishtirok etgan institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdieva, kafedra oʻqituvchilari Z.S.Naimova, M.B.Mallaeva, X.A.Kurbanovalar tomonidan yurtimizda onalar va bolalar salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom avlodni dunyoga keltirish, erta hamda qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlar, nogironlikni oldini olish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib, maʼlumotlar berilib, oʻzaro fikr almashildi.

  Talaba-yeshlarning bu boradagi bilimlarini baholash maqsadida tanlov oʻtkazildi, tadbirda faol ishtirok etgan tibbiy profilaktika 2-bosqich talabalari G.Shopurova, M.Umarova va tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.


SamDTI matbuot xizmati