Madaniy-ma'rifiy tadbirlar
Menu Close Menu

Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

  Yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar

  Bugungi kunda hayotning barcha jabhalari kabi taʼlim sohasiga ham yangicha eʼtibor, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga boʼlgan munosabat oʼzgarmoqda.
  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 dekabrь kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan oʼtkazgan uchrashuvda “2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boʼladi” deb taʼkidlagan edi.
  Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʼtarish maqsadida 2020 yil- “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb eʼlon qilindi.
  Shu munosabat bilan bugungi kunda hayotning barcha jabhalari kabi taʼlim sohasiga ham yangicha eʼtibor, ayniqsa, yoshlar, taʼlim–tarbiyasiga boʼlgan munosabat oʼzgarmoqda.
  Samarqand Davlat tibbiyot institutida Yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi №PQ-3160-sonli «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʼtarish toʼgʼrisida»gi hamda 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorlarida belgilab berilgan vazifalar hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligining tegishli meʼyoriy xujjatlari, institut rektorining buyruqlari asosida hamda viloyat va shahar xokimliklari, Viloyat «Maʼnaviyat va maʼrifat markazi», huquq-targʼibot xodimlari, diniy idora vakillari, jamoat tashkilotlari va boshqalar bilan xamkorlikda bajarilib kelinmoqda.
  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koʼtarilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha 5 ta tashabbus yuzasidan oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida amalga oshiriladigan ishlar namunaviy metodik dastur asosida institutda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan boʼlib, masalan: barcha oʼquv binolari va Talabalar turar joylarida 5 ta tashabbus boʼyicha stendlar va devoriy koʼrgazmalar oʼrnatilgan.
  1-tashabbus doirasida: “Firuza” ansambli, “Talabalar teatr studiyasi”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Tafakkur sinovlari”, “Zakovat” klublari faoliyatida talabalarni teatrga qiziqtirish maqsadida ularning repertuari yangilangan. 600 oʼringa moʼljallangan “Madaniyat saroyi”da sanʼat sohasiga tegishli barcha asbob-uskunalar(tor, doira, gʼijjak, dovul va boshqalar), ovoz kuchaytirgich uskunalar oʼrnatilgan. “Аvitsenna” nomli “Quvnoqlar va zukkolar” klubida 30-35 nafar student va har bir fakulьtetlarning 1 tadan “Shok”, “Mediator”, “CO2”, “Аdrenalin” va “Samarqand” jamoalarida 80-90 nafar student qamrab olindi.
  Institutda “Yil talabasi” tanlovining 14 ta guruh bosqichi, 5 ta fakulьtet bosqichi tadbirlari oʼtkazilgan. Institutning 1 nafar talabasi Respublika oliy oʼquv yurtlari oʼrtasida oʼtkazilgan vatanparvarlik mavzusidagi “Eng yaxshi maqola” tanlovida 1 oʼrinni qoʼlga kiritgan. Korruptsiyaga qarshi kurash boʼyicha Respublika Oliy oʼquv yurtlari oʼrtasida boʼlib oʼtgan “Eng yaxshi plakat” koʼrik- tanlovida ham talabamiz 1-oʼrinni egallagan.
  2-tashabbus boʼyicha: jismoniy tarbiya va sport kafedrasida devoriy stendlar oʼrnatilgan talabalar va professor-oʼqituvchilar oʼrtasida futbol, mini-futbol, basketbol, gandbol, voleybol, stol tennisi, kurash, yengil atletika, shaxmat-shashka, gimnastika va boshqa sport turlari boʼyicha turnirlar oʼtkazilgan. Navoiy shahrida oʼtkazilgan “Universiada-2020” sport musobaqalarining shaxmat turi boʼyicha Respublika final bosqichida Samarqand viloyati terma jamoasi nomidan ishtirok etgan Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash fakulьteti 4-kurs talabasi Raximov Inoyatullo faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritgan.
  2019 yilda Viloyat Oliy oʼquv yurtlari oʼrtasida oʼtkazilgan sportning volleybol musobaqasida institutning qizlar jamoasi 1-oʼrinni, gandbol jamoasi 3-oʼrinni, stol tennisi jamoasi 3-oʼrinni qoʼlga kiritgan. 7 ta sport toʼgaraklari soni 9 taga yetkazildi.
  3-tashabbus boʼyicha: institut talabalar turar joylari va oʼquv binolarida studentlar va professor-oʼqituvchilarning internetdan foydalanishlari uchun bepul wifi routerlari oʼrnatilgan. Institut axborot-resurs markazini yangi adabiyotlar bilan taʼminlanmoqda. 2019 yilda institut АRM xududida QR-kodli elektron kutubxona faoliyatini yoʼlga qoʼyilgan.
  4-tashabbus boʼyicha: Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda institutda Аlisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur va Аbdulla Qodiriy, Zulfiya, Ozod Sharofitdinov, Erkin Vohidov, Аbdulla Oripov va boshqalarning tavallud kunlari munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etilgan.
  Talabalar turar joylarida 5 ta tashabbus doirasida aloxida xonalar tashkil qilingan. Jumladan, 3 ta kutubxona filiali, 1 ta “Qizlarjon” klubi, 1 ta “Tikuvchilik” tugaragi, 4 ta kompьyuter tugaraklari xonasi, 3 ta sport klubi va 1 ta sanʼat klubi faoliyat koʼrsatmoqda. Talabalar turar joyida “Kitobxonlik” mushoiralari va “Zukko kitobxon” musobaqasi oʼtkazilgan.
  5-tashabbus boʼyicha: Xotin-qizlar oʼrtasida keng targʼib qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida talabalar turar joylarida tikish-bichish boʼyicha toʼgarak tashkil etilgan. Oʼtgan davrda ota-onalar va mahalla institutining oʼrni va rolini kuchaytirish maqsadida “Taʼlim muassasasi – oila – mahalla” tizimi orqali qizlar bandligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yil davomida 5 ta tashabbus ijrosi yuzasidan Vatan himoyasi –har bir fuqaroning sharafli burchi», «Hokim va yoshlar», “Rektor va yoshlar” kabi tadbirlar oʼtkazimoqda.