×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni!

  Ona xalqimiz har doim oʻzining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, oʻzi yashayotgan yurt tuprogʻini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. 14-yanvar yurtimizda Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan ana shunday kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanib kelinadi.

  Shuningdek, bayram munosabati bilan tibbiy kimyo kafedrasi xodimlari Samarqand shahridagi harbiylar shaharchasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasiga tashrif buyurdilar, harbiy xizmatchilarni tabriklab, ularga Vatan oldidagi burchlarini ado etishda kuch-qudrat, sihat salomatlik va oilaviy farovonlik tiladilar.



SamDTI Matbuot xizmati