×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Kuz-qish mavsumida yongʻin xavfsizligiga bagʻishlangan amaliy seminar

  Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tibbiy profilaktika fakulteti dekan oʻrinbosari Nargiza Murodova soʻz olib ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarni oldini olish, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashini, yongʻinlar, ovqatdan zaharlanish bilan bogʻliq noxush holatlar orasida oʻquvchi va talabalarning borligi, kuz-qish mavsumida oliy taʼlim massalari, talabalari va ishchi xodimlari oʻrtasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yongʻinlar, ovqatdan zaharlanish va botulizm hamda quturish kasalliklari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarni oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish toʻgʻrisida aytib oʻtdi. Soʻzga chiqqan Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi katta leytenanti Elyor Tursunov soʻzga chiqib, keyingi paytlarda aholi orasida sodir boʻlayotgan tabiiy gazdan notoʻgʻri foydalanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar noxush oqibatlarga olib kelmoqda. Soha mutaxassislari tomonidan ushbu hodisalarning kelib chiqish sabablari oʻrganib chiqilganda, aholini gaz asboblaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaganligi, bu borada malakaga ega emasligi natijasida, ayniqsa yosh bolalarning tabiiy va is gazidan zaharlanishi hodisalari roʻy berayotganligi,gazdan zaharlanish bilan bogʻliq hodisalarning havo harorati pasayishi kuzatiladigan kuz-qish mavsumida roʻy berayotganligini inobatga olib, ularni oldini olish hamda aholi orasida targʻibot-tashviqot ishlari olib borish kerakligi, Samarqand viloyati boʻyicha amalga oshirilayotgan yongʻinga qarshi choralar, ovqatdan zaharlanish, botulizm, quturish kasalliklari haqida gaz, elektr uskunalar bilan foydalanish ehtiyotkorlik ularni doimiy ravishda koʻrikdan oʻtkazish zarurati va tegishli davlat organlari tomonidan ruxsat etilgan uskunalardan foydalanish haqida batafsil aytib oʻtdi. Yigʻilish qizgʻin savollarga boy tarzda oʻtkazildi va yigʻilish qatnashchilariga ogohlantirish eslatmalarini tarqatildi.

  Uchrashuv yoshlarning favqulodli vaziyatlarni oldini olishga doir bilim va koʻnikmalarini oshirishga xizmat qiladi.


SamDTI matbuot xizmati