×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​SamDTI jamoasi sport musobaqasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi

  Joriy yilni 21 dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Badminton” sport musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqada jami 12 jamoa juftlik va yakkalik tarzda qatnashdi.

  Musobaqa natijalariga koʻra juftlik oʻyinlarda 3-oʻrinni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali jamoasi, 2-oʻrinni “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti jamoasi, 1-oʻrin Samarqand davlat tibbiyot instituti jamoasiga nasib etdi.

Yakkalik bahslarda ham barcha oʻrinlarni SamDTI vakillari, jumladan xalqaro taʼlim fakulteti talabalari Mubasher Ahmad, Depanshu Bedi, Muxammad Khubaib qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Institut jamoasi va talabalarini yorqin gʻalaba bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qolamiz!



  SamDTI matbuot xizmati