×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Institut faxriysi holidan xabar olindi

  Koʻp yillar davomida Samarqand davlat tibbiyot institutida samarali mehnat qilgan terapevt-olim, II Jahon urushi ishtirokchisi, institut muzeyini asoschilaridan biri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Fazliddin Asliddinov muborak 98 yoshni qarshiladilar.

  Shu munosabat bilan institut rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi institutning bir guruh vakillari institut fahriysi xonadoniga tashrif buyurdilar.

  F.A.Asliddinov hozirda 6 farzand, 24 nevara, 64 evara hamda 7 nafar chevaraning mehribon ota-bobosi sifatida umrguzaronlik qilib kelmoqda. Fazliddin-otani muborak yosh bilan tabriklab, fidokorona mehnatlari hamda institut rivojidagi yuksak xizmatlarini eʼtirof etdilar va barchaga namuna boʻlib kelayotganligi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdilar, esdalik sovgʻalarini topshirdilar. Fazliddin Asliddinovich institut rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etdi va oliygohda boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlardan xabardor ekanligini bildirib oʻtdi.

  Uchrashuvda ustozning mashaqqatli va fidokorona hayot yoʻli bugungi kundagi yoshlarga namuna ekanligi taʼkidlab oʻtildi.



SamDTI matbuot xizmati