Qabul qoidalari
Menu Close Menu

Qabul qoidalari

   Samarqand davlat tibbiyot institutida (SamDTI) xorijiy mamlakatlar fuqarolari institutning istalgan fakulteti va taʼlim yoʼnalishlarida tahsil mumkiin. Institutda mavjud fakultetlar va taʼlim yoʼnalishlar bilan ushbu (https://www.sammi.uz/uz/pages/medical_faculty) havola orqali tanishish mumkin.

Qabul qoidalari:
Аbiturientlar SamDTI talabalari safiga suhbat asosida qabul qilinadi.

Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi talab etiladi:
- SamDTI rektori nomiga tanlangan yoʼnalish, oʼqish tili koʼrsatilgan ariza;
- Аbiturient toʼgʼrisida maʼlumot: yashash va elektron pochta manzili, telefon raqamlari;
- Аttestat yoki diplom asli va nusxasi, ular bilan birga olingan baxolar (ilovasi bilan) rus yoki oʼzbek tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan;
- Milliy va chet el pasporti (nusxalari bilan) yoki tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma (agar yashash huquqiga egalik xujjati boʼlsa, taqdim etilishi lozim);
- 3,5 x 4,5 sm oʼlchamdagi 6 ta fotosurat.

Yuqorida keltirilgan barcha xujjatlar institut qaubl komissiyasiga topshirilishi yoki international.department@sammi.uz   manziliga elektron shaklda yuborilishi mumkin!

Qoʼshimcha maʼlumotlar uchun telefon raqamlar:
+998 66 233 2744
+998 97 917 9173