×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Tibbiy kimyo kafedrasi

Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna
Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, t.f.d.(DSc)


Qabul vaqti: Dushanba – Shanba soat 08:30 -14.30
Tel:

+998973930110

E-mail: dilyax82@mail.ru
Manzil: Samarqand sh., Amir Temur ko`ch, 18

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH

Lavozimi

Yusupova Saodat Sayfiyevna

dotsent

Mamadiyarova Xolida

dotsent

Kiyamova Dilfuza Sharipovna

assistent

Pardayeva Sohiba Buriyevna

Assistant

Ishmuratova Aziza Saydullayevna

Assistant

Qarjavov Abduxakim Raxmanovich

Assistant

Rayimqulova Charos Axmatovna

Assistant

Qodirov Behzod Gafurovich

Assistant

Mamadaliyev Ikrom Ilxomiddinovich

Assistant

Turg’unov Davron Elbekovich

Assistant

Isoqova Dilnoza Toshevna

stajyor-assistent

Berdimurodova Feruza Pirnazorovna

stajyor-assistant

Sattorova Manzura Djalilovna

Assistеnt

Axmedov Baxtiyor Baxodirovich

stajyor-assistant

Sayfiyeva Maftuna Samaruddinovna

stajyor-assistant

Usmonova Hilola Isropilovna

stajyor-assistant


KAFEDRA TARIXI


  1930 yilda "umumiy kimyo" kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 1933 yilga qadar prof. N.L.Merkulovich mudirlik qilgan, 1933-1936 yillarda kafedrani professor L. N. Parfentyev boshqargan.

1938 yildan boshlab "anorganik ximiya" kafedrasi deb atalib, uni 1946 yilgacha dosent A.A.Shamshurin boshqargan. Bu yillar mobaynida kafedra xodimlari anorganik kimyoning turli yo'nalishlarida ilmiy-izlanishlar olib borgan va ular tomonidan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, bitta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilingan.

1946-1964 yillari kafedraga dots. S.F.Babak mudirlik qilgan. Uning rahbarligida kafedrada "Alkalloidlarning kompleks birikmalari pirimidin hosilalari" mavzusida ilmiy-tekshirish ishlari olib borilgan.

1964 yilda umumiy ximiya kafedrasi bilan biologik ximiya kafedrasi birlashtiriladi va unga dots. I.G.Priyev rahbarlik qildi. Bu davr ichida kafedraning organik ximiya bilan shug'ullanuvchi a'zolari karbazidning yangi sintez usulini ishlab chiqdilar va mikroelementlarning biologik ahamiyatini tadqiq qiladilar. Natijada sog'liqni saqlash amaliyoti uchun muhim ahamiyatga molik bo'lgan yangi xulosalar olindi.

1977 yil dekabr oyida kafedra Bioanorganik va fizikaviy ximya, hamda Bioorganik va biologik ximiya kafedralariga bo'lindi. Bioanorganik va fizikaviy ximya kafedrasiga dots. Q.A.Asqarov rahbarlik qila boshladi. Bu yillar kafedrada ilmiy izlanishlarga e'tibor yanada oshdi. Buning samarasi o'laroq kafedrada 4 ta doktorlik (Q.A.Asqarov, D.M.Ivniskiy, M.D.Davronov, B.S.Mirzayev) va 12 ta nomzodlik (S.T.Rashidova, I.M.Muratov, R.T.Toshmatova, Z.Yu.Yunusova, K,I,Iskandarov, M.F.Yulayev, R.A.Dmitrieva, D.Daniyarov, N.Tangiyarikov va b.q) tayyorlandi va himoya qilindi. Oltita monografiya 450 dan ortiq ilmiy va o'quv – uslubiy maqolalar nashr etildi. Bu davrda kafedra a'zolari tomonidan 20 ta ilmiy kashfiyot uchun mualliflik guvohnomalari, 2 ta patent 30 ga yaqin ilmiy mulohazalar asoslanib berildi.

Bioorganik va biologik ximiya kafedrasiga esa prof. V.A.Blinov rahbarlik qildi. Ilmiy tadqiqotlar ko'lami kengaytirilib, kafedra jamoasining diqqat-e'tibori qon tomir sistemasi fiziologiyasi va patologiyasi masalalarini ilmiy asosda tadqiq etishga qaratildi. Bu ilmiy izlanishlar natijasida ko'plab ilmiy-maqolalar chop etildi, bir qancha mualliflik guvohnomlari olindi. 1-ta doktorlik va 6-ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi.

1994 yilning sentyabr oyida Bioanorganik, fizikaviy ximiya kafedrasi bilan Bioorganik va biologik ximiya kafedrasi birlashtirildi. Kafedra Bioanorganik, Bioorganik va biologik ximiya kafedrasi deb atala boshlandi. Kafedraga prof. Q.A.Asqarov mudirlik qilgan.

2012 yilning iyul oyidan 2017 yil avgust oyiga qadar dotsent Q. T. Sovetov kafedraga mudirlik qildi

2017 yil avgust oyidan "Tibbiy va biologik kimyo" kafedrasi nomi berildi va unga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Q. M. Xaliqov mudirlik qila boshladi

2020 yil avgust oyidan "Tibbiy va biologiк kimyо" kafedrasi ikki alohida kafedraga bo`linib " Tibbiy kimyo" va "Biologik kimyo" nomi berildi.

“Tibbiy kimyo” kafedrasi mudiri etib Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna tayinlandi.

Kafedrada institutning davolash, pediatriya, stomatologiya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, xalq tabobati fakultetlarining I bosqich talabalari va farmatsiya fakultetining I, II, III, IV bosqich talabalari taxsil oladi.

Turli yillarda biologik kimyo kafedrasi mudiri bo'lib ishlaganlar



MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedraning yillik rejasida asosan 5 ta asosiy bo'lim mujassamlangan bо,lib ular quyidagilardir:

1. Tashkiliy ishlar.

2. Ma'naviy barkamol mutaxassislarni tayyorlashda tarbiyaviy ishlar ustuvorligini ta'minlash.

3. O'zbekiston mustaqilligi printsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga qodir shaxsni shakllantirish borasida ta'lim muassasalari, ota-onalar, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

4. Milliy qadriyatlar va an'analar

5. Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish

  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta tashabbus ijrosi yuzasidan kafedrada tahsil olayotgan talabalarda mustaqillik g'oyalari, yuksak ma'naviyat va insoniylikning milliy an'analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash har bir professor-o'qituvchilarning vazifasidir.

  Kafedra xodimlari farmatsiya fakulteti talabalariga murabbiy etib tayinlangan. Har bir xodim murabbiylik guruhlari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boradi, muzey va teatrlarga hordiq chiqarish uchun tadbirlar uyushtiradi. Samarqanddagi Hamid Olimjon teatri, tarixiy qadamjolardan Registon maydoni, O’zbekiston Respublikasi birinchi prezdenti Islom Karimov maqbarasi va haykaliga tashriflar uyushtiradi

  Kafedrada har hafta ma’naviyat darslari o’tiladi. Milliy bayramlar, tarixiy shaxslar va buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari doimiy nishonlanib kelinadi. Jumladan, bobolarimiz Mir Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Amir Temur, Mirzo Ulug’beklarni bosib o’tgan yullarini talabalarga yana bir bor eslatamiz. Al-Buxoriy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, al-Motrudiy kabi buyuk mutafakkirlarni avlodi ekanligimizni, ajdodlari buyuk Yurtni kelajagi buyuk ekanligini, ularning bosib o’tgan hayot yullarini o’rganish biz uchun katta hayot Darsi bulishini talabalarga tushuntiriladi. Biz bu ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz. "Mustaqillik bayrami", "Ustoz va murabbiylar kuni", "til bayrami", "Qurbon hayiti", "Vatan himoyachilari kuni", "xalqaro xotin-qizlar kuni", "Navro'z bayrami", "Xotira va qadrlash kuni" singari bayramlari ham keng nishonlanadi.Ushbu sanalarga bag'ishlab barcha guruhlarda davra suhbatlari o'tkaziladi.

  Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash uchun “Talabalar ilmiy jamiyati” to’garagi joriy etilgan bulib, to’garak a’zolariga ilmiy maqolalarni yozish va chop etish tug’risida ma’lumot berib boriladi.Talabalarni amaliyotga jalb qilish tibbiy kimyo va farmatsevtik kimyo sohasidagi yangi innovatsion g’oyalarni birgalikda muhokama qilinadi.

2020-2021 o’quv yilida tibbiy kimyo kafedrasida amalga oshirilgan ishlardan lavhalar:


  Тibbiy kimyo kafedrasida iqtidorli talabalar uchun to’garaklar tashkil etildi. Bu to’garaklarda talabalarni respublika va xalqaro miqyosida o’tkaziladigan olimpiada va konferensiyalarga tayyorlandi. Bir qancha talabalarimiz konferensiyalarda faol qatnashib munosib natijalarni qo’lga kiritishdi.

KIMYO TO’GARAGI XAYOTIDAN LAVHALAR


  Prezidentimiz qarorlariga ko’ra oliy o’quv yurtlariga maktablarni biriktirib umumta’lim maktablari bilan hamkorlik qilish doirasida TIBBIY KIMYO kafedrasiga Urgut tumanidagi 24-maktab biriktirildi.

  Maktabda yil davomida kafedra o’qituvchilari kimyo fanidan qo’shimcha darslar va to’garaklar tashkil etishdi. Rektorimiz tomonidan maktabga kompyuterlar taqdim etildi .

  Тibbiy kimyo kafedrasining 24- maktabda olib borgan ishlaridan lavhalar:

“Tibbiy kimyo” kafedrasi va SamMI qoshidagi akademik litseyi o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatilgan bulib, kafedra professor-o’qituvchilari o’quv va ma’naviy jarayonlarda o’zlarining tajribalari bilan o’rtoqlashib kelmoqda.

Har yili may oyining oxirgi dam olish kuni «BUTUNJAHON XIMIKLAR KUNI». Shu munosabat bilan kafedra xodimlari talabalar yotoqxonasida faol talabalar ishtirokida bu bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazishdi. Bu kunni shu kafedrada 40 yildan ortiq mudirlik qilgan ustozimiz Asqarov Qudrat Asqarovichni yorqin xotirasiga bag’ishladik.

  12.0.2021 yil muxtaram prezidentimiz tashabbuslari bilan har bir viloyatda maktablararo “HОKIM ОLIMPIADASI” tanlovi o’tkazildi. Kimyo fanidan bu olimpiada SamDTI da ko’tarinki ruhda ,shaffof tarzda o’tkazildi.

Кafedra o’qituvchilari farmasiya fakulteti talabalariga guruh murabbiyi hisoblanadi.Darsdan bo’sh vaqtlarda talabalar vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Samarqand shahrining tarixiy obidalariga ekskursiyalar tashkillashtirildi. Kafedra o’qituvchilari ham sport musobaqalarida faol qatnashadilar.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedrada o'quv-uslubiy ishlar O'zbekiston Respublikasining ta'lim me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan

Kafedra xodimlari tomonidan 2020-2021 o’quv yilida quyidagi o`quv, o`quv-uslubiy qo`llanmalar va monografiyalar chop etildi:

  2021 yil sentyabr oyidan TIBBIY KIMYO kafedrasi yangi o’quv binosiga ko’chib o’tdi. Rektorimiz professor J.A. Rizaevning tashabbuslari bilan bu binoda ma’ruza zallari, auditoriyalar va laboratoriyalar yangi jihozlar bilan jihozlangan. Talabalar uchun barcha sharoitlar a’lo darajada

2020-2021 o’quv yilidan boshlab Hindiston, Pokiston , Koreya davlatlaridan kelgan talabalarga ham tibbiy kimyo fani o’tilib kelinmoqda.


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  2020-2021 o’quv yilidakafedra mudiri Xolmurodova D. Q doktorlik dissertasiyasini (DSc) muvaffaqiyatli himoya qildi.

  “Tibbiy kimyo” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 2020 yilda ilmiy-tadqiqot ishlari va nashr natijalariga ko’ra, 4 nafar mavzusi tasdiqlangan dissertatsiya, 1 nafar himoyaga tayyor PhD dissertatsiyasi, 2 ta Respublika miqyosida, 10 ta horijda, 3 ta MDH davlatlarida, 9ta Scopus Web of Science jurnallarda maqolalar chop etildi.

2020 yil institut rektori tomonidan tibbiy kimyo kafedrasi mudiri dosent Xolmurodova D.Q . “ Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqotchisi ” nominasiyasi bo’yicha 3- darajali diplom bilan taqdirlandi.

Кafedra o’qituvchilaridan Rayimqulova Ch . A. , Isakova D.T. va Berdimurodova F.P. lar ham kafedraning o’quv, ma’naviy ishlarida faol bo’lganlari uchun rektorimiz tomonidan taqdirlandilar.


ХАLQARO ALOQALAR


  Kafedra 2020 yil noyabr oyidan akademik mobillik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Janubiy Kozog'iston tibbiyot akademiyasi bilan onlayn tarzda o’zaro ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishni yo’lga qо,ydi va hozirda OUYlar o’rtasida o’zaro darslar almashinib o’tilmoqda.

Kafedra o’zining ilmiy faoliyatini Toshkent I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetiga qarashli “Fan va taraqqiyot” DUK bilan, Toshkent Farmatsevtika instituti, SamDTI kafedralari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti bilan o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga quyilgan, bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Amerika , Rossiya , Qozog’iston oliy o’quv yurtlari bilan bir qancha vebinarlar tashkil etildi

  2021 yil 17.09. Belorussiya davlat texnologiya universiteti rektori professor Voytov I.V., V.A.Belogo nomidagi ilmiy tekshirish instituti direktori professor Grigoryev A.Ya., kimyo instituti direktori akademik Agabekov V.Ye. boshchiligidagi delegatsiya hamda I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK korxonasi direktori professor N.S.Abedlar Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida kimyo meditsinaning asosiy fanlaridan biri ekanligini hisobga olgan holda institutlar oʻrtasida oʻzaro aloqalar oʻrnatildi. Kimyoni tibbiyotdagi, farmatsiyadagi oʻrni, vazifalari, Belorussiya ilmiy tekshirish institutlarida olib borilayotgan ilmiy ishlar yuzasidan davra suhbati olib borildi. Oʻzaro tajribalar almashish yuzasidan kelajak rejalar tuzildi.