2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi
Menu Close Menu

2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi

Negmadjanov Bahodur Boltayevich
Kafedra mudiri: t.f.d. professor


Qabul vaqti: Dushanba–Shanba soat 11:00
Tel: +99866 235 78 18
E-mail: bakhodurneg@gmail.com,
Manzil: A.Shohmurod 88. Samarqand shahar 3-son tug’ruq kompleksi

Kafedra a'zolari


F.I.SH Lavozimi
Negmadjanov Bahodur Boltayevich Kafedra mudiri. t.f.d. professor
Rabbimova Gulnora Toshtemirovna PhD
Nasimova Nigina Rustamovna PhD
Arziyeva Gulnora Boriyevna assistent
Ganiyev Faxriddin Istamkulovich assistent
Shopulatov Erkin Xoltojiyevich assistent
Mamatkulova Mohigul Djaxangirovna assistent
Kim Veronika Olegovna assistent
Shamsiyeva Malika Shuxratovna assistent
Shavkatov Xasan Shavkatovich stajer-assistent
Valiyev Shuxrat Nasimovich stajer-assistent
Rafikov Sanjar Shavkatovich stajer-assistent
Egamkulov Zayniddin Toshmuxammedovich t.f.n. o’rindosh assistent

KAFEDRA TARIXI


2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi

  1972-yil akademik I.Z.Zaxidov boshchiligida Samarqand shahar 3-son tug’ruqxonasida pediatriya fakulteti akusherlik va ginekologiya kursi tashkil etildi. Akusherlik va ginekologiya kursi mudiri etib M.X. Xamidov tayinlangan edi.

Akademik I.Z. Zakirov

prof. M.X. Xamidov

  3-son tug’ruqxona bazasida pediatriya fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasi 1974 yil tashkil etildi. T.f.d professor A.A.Qodirova kafedra mudiri etib tayinlandi, 1975 yildan 1995 yilgacha pediatriya fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasida M.X. Xamidov boshchilik qildi.

Prof. A.A. Qodirova

  Prof. M.X. Xamidov nafaqaga chiqishi bilan 1995 yildan hozirga qadar kafedrada professor B.B. Negmadjanov boshchilik qilmoqda.

prof. B.B. Negmadjanov

  Negmadjanov Bahodur Boltayevich 1962-yil Samarqand shahrida tug’ilgan. 1985-yil Samarqand Davlat Tibbiyot insitutini a’lo baho bilan tamomladi.
  1985-1987 yy, SamMI bolalar xirurgiyasi kafedrasida o’qidi.
  1987-1988 yy bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistant bo’lib ishladi.
  1988-yil Moskva shahridagi shifokorlar malakasini oshirish markaziy institituga qabul qilindi va 1991-yil “Qiz bolalar va o’smir qizlarda sigmoidal kolpopoez” (Сигмоидальный кольпопоэз у детей и подростков) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
  1991-1993 yy. РМАПО (Российская медицинская академия последипломного образования) doktoranti. 1993-yil “ Пластика влагалища из сегмента толстой кишки и феминизирующая реконструкция наружных гениталий” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Dissertatsiyalar bolalar xirurgiyasi, akusherlik va ginekologiya yo’nalishlarida yoqlangan.
  1994-yil dekabr oyidan 1995-yilgacha SamMI pediatriya fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasida assistant lavozimida ishladi.
  1995-yildan hozirgi paytgacha 2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri bo’lib ishlamoqda.
Negmadjanov B.B. 235 ilmiy ishlar muallifi: jumladan 4 o’quv qo’llanma, 6 ta uslubiy va shifokorlar uchun qo’llanma. B.B. Negmadjanov 11 ixtiro va 14 ratsionalizatorlik takliflar muallifi. Negmadjanov B.B. boshchiligi ostida 52 magistrlik proyektlari, 4 nafar nomzodlik, 2 PhD va 1 doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi. 2003 yildan 2015 yilgacha viloyat bolalar va o’smirlar qizlar salomatligini saqlash reproduktiv markazi rahbari bo’ldi.
  “Doktor axborotnomasi” ilmiy jurnalining bosh redaktori o’rinbosari.
  Negmadjanov B.B. akusherlik, ginekologiya, bolalar va o’smir qizlar ginekologiyasi muammolariga bag’ishlangan viloyat, respublika va xalqaro forumlar ishtirokchisi.
  Toshkent Tibbiyot Akademiyasi qoshidagi D 087.01.03 nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo’yicha ixtisoslashtirilgan kengash a’zosi edi.
  160 koykaga moslashtirilgan shahar 3-son tug’ruq majmuasi 1972 yildan boshlab kafedraning asosiy klinik bazasi hisoblanadi. 2018-yildan boshlab esa Viloyat Perinatal Markazi kafedraning qo’shimcha bazasi bo’lib kelmoqda. 1985-yildan 1995 yilgacha SamMI 2-son klinikasida 60 koykaga mo’ljallangan ginekologik bo’lim tashkil etilgan.
  1999-yilda viloyat bolalar ko’p tarmoqli shifoxonasi bazasida bolalar va o’smir qizlar ginekologiyasi, endokrinologiya qo’shma bo’limlari tashkil etildi. Uzoq vaqt davomida bolalar va o’smir qizlar ginekologiyasi kattalar ginekologiyasining bir qismi bo’lib keldi. Faqatgina 1999-yildan viloyat ko’p tarmoqli bolalar shifoxonasida 5 koykaga mo’ljallangan bolalar ginekologiyasining ochilishi bilan mustaqil ilmiy distsiplinaga ajralishni boshladi.
  Bolalar ginekologiyasi mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinatorlar ta’limi tashkillashtirilgan. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bolalar ginekologiyasi rivojlanishining muhim ekanligini tasdiqlaydi. Bu o’z navbatida professor B.B. Negmadjanov va uning shogirdlari (t.f.d. Xudoyarova D.R, t.f.n. Barnokulov O.M., t.f.n Djumanov B.A. t.f.n. Malikova R.M. t.f.n. Raximova G.N., PhD Nasimova N.R., PhD Rabbimova G.T.) ilmiy ishlarida namoyon bo’lgan.
  Kafedra assistentlari Ganiyev F.I., Arziyeva G.B., Shopulatov E.X., Mamatkulova M.D., Shmsiyeva M.Sh. Kim V.O., Shavkatov X.Sh., Valiyev Sh.N. lar ham akusherlik-ginekologiya va bolalar ginekologiyasi muammolari bilan shug’ullanib kelmoqdalar.
Xalqaro grantlar federatsiyasi doirasida professor B.B. Negmajanov 2000 yilda YuNFPAning 250 000 dollar miqdoridagi grantini yutib oldi. Bolalar ginekologik bo'limi 30 o'ringa kengaytirildi va jihozlandi. Ushbu bo'limda bolalar ginekologiyasi tsikli talabalari va kursantlari o'qitiladi. Ushbu bo'lim xodimlari diagnostika, davolash, reabilitatsiya va ginekologik kasalliklarning oldini olish bilan shug'ullanadilar, shuningdek, ayol tanasining yoshga bog'liq, ijtimoiy va psixologik o'zgarishlarga moslashish qobiliyatini o'rganadilar.
  So'nggi 10 yil ichida kafedrada fan yutuqlari quyidagilardir: doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish Xudoyarova D.R. (2007 yilda himoya qilingan) va 4 ta magistrlik dissertatsiyalari va 2019 yilda 2 PhD.
  4 ta PhD ishi "Akusherlik", "Ginekologiya" va "Bolalar Ginekologiyasi" mutaxassisliklari bo'yicha bajarilmoqda.
  So'nggi 5 yil ichida, 2010 yildan 2017 yilgacha kafedra xodimlari tomonidan mahalliy va respublika jurnallarida, shuningdek, MDH va uzoq xorij mamlakatlari jurnallari va to'plamlarida 138 ga yaqin maqolalar chop etildi.
  2000 yilda ilmiy monografiya nashr etildi: "Reproduktiv tizimning jarrohlik kasalliklari va sekstransformatsion operatsiyalar" (Москва, МЕДИЦИНА) mualliflari A.B. Okulov, B.B. Negmadjanov.
  Hozirgi vaqtda akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari reproduktiv salomatlik buzilishlarini, ayollarda homiladorlik va tug'ruq asoratlarini shakllantirish xususiyatlarini o'rganish bo'yicha fundamental tadqiqotlarni olib bormoqdalar. Bunga akusherlik va ginekologiya sohasidagi ishlar kiradi, ularning ba'zilari allaqachon tugatilgan va natijalari klinik amaliyotga kiritilgan.
2-sonli akusherlik va ginekologiya kafedrasida olib borilayotgan ilmiy ishlar o'quv va amaliy mashg'ulotlar bilan samarali birlashtirilgan. Ta'lim jarayonida pediatriya fakultetining 4-6 kurs talabalari, oliy tibbiyot hamshiralarining 2,3 kurs talabalari tomonidan akusherlik va ginekologiya bo'yicha dasturni o'zlashtirishda eng yaxshi natijalarga erishish uchun zamonaviy o'qitish usullari qo'llaniladi. Ta'lim sifatini baholash va monitoring qilish tizimini doimiy ravishda takomillashtirishga, ta'limning zamonaviy shakllari va texnologiyalarini joriy etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Sinflar va ma'ruzalar uchun interfaol o'quv dasturlari, zamonaviy qo'g'irchoqlar va xayolotlardan keng foydalaniladi.
  Kafedrada talabalar ilmiy to'garagi o'z ishini davom ettirmoqda. Talabalarning ilmiy ishlariga hanuzgacha katta e'tibor berilib kelinmoqda va talabalarning o'zlari ilmiy-tadqiqot ishlariga katta qiziqish bildirmoqdalar, uni kafedra xodimlari bilan birgalikda bajaradilar va har yili natijalarini shahar va respublika miqyosidagi konferentsiyalarda bildiradilar. Ilmiy talabalar to'garagi kuratori kafedra assistenti Nasimova N.R.
  So'nggi yillarda erishilgan natijalarni alohida ta'kidlash lozim. Bugungi kunda bo'limning bazalari Samarqand viloyat perinatal markazida va Samarqand shahridagi 3-tug'ruq majmuasida joylashgan. Kafedra xodimlari operativ va operativ bo'lmagan ginekologiyaning deyarli barcha yo'nalishlari bo'yicha bemorlarga yuqori malakali yordam ko'rsatadilar, har yili mingdan ortiq operatsiyalar amalga oshiriladi. Shu bilan birga, klinikada akusherlik qon ketishi, bachadon miomasi, endometriozning keng tarqalgan shakllari, jinsiy a'zolarning prolapsi va jinsiy a'zolar rivojlanish nuqsonlari, bachadon miomasi jarrohlik davosi kabi murakkab, yuqori texnologik operatsiyalarga muhtoj bemorlarni jarrohlik davolash ishlari olib borilmoqda.
  Shunday qilib, Akusherlik va ginekologiya kafedrasi faoliyati davomida uning xodimlari katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega tadqiqotlarni olib boradilar, akusherlik-ginekologiya, bolalar va o'smirlar ginekologiyasining dolzarb muammolarini hal qilishga hissa qo'shmoqdalar. Kafedraning hozirgi holati, uning ilmiy salohiyati yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar va innovatsion texnologiyalardan o'z amaliyotida samarali foydalanishga va joriy etishga qodir shifokorlarni tayyorlashni ta'minlaydi.
  Assistentlar PhD Rabbimova G.T. va PhD Nasimova N.R. 1-3 kurs magistratura rezidentlari bilan ilmiy ish olib borish, shuningdek, akusherlikda qon ketishda bemorlarni olib borish metodikasini takomillashtirish bo’yicha ish olib bormoqdalar.
  2002 yildan boshlab kafedrada 1, 2, 3 kurs magistratura va 1,2-kurs klinik ordinatorlari ta’lim olmoqdalar.
2019-2020 o'quv yilida kafedraning tarkibi:
  Bo `lim boshlig` i professor Negmadjanov B.B., t.f.n. Egamkulov Z.T., PhD Nasimova N.R., PhD Rabbimova G.T., ass. Arzieva G.B., ass. Ganiev F.I., ass. Shopulatov E.X., ass M.D. Mamatkulova, ass Kim V.O., ass. Shamsieva M.Sh., ass Shavkatov X.Sh., ass Valiev Sh.N. va ass. Rafikov S.Sh. va ilmiy izlanuvchilar.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Ma'naviyat va ma'rifat so'zining lug'aviy ma'nosi,ushbu ikki suz Arabcha suzlar bulib,ularning ma'nosi "ma'rifat" suzi "arafa" fe'lidan olingan bulib,"miymiy masdar"dir. Uning ma'nosi "bilimdonlik".Ma'naviyat esa "ma'no" suzining jam'i bulib,moddiyning teskarisi- "moddiy bulmagan narsalar" ma'nosini anglatadi. Ma'naviyat deganda insonning ruxiy olami,ongi,akli va tafakkurining jam'i,ya'ni dunyokarashi tushuniladi.
  №2 akusherlik va ginekologiya kafedrasida ma'naviyat va ma'rifat ishlari Sammi ma'naviyat-ma'rifat ishlari bulimi tomonidan tasdiklangan reja asosida olib boriladi. Kafedrada 2020-2021 ukuv yilida ma'naviyat-ma'rifat yunalishida amalga oshiriladigan tadbirlarning na'munaviy rejasi 2020 yil 26 avgustda muxokama etilgan,xamda kafedra mudiri professor Negmadjanov B.B. tomonidan tasdiklangan. Ukuv yili "Mustakillik darsi" va "Ma'naviyat soati" bilan boshlandi.Studentlar orasida shaxsiy gigiena va kiyinish madaniyati,"ta'lim tugrisidagi konun",Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.2020 yildagi BMT Bosh Assambleyasining 75 - sessiyasidagi nutki xam kafedra yigilishida urganilgan va bayonnomasida kayd etilgan. Axborot soati xar payshanba kunlari yil davomida muntazam utkaziladi.Mavzular institut ma'naviyat-ma'rifat bulimi tomonidan tasdiklangan reja asosida olib boriladi, bayonnomalarda kayd etiladi. "Zararli illatlarga karshi kurashish"mavzusi buyicha studentlar urtasida sigareta,nos va chilim chekishga karshi kurashish xamda studentlarni darsdan tashkari Bush vaktlarida tungi klublarga tashrif buyurishlarini oldini olish tugrisida xam gapirib boriladi.
  Mavzu buyicha ma'ruzalar munozaralar bilan birgalikda diniy ekstremizm, terrorizm va narkomaniyaga karshi xamda turli zararli odatlar, odam savdosiga karshi ogoxlikka chorlovchi va tarbiyaviy axamiyatga ega videoroliklar namoyish etib boriladi. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 19 martdagi "yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat,san'at,sport,axborot texnologiyalari,kitob ukishga kizikishini oshirish buyicha 5 ta muxim tashabbusni amalga oshirish tugrisida"gi 6300-sonli bayoni xamda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi "yukumli bulmagan kasalliklar profilaktikasi,soglom turmush tarzini kullab kuvvatlash va axolini jismoniy faolligi darajasini oshirish chora tadbirlari tugrisida"gi PK-4063-sonli karorining ijrosini ta'minlash maksdida "biz soglom turmush tarzi tarafdorimiz"shiori ostida Samarkand shaxrida utkazilgan 19 may kuni ommaviy yurish marafonida kafedra xodimlari,klinik ordinator va magistrlar ishtirok etishdi.Kafedraning ma'naviyat xonasi Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev portretlari va buyuk allomalarimiz xaeti va faoliyatini yorituvchi plakatlar va kurgazmalar bilan jixozlangan.
  2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yunalishi buyicha xarakatlar strategiyasi xamda buyuk allomalarimiz xayot va faoliyatini yorituvchi plakatlar bilan kurgazmali kilib jixozlangan. Kafedraga 4 ta murabbiylik guruxlari berilgan.Kafedra assistentlari Valiev Sh.N. 119-120 gurux va Shavkatov X.Sh. 121-122 gurux murabbiylari etib belgilangan.Murabbiylik papkalari mavjud.Gurux bilan onlayn tarzda doimiy mulokotdalar.Studentlarning ijtimoiy kelib chikishi va ular xakida tulik ma'lumotlar yigilgan.
  1 oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" kafedrada faoliyat yuritishgan,ammo xozir nafakada bulgan ustozlarimizni bayram bilan tabriklab .axvollaridan xabar olib turiladi.

Kafedra xodimlari Samarkand shaxri tarixiy obidalariga, muzey va mavzoleyga sayoxatlar uyushtiriladi.

Kafedra assistentlari Valiev Sh.N. 19 noyabr ,Arzieva g.B. 20 noyabr kunlari Samarkand televideniyasining Samarkand kanali orkali koronavirusning xomilaga ta'siri mavzusida utkazilgan muzokara ishtirok etdilar.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Negmadjanov B.B. 235 ilmiy ishlar muallifi: jumladan 4 o’quv qo’llanma, 6 ta uslubiy va shifokorlar uchun qo’llanma. B.B. Negmadjanov 11 ixtiro va 14 ratsionalizatorlik takliflar muallifi.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Akusherlik va ginekologiya kafedrasida 13 nafar professor-o'qituvchilar, jumladan, 1 tibbiyot fanlari doktori, 3 nomzod tibbiyot fanlari nomzodi: kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Negmadjanov B. B., t. f. n. Egamkulov Z. T., Nasimova N. R., Rabbimova G. T., assistentlar:Arzieva g. B., F. I. G'aniev, Shopulatov E. X., Mamatkulova M. Dj., Kim V. O., Shamsieva M. Sh., Shavkatov X. Sh., Valiev Sh. N., Rafikov S. Sh.
  Kafedrada 5 nafar o'qituvchi ilmiy dissertasiyalar ustida ish olib bormoqda: 3 nafar mustaqil tadqiqotchi G'aniev F. I., Mamatqulova M. J., Shavkatov H. sh. (ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori prof. Negmadjanov B. B.) "..."akusherlik va ginekologiya mutaxassisligi bo'yicha, 14.00.01-shifr, SamDTI akusherlik va ginekologiya kafedrasi ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradi. Boshqa o'qituvchilar ham dissertasiya mavzularini Institut ilmiy kengashida tasdikladilar.