1-son stomatologiya kafedrasi
Menu Close Menu

1-son stomatologiya kafedrasi

Norbutaev Аlisher Berdikulovich

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba-shanba soat 9:00- 17:00
Tel: +998915505409
E-mail: anorbutayev@gmail.com
Manzil: Ozod Sharq ko’chasi, 10 uy

KAFEDRA A'ZOLARI


F. I. SH. Lavozimi
Аxmedov Аlisher Аstanovich Stomatologiya fakulteti dekani
Ortikova Nargiza Xayrullaevna O`quv ishlari bo`yicha ma’sul
Normuratov Аziz Normuratovich O’qituvchi
Murtazaev Аlisher Vladislavovich O’qituvchi
Melibaev Bexzod Аbdurashidovich O’qituvchi
Berdiev Timur Аbdukaxxarovich O’qituvchi
Irgashev Shoxrux Xasanovich O’qituvchi
Islamova Nilufar Bustanovna O’qituvchi
Gʼaniev Tulqin Rabbimovich O’qituvchi
Chaqqanov Faxriddin Xusanovich O’qituvchi
Sadikova Shoira Amriddinovna O’qituvchi

KAFEDRA TARIXI


  Oʼzbekiston Respublikasining Taʼlim toʼgʼrisidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan xolda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 may “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 1533-sonli qarori, 2016 yil 21 noyabrdagi «Stomatologiya soxasida tibbiy kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlar toʼgʼrisida»dagi PQ-2659-son qarori, Sogʼliqni saqlash vazirligining «Tibbiyot taʼlim muassasalarining klinik bazalari toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 2010 yil 23 avgust №254-sonli xamda «Davolash profilaktika muassasalarini tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga oʼquv va amaliy ishlab chiqarish bazasi sifatida biriktirish toʼgʼrisi»dagi 2012 yil 27 avgustdagi №249-sonli buyruqlariga asosan, institutning stomatologiya taʼlim yoʼnalishi va mutaxassisliklaridan kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, oʼquv jarayoni hamda oʼquv-uslubiy faoliyatini yanada takomillashtirish, ilgʼor axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarini joriy etish, stomatolog vrachlarning nazariy tayyorgarligini ular oʼrganayotgan amaliy koʼnikmalar bilan chambarchas bogʼlagan xolda olib borilishini taʼminlash maqsadida Samarqand Davlat tibbiyot institutining 2016 yil 30 dekabrdagi 149-sonli buyrugʼi asosida 2017 yil 2 yanvardan viloyat stomatologiya poliklinikasi oʼquv-klinik bazasida 1-son stomatologiya kafedrasi va stomatologiya kursi bilan birgalikda tashkil etilgan va kafedrada 14 nafar oʼqituvchilar faoliyat yuritishgan, 2018-2019 oʼquv yilida esa 15 nafar oʼqituvchilar faoliyat yuritishgan, 2019-2020 oʼquv yiliga kelib 18 nafar oʼqituvchilar faoliyat yuritishgan, xozirgi vaqtda 12 nafar oʼqituvchilar faoliyat yuritishgan.

  1 son stomatologiya kafedrasida ortopedik, terapevtik va jarrohlik bo'limi hamda tish-yasash laboratoriyasi mavjud. Ushbu kafedra stomatologiya fakultetining 2-5-kurs talabalarini "Terapevtik stomatologiya", "Ortopedik stomatologiya", "Jarrohlik stomatologiyasi" fanlari bo'yicha o'qitilgan. Kafedrada yiliga 800 dan ortiq talabalar o'qiydi. Stomatologiya o'quv dasturiga muvofiq kafedrada quyidagi fanlardan o'quv va laboratoriya mashg'ulotlarini olib boradi:

  • Terapevtik stomatologiya
  • Jarrohlik stomatologiyasi
  • Ortopedik stomatologiya

  Kafedraning asosiy vazifasi o'quv jarayoniga o'qitishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali talabalarni o'qitish sifatini oshirish, talabalarning g'ayratini oshirish, o'z-o'zini tarbiyalashning ahamiyatini oshirish, talabalar tomonidan amaliy ko'nikmalarning keng doirasini o'zlashtirish va kelajakdagi stomatologlarning kasbiy vakolatlarini shakllantirishdir.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Stomatologiya fakulteti maʼnaviy va maʼrifiy, tarbiyaviy ishlar boʼyicha talabalarga tadbirlar oʼtkaziladi. Har haftaning payshanba kunlari talabalarga maʼnaviyat va maʼrifat yoʼriqnomasi boʼyicha «Аxborot soati» materiallari asosida suxbatlar oʼtkaziladi. Yil davomida institut maʼnaviyat boʼlimi tomonidan rejaga asoslangan targʼibot ishlarni amalga oshiriladi.

  Sentyabr oyida barcha talabalarni keyingi bosqichga o’tgani bilan tabriklab Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 9 avgust kuni oʼtkazilgan majlis bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta mahsus taʼlim vazirining 600-buyrugʼiga asosan namunaviy oʼquv dasturi boʼyicha oʼquv yilini “Mustaqillik darsi”, ”Fidoying boʼlgaymiz seni Oʼzbekiston!” nomli qoʼllanma asosida va Oʼzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.А.Karimovning porloq hotirasiga bagʼishlangan “Hotira darsi” bilan boshlanadi.

  2018-2020 o‘quv yillarida institut ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan kelishilgan xolda tuzilgan, xamda ma'naviy- ma'rifiy ishlar buyicha bulim boshlig‘i S.Xalimov tomonidan tasdiqlangan reja asosida, kafedrada ma'naviyat-ma'rifat ishlarini olib borilgan. Kafedra o‘qituvchilarining milliy goya xakidagi ilmiy saviyasini oshirish borasida muntazam ravishda yangi fikrlarni aytilib ilmiy, tarbiyaviy, mafkuraviy saviyani oshirishga da'vad etib kelinmoqda.

O‘quv yil davomida talabalar urtasida ma'naviy va ma'rifiy ishlar olib boriladi

  Samarqand Davlat tibbiyot instituti 30.08.2018y. №1092-u sonli Institutda “Mustaqiillik darsi” va “Ma'naviyat soati”ni yuqori saviyada tashkil etish xaqidagi buyrug‘i bo‘yicha xaftaning xar payshanba kunlari ma'naviyat soatlari o‘tkaziladi.

  Kafedrada student yoshlar bilan ishlash institut tomonidan tasdiklangan reja asosida olib boriladi. Xisobot yillarida kafedrada 2017-yil – «Xalk bilan mulokot va inson manfaatlari» yili, 2018-yil – «Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash» yili 2019 yilni «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish» yili, 2020-yil O'zbekistonda "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" yili davlat dasturlarida belgilangan vazifalar bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

KAFEDRANING ASOSIY FAOLIYATI


  Kafedrada o'quv jarayonini metodik ta'minlashga katta e'tibor beriladi. Kafedra xodimlari tomonidan barcha o'quv rejasi asosida ishchi o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Nazorat test topshiriqlari tayyorlanadi. O'quv materiali asosiy tish kasalliklari etiologiyasi va patogenezi bo'yicha zamonaviy qarashlarni aks ettiradi va ularni diagnostika qilish va davolashning zamonaviy usullarini o'z ichiga oladi. 2-kursda talabalar stomatologiyada ishlatiladigan vositalar va materiallarni o'rganadilar; 3-5 kurslar uchun - tishlarning qattiq to'qimalari kasalliklari, parodont va periodontal kasalliklar, shuningdek ortopedik tuzilmalar va materialshunoslik o'rganadilar.

Ortopedik stomatologiya fanidan dars jarayoni

  Amaliy mashqlar bemorni ergonomik sharoitda davolashga imkon beradigan stomatologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan stomatologiya poliklinikasida davolash xonalarida o'tkaziladi.

Terapevtik stomatologiya fanidan dars jarayoni

  

  Amaliy dars nazariy va amaliy qismdan iborat. Dars oxirida bajarilgan ishlarning qisqacha mazmuni umumlashtiriladi.

  • Darsning nazariy qismi - mavzu materialini o'rganish va bilimlarni o'zlashtirish darajasini baholash
  • Darsning amaliy qismi - unda o'qituvchi talabaning bemorni tekshiruvini qanchalik to'g'ri bajarishini nazorat qiladi va baholaydi, tashxis qo'yadi, profilaktika va terapevtik tadbirlar rejasini tuzadi.

  Innovatsion loyiha doirasida o'rganilayotgan fanlarning barcha bo'limlari bo'yicha talabalarning bilimlarini o'zlashtirish sifatini nazorat qilish uchun kafedra o'qituvchilari elektron o'quv-uslubiy taqdimotlar va ko'rgazmali materiallar: videofilmlar, albomlar, rentgenografiya va fotosuratlar, slaydlar, jadvallar tayyorladiylar.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


O‘quv uslubiy qo‘llanma

  1. Temir, uning tana tizimlarining ishlashidagi roli va og'iz shilliq qavatining shikastlanishi. Rizaev J.A., Norbutaev A.B.
  2. Surunkali parodontit temir tankisligi xolati bilankechganda parodont salomatligi indeksiga ta'sir kiluvchi omillar va ularni davolash xamda profilaktikasi. Norbutaev A.B., Rizaev J.A.
  3. Jangchi sportchilarda qon tomirlar endotelial hujayralari disfunktsiyasining belgilari. A.A. Ahmedov
  4. Jangovar sportchilarda mukozal to'siq holatini baholash. A.A.Ahmedov

O‘quv qo‘llanma

  1. Stomatolog qabulida shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish. Rizaev J.A., Norbutaev A.B., Xazratov A.I.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kafedrada iqtidorli studentlar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Studentlarimiz institutimizda va Respublikamizning tibbiy oliy o‘quv yurtlarida o‘tqaziladigan konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda. Jumladan institutimizda o‘tkaziladigan studentlar konferensiyasida 2 nafar studentimiz faxrli o‘rinni egalladilar. Shuningdek studentlarimiz kafedra xodimlari raxbarligida stomatologik olimpiyadalarda ishtirok etib kelmoqda.

2 kurs stomatologiya fakulteti talabalari amaliyot darsida

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning farmon, qaror va farmoishlari shuningdek, oliy ta'lim tizimida qabul qilgan normativ xuquqiy xujjatlar va topshiriqlarning mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot materiallari va mul'timediya mahsulotlarini tayyorlab tadbirlar o‘tkaziladi. Shuningdek nafaqat kafedra assistentlari uchun, balki barcha talabalarga yaqin va uzoqdan kelayotgan professor-o‘qituvchilarning ma'ruza va seminar mashg‘ulotlariga taklif etib birgalikda qatnashadilar.

  O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarni Sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasi O‘zbekiston Respublikasi shifokorning qasamyodi xaqida talabalar o‘rtasida suxbat olib boriladi. Ularga shifokor degan yuksak unvonni olib va unga sodiq qolishlarini keng manoda tushuntirib o‘tiladi. Suxbatdan keyin talabalarni qiziqarli va ommabop savollariga to‘liq va mazmunli javob beriladi.