×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

Talabalar qishki ta'tilni qanday o'tkazmoqda

Ma’lumki, ayni kunlarda respublika miqyosidagi oliy ta'lim muassasalarining talabalar turar-joyida jami 2606 nafar, jumladan, 2577 nafar xorijiy, 29 nafar to‘liq davlat ta’minotidagi talabalar qishki ta’tilni o‘tkazishmoqda.

  Ularning ta’tildagi vaqtini mazmunli yo‘lga qo‘yish maqsadida turli madaniy tadbirlar, sport musobaqalari hamda intellektual tanlovlar tashkil etilmoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot institutining talabalar turar-joyida xorijlik talaba-yoshlarning ta'til vaqtlarini yuqori kayfiyatda va saviyali tashkil etish maqsadida sport musobaqalariga start berildi.

  Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasining talabalar turar-joyida qishki ta'tilni o‘tkazayotgan xorijlik talabalar uchun atoqli shoirimiz Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlab suratga olingan hujjatli film namoyish etildi.

  Termiz davlat universiteti 5-talabalar turar-joyida qishki ta’tilni o‘tkazayogan 7 nafar talabaning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilgan.

  Samarqand davlat universitetining 6-sonli talabalar turar-joyida qishki taʼtilni o‘tkazayotgan besh nafar talabaning vaqti ilmiy-ijodiy tashkil etilmoqda.

  Navoiy davlat pedagogika institutida ayni paytda pandemiya sabab qishki ta’tilni talabalar turar-joyida o‘tkazayotgan turkmanistonlik talabalar holidan xabar olindi.

  Xorazm viloyat musiqali drama teatri Urganch davlat universitetida: talabalar turar-joyida yashovchi talabalar eʼtiboriga teatr aktyorlari tomonidan “Jaloliddin Manguberdi” spektakli namoyish qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, TTJda ta’til vaqtida jami 938 nafar, shundan 2 nafari davlat ta’minotidagi, 936 nafari xorijlik talabalar istiqomat qilmoqda.

Manba : Edu.uz