×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Mini-futbol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalar gʻoliblari taqdirlandi

  Samarqand davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sogʻlom turmush tarziga oshno qilish hamda sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida talabalar oʻrtasida 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz!” shiori ostida sport tadbiri oʻtkazilmoqda.

  Oʻzbekiston Talabalar sporti assotsiatsiyasining Samarqand viloyati hududiy boʻlimi va institut tashabbusi bilan tashkil etilayotgan musobaqada 300 nafardan ziyod talaba-yoshlar mini-futbol boʻyicha oʻz mahoratlarini koʻrsatmoqda. Institutda tashkil qilingan 32 ta jamoa SamDTI qoshidagi akademik litsey sport zalida 30-noyabr kunidan boshlab oʻzaro kurashmoqdalar.

  Murosasiz va kurashlarga boy boʻlgan musobaqada 3-oʻrinni Davolash fakulteti 4-bosqich talabalari, 2-oʻrinni shu fakultetning 3-bosqich talabalari egallagan boʻsalar, mutloq gʻoliblik Tibbiy profilaktika fakulteti 3-bosqich talabalariga nasib etdi.
  Oʻyinlar oʻtkazilgan joyda boʻlib oʻtgan tantanali taqdirlash marosimida institut rahbariyati, fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash boʻlimi xodimlari hamda Yoshlar ittifoqi tashkilotini faollari qatnashdilar. Institut sport klubi nomidan gʻoliblarga diplomlar va estalik uchun sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.

  Gʻolib jamoalar va fakultetlarni tabriklaymiz, barcha talabalarni sport bilan faol shugʻullanishga chorlab qolamiz!




SamDTI matbuot xizmati