×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Markaz haqida

  “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yilning 16-iyun kuni o’tkazilgan 34-sonli yig’ilish bayoni ayrim bandlari ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 23-iyuldagi 314-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlatr tibbiyot institutida “Karyera markazi” tashkil qilindi.

Karyera markazining maqsad va vazifalari

  • Talabalarga mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko’nikmalari, ishga kirish uchun rezyumini tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan o’tish usullarini o’rgatish, ishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar bilan tanishtirish;
  • Iqtisodiyot tarmoqlarining ilg’or mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo’naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga, istiqbolli korxonalarga oid zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish;
  • Mehnat organlari, ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o’rinlari yarmarkalari, karyera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
  • Oliya ta’lim muassasasining mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, mazkur oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyati (karyerasi) to’g’risida hamda ushbu yo’nalishdagi boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash va nashr qilish.