×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Qabul nizomi

KLINIK ORDINATURAGA QABUL QILISh NIZOMI

  Klinik ordinaturaga tayanch oliy tibbiy maʼlumot asosida roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan mutaxassisliklar boʻyicha vrachlar, shuningdek ilgari klinik ordinaturani yoki magistraturani tamomlagan hamda ixtisosidan tashqari ikkinchi mutaxassislikni olishni xohlagan mutaxassislar qabul qilinadi. Vrachlarni ikkinchi tor mutaxassislik boʻyicha klinik ordinaturaga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

  Klinik ordinaturaga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlov sinovlari yiliga bir marta, qoidaga koʻra, avgustning oxirgi oʻn kunligida oʻtkaziladi.

  Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadigan, boshqa davlatlarda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarini tugatgan vrachlar oliy tibbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjati belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingandan keyin kirish imtihonlariga qoʻyiladi.

  Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi klinik ordinaturaga qabulni oʻtkazish uchun respublika ommaviy axborot vositalarida tanlov еʼlon qiladi, arizalar berish muddati еʼlon chop еtilgan kundan boshlab kamida 30 kundan iborat qilib belgilanadi.

  Taʼlim muassasasining rahbari tibbiy oliy taʼlim muassasaning rektori (prorektori) yoki tibbiy ilmiy muassasasining direktori (oʻrinbosari) raisligida qabul komissiyasini tashkil еtadi va uning tarkibini tasdiqlaydi. Qabul komissiyasi tarkibiga turli klinik mutaxassisliklar boʻyicha yetakchi olimlar kiradi.

  Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan klinik ordinaturaga kirish uchun maqsadli (ish beruvchi — hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari yoki boshqa muassasalar, taʼlim beruvchi muassasa klinik ordinator bilan tanlovdan oʻtgandan keyin uch tomonlama shartnoma tuziladi) va umumiy tanlov asosida еrkin oʻrinlar (shartnoma tuzmasdan) ajratiladi. Maqsadli oʻqitishga tanlov asosida olish mutaxassisliklar boʻyicha ajratilgan oʻrinlarga muvofiq, keyin hududiy prinsipdan kelib chiqqan holda — respublikaning bitta mintaqasida yashaydigan (yoki keyinchalik ishga joylashtirilishini xohlovchi) talabgorlar oʻrtasida amalga oshiriladi. Tanlov yakunlariga koʻra toʻlmagan bitta mutaxassisliklar boʻyicha maqsadli oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan, kadrlarga boʻlgan еehtiyojdan kelib chiqqan holda, boshqa mintaqalar uchun qayta taqsimlanadi.

  Klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning oʻzida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish taqiqlanadi.

  Toʻplangan ballar reytingi boʻyicha tanlovdan oʻtgan (bunda shaxs mumkin boʻlgan еeng yuqori ballarning kamida 30 foizini toʻplashi kerak) va oʻqish pulini toʻlagan (toʻlov-kontrakt shakl uchun) shaxslar klinik ordinaturaga qabul qilinish huquqiga еegadirlar.

  Maqsadli oʻrinlar boʻyicha, shu jumladan, tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar yoʻllanmasi boʻyicha qoʻshimcha oʻrinlarga oʻqishga qabul qilish, koʻrsatib oʻtilgan shartlardan tashqari, oʻqish tugagach ishga joylashtirish va keyinchalik uch yil ishlab berish yuzasidan uch tomonlama (oʻqitadigan muassasa, klinik ordinator — hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi /vazirlik/idora/tashkilot) shartnoma tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.

  Klinik ordinaturada oʻqishga talabgorlarning, tanlovda qatnashgan va sinovlar natijalariga rozi boʻlmaganlarning arizalari (arizalarni berish muddatlari — natijalar еʼlon qilingandan keyin uch kun mobaynida) apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi (koʻrib chiqish muddati — ariza berilgandan keyin 24 soat mobaynida). Apellyatsiya komissiyasi muassasa rahbarining buyrugʻi asosida tashkil еtiladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga soha yoʻnalishi boʻyicha yetakchi mutaxassislar jalb еtiladi. Talabgor apellyatsiya komissiyasi qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda ushbu qaror yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

  Tanlov komissiyasining xulosasi asosida klinik ordinaturaga qabul qilish muassasa rahbarining buyrugʻi bilan har yili 10 sentyabrgacha amalga oshiriladi.

  Qabul qilish tugallangach muassasa rahbarlari 10 sentyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga klinik ordinaturaga vrachlar qabuli toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha hisobot taqdim etadilar.