×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Qabul nizomi

“2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.

2021/2022 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • birinchidan, davlat buyurtmasi parametrlari doirasida yoshlarni oliy ta'limga qamrab olishni kengaytirish, davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash;
  • ikkinchidan, jamiyatda ayollar rolini oshirish, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun “ijtimoiy lift” tamoyili asosida xotin-qizlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish maqsadida alohida grant o‘rinlarini ikki barobarga oshirish;
  • uchinchidan, oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish bo‘yicha kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlarini “quota.idm.uz” elektron portali orqali aniqlash;
  • to‘rtinchidan, vazirlik va idoralar, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda davlat grantini nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga ham berish;
  • beshinchidan, oliy ma'lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini tuman (shahar)lar kesimida taqsimlash.

Davlat oliy ta'lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlari:

a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta'lim shakliga – 115 343ta;

sirtqi ta'lim shakliga – 36 211ta;

kechki ta'lim shakliga – 6 325ta;

b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 914ta;

v) nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56ta etib tasdiqlanishi mumkin.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriat kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha 2 000ta qo‘shimcha davlat granti ajratiladi.

Quyidagilar:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 100 nafardan xotin-qizlar o‘qishi uchun mablag‘ har yili mahalliy budjet qo‘shimcha manbalari hisobidan;
  • moliyaviy barqaror davlat oliy ta'lim muassasalari tomonidan ular kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar uchun davlat oliy ta'lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tasdiqlanadi.

Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar beriladi:

  • zarurat bo‘lganda, yangi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish hamda tashkil etiladigan yangi oliy ta'lim muassasalari qabul parametrlarini belgilash uchun davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
  • iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar, shu jumladan respublika olis va borish qiyin bo‘lgan tumanlarining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun oliy ta'lim muassasalari bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda tizimida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar takliflari asosida oliy ta'lim muassasalarining (o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta'lim muassasalari bundan mustasno) nufuzi va hududiy joylashuvini hisobga olgan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdori yagona ko‘rsatkichlarini ta'lim sohalari bo‘yicha belgilash;
  • professional ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash.