×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​KREDIT-MODUL TIZIMI ASOSIDA TA’LIM JARAYONLARINI TASHKIL ETISH BO’YICHA QISQA MUDDATLI SEMINAR-TRENING

  Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 7-yanvardagi xati ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot institutida barcha rahbar va pedagog kadrlarini kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlandi.

  Institut yangi binosini maʼruza zallarida boshlangan seminar-treningni birinchi kunida 700 dan ortiq professor — oʻqituvchilar qatnashdilar. Seminarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, Hemis dasturida ishlash, oʻquv jarayonni meʼyoriy-uslubiy taʼminoti, tizimda meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, kredit-modul tizimini raqamlashtirish va tizimida elektron hujjat aylanishi, kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishi va ARM faoliyatini tashkil etish, kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va oʻzlashtirishni baholash tizimi, kredit-modul taʼlim tizimida ilmiy faoliyat asoslari, xorijiy davlatlardagi ushbu tizimning oʻziga xos tomonlari batafsil oʻtilmoqda.

  Mashgʻulotlarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rahbar va pedagog kadrlarini kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish boʻyicha malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan, trenerlik sertifikatiga ega boʻlgan malakali oʻqituvchilar olib bormoqdalar.

  Seminar-treninglarda tinglovchilar oʻzlarining fikr-mulohazalari va savol-javoblari bilan faol qatnashmoqdalar.


SamDTI Matbuot xizmati