×
Menu Close Menu

Institut arxivi

SHAKAROVA CHAROS АMANKULOVNA


Tel: (0366) 233-18-30
Fax: (0366) 233-71-75
E-mail: arxiv@sammi.uz
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

Аrxiv bo’limi


  Аrxiv bo’limi institutning asosiy tarkibiy bo’linmalaridan biri bo’lib, u nizomga muvofik ish olib boradi.

  Tarixi (turli yillarda faoliyat olib borgan bo’lim mudirlar)

  Bo’limning asosiy maqsadi


  Institut faoliyatida jamlangan xujjatlarni saklash, xisobini yuritish, ulardan foydalanish va davlat sakloviga topshirishga tayyorlashni taʼminlash, shuningdek xujjatlarni davlat arxiviga topshirgunga kadar ulardan ilmiy va amaliy maksadlarda foydalanishni taʼminlashdir. Аrxiv uz faoliyatini "Аrxiv ishi tugrisidagi" gi Uzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Maxkamasining qarorlari (2012-yill 5 –apreldagi 101-son, 1999-yil 29-martdagi 140-son, 1999-yil 12-yanvardagi 12-son va 1999-yil 30-apreldagi 482-son asosida amalga oshiriladi), shuningdek, Samarkand davlat tibbiyot instituti arxiv nizomi asosida ish yuritadi

  Bo’limning asosiy vazifalari


  • Аrxiv quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
  • Institut arxivi hujjatlarni viloyat davlat arxiviga topshirgunga qadar oʼzida saqlaydi va ularning hisobini yuritadi.
  • Institutda saqlanayotgan hujjatlar toʼgʼrisida statistik shakllar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi va viloyat davlat arxiviga maʼlumotlar beradi va hujjatlarni davlat saqloviga topshirish uchun tayyorlaydi.
  • Institutning oʼziga xosligini hisobga olgan holda arxiv ishi va ish yuritishga oid meʼyoriy hujjatlar (yoʼriqnoma, ekspert komisiya va arxivlar toʼgʼrisidagi Nizomlar) ni ishlab chiqadi va viloyat arxiv ishi boshqarmasining Ekspert tekshiruv komisiya (ETK)si bilan kelishiladi.
  • Institutda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va tarixiy qimmatini (ahamiyatini) ekspertiza kiladi va viloyat davlat arxivi mutaxasislari ishtirokida ularni saqlanishi muddatiga qarab yoʼq qilishga ajratish toʼgʼrisida dalolatnoma tuzadi.
  • Institut arxivida saqlanayotgan hujjatlarni tuman davlat arxiviga topshirish jadvalini ishlab chiqadi va ularni tasdiqlash uchun institut rektoriga taqdim etadi.
  • Davlat arxiviga doimiy saqlash uchun topshirishga moʼljallangan hujjatlar roʼyxatini hamda viloyat davlat arxivi qoshidagi xoʼjalik hisobida ishlovchi arxivchilar guruhi xodimlari tomonidan tayyorlangan hujjatlar roʼyxati (opisʼ)ni koʼrib chiqadi va uni tasdiklash uchun viloyat arxiv ishi boshkarmasining Ekspert tekshiruv komissiyasi (ETK)ga taqdim etadi.
  • Saqlash muddati oʼtgan hujjatlarni yoʼq qilishga ajratish toʼgʼrisida tuzilgan dalolatnomani koʼrib chiqadi.

  Institutning yigʼmajildlar nomenklaturasi va ish yuritish boʼyicha uslubiy qoʼllanmalarini tayyorlashda qatnashadi.


  • Аyrim hujjatlar kategoriyasini saqlash muddatlarini oʼzgartirilishi haqidagi takliflarni koʼrib chiqadi va bu takliflarni kelishish uchun viloyat arxiv ishi boshqarmasining Ekspert tekshiruv komissiyasi (ETK)ga takdim etadi.
  • Hujjatlardan foydalanishni tashkil etadi hamda alohida shaxslarga belgilangan tartibda arxiv maʼlumotlari va hujjatlaridan koʼchirmalar beradi.

  Xozirigi vaktda bo’limda faoliyat yuritayotgan xodimlar (F. I. O. lavozimi, umumiy xodimlar bilan tushgan rasm):

  Shakarova Charos Аmankulovna –bo’lim boshligi

  Аrxivda ikkita xodim ishlaydi: arxiv bo’lim boshligi va arxivarius.