Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti klinik ordinaturasi
Menu Close Menu

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti klinik ordinaturasi

  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 18.12.2009 yildagi №319 qarori « klinik ordinatura nizomi» va uning 2- ilovasiga asosan klinik ordinatorlarni bilim darajasini va ko'nikmalarni oshirish maqsadida, ularini ilmiy ishlar bajarishga jalb qilish (yangi dori preparatlarni amaliyotda qullash, adabiyotlarni umumlashtirish, mavzular taxlili va mustaqil ishlarni tuzish) va shaxsiy rejadan tashqari tayyorlash lozim. Klinik ordinatorlarning o'quv yuklamasi shu ixtisoslikda ishlaydigan vrachning bir oylik yuklamasidan kelib chiqadi. Bundan tashqari klinik ordinatorlar mustaqil o'zi bajarishi mumkin. Mustaqil ishlari tarkibiga bir oyda bo'limda grafik asosida ikkita bepul tungi navbatchilik qilishi lozim, buni ilmiy raxbari aniqlaydi.

  Klinik ordinatura bo'limi faoliyati "ta'lim to'g'risida" gi, "kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida" gi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bu sog'liqni saqlash muassasalarida mustaqil ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi bo'lgan oliy tibbiy ta'limning ko'p bosqichli tuzilmasining bir qismidir.
  Klinik ordinaturada o'qitiladigan tibbiy mutaxassisliklar va malakalarning ro'yxati:

SAMARKAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI KLINIK ORDINATURA YUNALISHIDA O'QIYDIGAN TALABALARNING IXTISOSLIGI VA 2020-2021 O'QUV YILIDAGI SONI