×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

DKTF Oftalmologiya kursi

Saidov Temur Tolibovich

DKTF Oftalmologiya kursining v/b kurs mudiri

Qabul vaqti:

Dushanba-shanba: 08:00-15:00

Tel:

+998979232647

E-mail:

temur.saidov.90@mail.ru

Manzil:

Samarkand shahar, Ato-Safoeva 78


KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.Sh.

Lavozimi

1.

Saidov Temur Tolibovich

Kafedra mudiri

2.

Xamidullaeev Firdavs Faridovich

Assistant-stajyori


KAFEDRA TARIXI


  1891 yil 15 bemor o‘rinli Ko‘z kasalliklar shifoxonasi ochilgan.

O‘sha davrda 2 ta shifokor va 2 ta felьdsher faoliyat yuritishgan. Muassasa shu zaylda 1891yildan 1910yilgacha ish yuritilgan. 1917yilda Vishnyakov tashabbusi bilan qayta ochilib faoliyatni boshlagan. O‘sha davrda aholi talablari bilan moddiy texnik bazasi ancha yangilanib, kerakli uskunalar olib kelingan. 1928yilda traxoma bilan aziyat chekayotlar uchun 40 koykali izolyator ochilgan. 1935 yilga kelib koykalar soni 35 taga kamaydi. SHu yilni o‘zida ko‘z kasalliklar kafedrasi tashkil qilingan. 1937 yil Samarqandning eski shahar qismi, CHokardiza mahallasi (SHarq mahallasi) da 100 koykali traxomatozga chalingan bolalar uyi tashkil qilingan. 1950yildan ushbu muassasa traxomotozga kurashish dispanseriga aylantirildi. 75 bemorga moslashgan dispanserni Gesha Davidovna Muxammedova boshqarib borgan. 1954 yil dispanser viloyat ahamiyatiga ega maqomga ega bo‘lgan. Bu vaqt davomida dispanser bosh vrachi T.K. Aliev bo‘lgan. 1967 yildan TMEK kommissiyasi tashkil qilinib, bu kommissiya tarkibida M.S. Soliev fidoiylik qilgan. 1970 yil traxamotoz dispanser viloyat ko‘z kasalliklar shifoxonasiga aylantirilgan. Bu davrda 16 vrach hamda 35 hamshiralar ishlashgan. 1977 yil 100 o‘rinli shifoxona boshqaruvini R.M.Qodirova o‘z qo‘liga olgan. Bu davrda maqsadli ravishda ko‘z kasalliklar sohasini chekka tumanlarda rivojlantirin, amaliyotni kuchaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar qilingan. 1980 yildan tom ma’noda uyg‘onish davri bo‘lgan desak adashmaymiz. CHunki mehnatsevar, adolatparvar rahbar B.M.Saidov bosh shifokorga aylanib ish boshlagan. 1983 yildan shifoxona tarixida yangi sahifa ochiladi. Muassasa yangi joyga, yangi binoga ko‘chadi. 100 o‘rinli, zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan dargohda hozirgi kungacha aholiga xizmat qilmoqda. 1990 yil shifoxona qoshida mikroxirurgiya markazi tashkil etildi, mudir sifatda S.N.Federov nomidagi klinikada tajribasini oshirib kelgan oliy toifali shifokor N.M.Ochilov ish boshlagan. So‘ngra 1992 yil yangi poliklinika tashkil etilgan. 1999 yil B.M.Saidov “ Katarakta sabab nogiron bo‘lib qolish, nogironlarni tibbiy ijtimoiy reablitatsiya qilish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borib, prof.Komilov X.M. qo‘l ostilarida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaganlar. 160 ilmiy maqola va 36 ta amaliy ko‘rsatma lar Saidov, M.T. Tuxtaev, oliy toifali shifokorlar Z.X.Xalilova, A.S. Vishnyakova, S.YA. Bekturdiev, N.M. Ochilov, Z.YO YOdgorov, R.YA. Uzoqova, E.SH.Baxromova, F.F. Jalolova, Z.B. Saidova, N.A. Rasulov, F.A.Raxmatova kabi shifokorlarimiz tajribalariga suyangan holda, pastgi bo‘g‘inda faoliyat yuritadiganlar vrachlar muammoli holatlarda yuqorida sanalganlan malakali doktorlarimizga jo‘natishadi, Bosh vrach, dotsent, tibbiyot fanlari doktori S.Mirraximova 2018 yil DKTF oftalmologiya kursini tashkil qilgan


MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT ISHLARI


  Har oy ma’naviyat va ma’rifat soatlarida kursantlar e’tibori siyosiy ijtimoiy mavzularga qaratiladi. Undan tashqari yangi chiqilgan farmon va qonunlar, Prezident ma’ruzasidagi mavzular muhokama qilinadi.


O’QUV-USLUBIY ISHLAR


  Kurslar respublikamizning 7ta xududida va viloyatimizda davlat hamda xususiy tibbiy muassalarda faoliyat olib boruvchi oftalmologlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv dastur Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Siklning nomi

O‘qish turi

Kontingent

Davomitsligi

1.

Neyrooftalmologiya

OU

Birlamchi poliklinikalarda va tuman shifoxonalarda ishlaydigan oftalmologlar

1 oy, 144 kredit soat

2.

Ko‘z mikroxirurgiyasi

OU

Birlamchi poliklinikalarda va tuman shifoxonalarda ishlaydigan oftalmologlar

1 oy, 144 kredit soat

3.

Optik neyropatiya

TU

Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

50 kredit soat

4.

Umumiy somatik kasalliklarda ko‘ruv organida bo‘ladigan o‘zgarishlar

TU

Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

50 kredit soat

5.

Ametropiyani tashxislash va davolashda bo‘ladigan muammolar

TU

Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

50 kredit soat

6.

Glaukomani zamonaviy tashxislash va davolash usullari

TU

Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

0.5 oy.

72 kredit soati

7

Kataraktani zamonaviy tashxislash va davolash usullari

TU

Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

0.5 oy.

8.

Refraksion anomaliyalarni zamonaviy davolash usullari

TU

Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

72 kredit soati

Kursantlar ta’lim olishlari uchun zamonaviy standartlarga javob beruvchi mavzuga oid testlar, vaziyatli masalalar va ma’ruzalar taqdim etilib boriladi. Har kuni dars mobaynida og‘zaki savol javoblar va amaliy ko‘nikmalar amalga oshirilib boriladi.


DAVOLASH ISHLARI


  Bugungp kunga kelib muassasa kataral xirurgiyani rivojlantirgan bo‘lib, FEK lar amalga oshirildi.

To‘r parda patologiyasi aniqlangan hollarda lazer xirurgiyaga zarurligini aniqlash lozim topilsa vitreoretinolog jarrox ga yuborish

Dorilarni subtenon jo‘natishtishingiz kerak bo‘lgan usullarini ko‘ring