×
Menu Close Menu

Stomatologiya fakulteti

Axmedov Alisher Astanovich

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel: (0366) 233-81-08
E-mail: suzayn@mail.ru
Manzil: Samarqand sh., Amir Temur ko‘ch., 18 uy

Mutaxassislik: 7510400 – Stomatologiya.
Kvalifikatsiyasi: vrach- umumiy stomatolog.
O‘qish muddatiya: 5 yil.
O‘qitish shakli: kunduzgi

  • 1-chi stomatologiya kafedrasi
  • 2-chi stomatologiya kafedrasi
  • Bolalar stomatologiyasi kafedrasi
  • Yuz-jag xirurgiyasi kafedrasi bolalar yuz-jag xirurgiyasi kursi bilan
  • Otorinoloringologiya kafedrasi

STOMATOLOGIYA FAKULTETI DEKANAT XODIMLARI TARKIBI



Sultonov Sardor Boqiyevich
1-2 kurslar bo`yicha dekan o`rinbosari
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel.: 99 103 86 20
E-mail: sultonovsardor06@gmail.com


Kamalov Anvar Ibragimovich
3-4-5- kurslar bo`yicha dekan o`rinbosari
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel: 91 337 38 91
E-mail: anvarjonkamolov8290@gmail.com

FAKULTET TARIXI


  Fakultet 2009 yildan beri faoliyat olib bormoqda.
  Fakultet ochilgan davrda stomatologiya kursi mudiri tibbiyot fanlari doktori Kubaev Saidolim Esirgapovich dekan lavozimiga tayinlangan edi.
  2012-2020 yillar davomida tibbiy fanlar nomzodi Zayniyev Suxrob Sobirovich dekan lavozimida ish yuritgan.
  2020 yildan boshlab fakultet dekani etib tibbiy fanlar nomzodi Axmedov Alisher Astanovich etib tayinlandi.
  Stomatologiya fakulteti dekanatini kafedralarda ta’lim olishning yuksak darajada bio’lishga, talabalarning o’qish sifatini takomillaytirishga va zamonaviy ta’lim berishga katta etibor qaratib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “Ijtimoiy soxani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” “Ta’lim va fan soxasini rivojlantirish” Farmoniga asoslanib
uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy oʼquv va laboratoriya asboblari, kompьyuter texnikasi va oʼquv-metodik qoʼllanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni koʼrish; maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʼini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy oʼrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori boʼlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʼrganish; bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shugʼullanishga, ularni musiqa hamda sanʼat dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obʼektlarini, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish; kasb-hunar kollejlari oʼquvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar boʼyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
taʼlim va oʼqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy taʼlim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich koʼpaytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʼbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oʼquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish bo’yicha ish yuritib kelmoqda.
  Fakultetda 923 talaba tahsil olib kelmoqda.
  Fakultet bitiruvchilari «Stomatolog-shifokor» malakasini oladilar. Kelgusida magistratura v klinik ordinaturalarda «Terapevtik stomatologiya», «Jarroxlik stomatologiya», «Ortopedik stomatologiya», «Bolalar stomatologiyasi», «Yuz-jag jarroxligi», «Ortodontiya» kabi chuqur tayyorgarlikni takozo etadigan fanlar bo‘yicha o‘qish imkoniyatlari mavjud.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Stomatologiyafakultetida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari: talbalar o‘z-o‘zini boshqarishiga, bandligiga xamjixatlik qilishi, ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni ommaviylashtirishdan iboratdir. Fakultetda tarbiyaviy faoliyatni asosiy yo‘nalishlarini amalga oshiruvchi quyidagi shakllari mavjud: talabalarning xavas va ishtiyoqiga qarab madaniy-ma’naviy, jismoniy, ilmiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, talabalar bo‘sh vaqtini unumli tashkillashtirish orqali talaba va o‘qituvchilarning ijodiy va ilmiy uyushmalarini tashkil va barpo etish.
  Ushbu ishlarni tashkillashtirishni fakultetda Eshlar ittifoqi, talabalar kasaba ko‘mitasi, fakultet xotin-kizlar ko‘mitasi, murabbiylar kengashi, talabalar yotokxonasi tarbiyaviy va o‘z o‘zini boshqarish tuzilmalri amlga oshiradi. Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar unumdorligini oshirish, to‘g‘ri takomillashtirishni yo‘lga solish maqsadida individual yondashish printsiplari foydalaniladi v shu maqsadda fakultetda institut ma’naviy-ma’rifiy bo‘limi va dekanat tavsiya qilgan tajribali pedagog-o‘qituvchilardan iborat murabbiylar Kengashlari tashkil etilgan. Fakultetda ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish maqsadida ko‘pgina tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


  Fakultetning ilmiy tadqiqot ishlari Halqaro, respublika va maxalliy nashrlarda aks ettirilgan. Fakultet olimlarining ilmiy tadqiqot ishlari doimiy ravishdailmiy pedagogic kadrlar tayorlash va amaliy sog‘liqni saqlash talablari bilan yaqin aloqadorlikda olib boriladi. 2017 yil 17 noyabr kuni institutda “Zamonaviy stomatologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida halqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
  Konferentsiya ishida 300 dan ortik delegatlar Rossiya, Ukraina va O‘zbekistonning etuk stomatolog-olimlari, MDX mamlakatlari va respublikamizstomatologlari, shuningdek respublikamiz viloyatlariing bosh mutaxassis-stomatologlari ishtirok etishdi. Fakultet kafedralari o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirishdakatta ishlar olib borishmoqda. Fakultet yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot institutlari va markzlari, o‘quv va tibbiyot muassasalari bilan faol hamkorlik qiladilar.
  Ilmiy-tadqiqot ishlarda studentlar TIJ doirasida ham faol ishtiroq etadilar. Studentlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish ilmiy to‘garaklar orqali amalga oshiriladi.

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR


Bugungi kunda fakultet 4 ta kafedrani o‘z ichiga oladi:

  Bugungi kunda fakultet 5 ta kafedrani o‘z ichiga oladi:
• 1-chi stomatologiya kafedrasi (kaf.mudiri A.B.Norbo‘taev);
• 2-chi stomatologiya kafedrasi (kaf.mudiri S.A.Isroilov
• Bolalar stomatologiyasi kafedrasi (kaf.mudiri R.A.Raximberdiev);
• Yuz-jag xirurgiyasi kafedrasi bolalar yuz-jag xirurgiyasi kursi bilan (kaf.mudiri U.B.G‘afforov).
• Otorinoloringologiya kafedrasi (kaf. mudiri N.J.Xushvaqtova)

  Fakultet studentlari kafedralarda, institutning klinik bazalarida, Samarkand shaxar va viloyat stomatologiya poliklinikalarida, bolalar poliklinikasida, shaxar tibbiy birlashmasining yuz-jag‘ xirurgiyasi bo‘limida taxsil olishadi. Kafedralarda studentlarga ixtisoslashtirilgan fanlarni o‘zlashtirish uchun o‘quv jarayonida zamonaviy jixozlar va uskunalardan foydalaniladi. Bu esa o‘quv materiallariniyanada chuqur o‘zlashtirishga imkon beradi. Kafedralarda namunaviy va ishchi dasturlar, o‘quv rejalar asosida o‘quv jarayonini olib borish uchun zarur bo‘lgan o‘quv xonalari, o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari va auditoriyalar, klinik bazalarda talabarning malakaviy amaliyoti uchun barcha shart sharoitlar mavjud.
Studentlarga institutning elektron ta’lim tizimining metodik materiallaridan Internet orqali foydalanish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan mt.sammi.uz saytida talabalar uchun o’quv jarayoniga tegishli barcha ma’lumotlar, test sinovlari, ma’ruza va electron kitoblar mavjud.

IQTIDORLI STUDENTLAR BILAN ISHLASH


  Iqtidorlistudentlar bilan ishlashda faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha dastur yaratish, kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidaniqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni taqdirlash, Respublikamiz va xorijdagi o‘quv muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustaxkmlashdan iborat.
  Fakultetning iqtidorli studentlari MDX davlatlari, respublikamiz va institutda o‘tkazaladigan turli xil tadbirlarda faol qatnashib kelmoqdalar. Shunday qilib, studentlar o‘zlarining nazariy bilimlarini tizimlashtirish va umumlashtirish,shaxsga yo‘naltirish sharoitida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash,amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun xar xil tadbirlar: munozaralar, taqdimotlar, ommaviysuxbatlar o‘tkazishdan foydalanadilar. Barcha kafedralarda studentlar uchun ilimiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning mavzulari turli xil bo‘lib, studentlar o‘zlari uchunqiziqarli va kerakli ilmiy yo‘nalishni tanlash imkoniyatiga ega. Studentlar turli xil va qiziqarli ilmiy-nazariy va amaliy maxorat darslarida (master klass) qatnashadilar.