×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Terapevtik stomatologiya kafedrasi

Zoyirov Tulqin Elnazarovich
Kafedra mudiri: dosent


Qabul vaqti: Dushanba – Chorshanba soat 16:00
Tel: +99898 573 90 92
E-mail: tulkin.zoyirov@mail.ru
Manzil: Shoxmurod 27 , 1- oraliq «Sam Denta Medik” klinikasi

KAFEDRA A’ZOLARI RO’YXATI


F.I.SH

Lavozimi

Zoyirov Tulqin Elnazarovich

Kafedra mudiri, prof

Absalamova Nigora Faxriddinovna

Assistent-o’qituvch

Muratova Saodat Kadirovna

Assistent-o’qituvch

Shukurova Nodira Tillaevna

Assistent-o’qituvch

Xolboyeva Nasiba Asrorovna

Stajer-assistant

Usmanov Parviz Raxmatullayevich

Stajer-assistant

Gulboyeva Zebo

Stajer-assistent

Elnazarov Azamat To’lqinovich

Stajer-assistent

Burxanova Z.K

Stajer-assistent

Ruziyeva K.A

Stajer-assistent

Rizayeva M.O

Stajer-assistant

Furkatov Sh.F

Stajer-assistant


KAFEDRA TARIXI


  Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Stomatologiya fakultetiga qarashli Terapevtik Stomatologiya kafedrasi 2017- yilning yanvar oyida tashkil topgan. 2017-2020 yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimida Isroilov Sulaymon Abduxalikovich faoliyat yuritgan. Usha yillarda kafdrada 10 ta assistent – o’qituvchi, 1 ta dosent faoliyat yuritgan.

(2017-2020 yy.)

  2020 - yilning sentabr oyidan buyon Terapevtik Stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimini dosent Zoyirov Tulqin Elnazarovich egallab kelmoqda. Shu yillarda kafedrada 1 ta dosent, 4 ta assistant-o’qituvchi, 4 ta stajer- assistant faoliyat olib borishadi.

  2021-- yilning sentabr oyidan Terapevtik Stomatologiya kafedra nomi bilan yuritila boshlandi. Kafedrasi mudiri lavozimini t.f.d. i.o.prof Zoyirov Tulqin Elnazarovich egallab kelmoqda. Shu yillarda kafedrada 1 ta i.o.professor, 3 ta assistant-o’qituvchi, 8 ta stajer- assistant faoliyat olib borishadi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Terapevtik stomatologiya kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo’lga qo’yilgan. Institut ma’naviyat-ma’rifat bo’limi tomonidan tuzilgan yillik ish reja asosida kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlari yillik ish rejasi tuzib chiqiladi va shu yillik ish reja asosida kafedra tomonidan ishlar olib boriladi. Rejada ko’rsatilgan davra suxbatlari tadbirlar kafedra professor oq’ituvchilari tomonidan o’z guruxlarida oyma-oy o’tkazib boriladi. Xozirda kafedrada ma’naviy-marifiy ishlarni kafedra murabbiy-o’qituvchilari bilan birgalikda yillik reja asosida olib borish yo’lga qo’yilgan. Bunga ko’ra Terapevtik stomatologiya kafedrasida kuratorlik guruhlarida xaftada bir marta, fakultet chiqargan dars jadvalidagi qo’yilgan TTA soatlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilmoqda.

  Talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejadagi qayd etilgan dolzarb mavzularda kafedra professor-o’qituvchilari nafaqat murabbiylik guruhlarida, balki kafedrada taxsil olayotgan talabalariga ham amaliy mashg’ulotlarni boshlashdan oldin 10-15 minut davomida yoritib borish yo’lga qo’yilgan.Shu maqsadda har yili kafedraga keladigan talabalariga o’quv yilini boshida barcha guruxlarda shaxsning ma’naviy kamolotini ta’minlash yunalishida «Talabaning ma’naviy qiyofasi» mavzusida va shaxsning axloqiy fazilatlaridan; xushaxloqlik, kamtarinlik, mehnatsevarlik, vijdonlilik, samimiylik, adolatlilik, mehribonlik, sahovatlilik, g’amxo’rlik kabi xislatlari xaqida tarbiyaviy suxbatlar olib borish odat tusiga kirgan.

Kafedrada “Ma’naviy va ma’rifiy” ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi:

  Respublikadagi reformalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish jarayonida ijod etish ishlari targ‘ibot etish;

  Talabalar orasida sog‘lom turmush tarzi falsafasini vujudga keltirish, shakllantirish;

  Talabalar orasida siyosiy-huquqiy madaniyatni yuksaltirish;

  Talabalarni o‘z vaqtida dunyoda va malakatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy va siyosiy va yaratuvchanlik ishlari haqida xabardor qilish;

  Talabalar orasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish;

  Talabalarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, turli ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga yo‘naltish;

  Talabalarimizni aziz-avliyolarimizning ibratli hayoti, qutlug‘ qadamjolariga boshqa diniy konfesiyalariga nisbatan hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash;

  Talabalar bo‘sh vaktini to‘g‘ri tashkillashtirish, o‘quv muassasasi yo‘nalishi va ixtisosligini e’tiborga olib, turli to‘garaklar tashkil qilish.

  O’quv yili davomida kursda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari kafedrada tasdiqlangan ish reja asosida olib boriladi. Unga asosan muntazam ravishda talabalar bilan tarbiyaviy mavzularda davra suhbatlari, turli xil uchrashuv-muloqotlar, bayram tadbirlari, hayriya tadbirlari, seminar-treninglar, sayohat va ekskursiyalar tashkil etiladi, video va kinofilmlar namoyishi bo’lib o’tadi.

  Tadbirlar turli mavzularni, jumladan, “Mustaqil O’zbekistonning baxtli farzandiman”, “O’zbekiston bunyodkorlik yo’lida”, “Yurtim taraqqiyotida mening hissam”, “Siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatimizni shakllantiramiz”, “Kiyinish madaniyati”, “Talabaning ma’naviy qiyofasi”, “Odob-axloq qoidalari”, “Zararli odatlarga qarshi kurashamiz”, “Sog’lom turmush tarzi – shiorimizdir”, “Diniy oqimlar, ularning asl maqsadlari va g’oyalari”, “Diniy ekstremizm va fundamentalizm hamda uning zararli oqibatlari”, “Ogohlik va hushyorlikka da’vat”, «Ajdodlarimizning boy ma’naviy-ilmiy merosini o’rganamiz», «Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish» kabi mavzularni, tarixiy muhim sanalarni nishonlashni o’z ichiga oladi.

  Kafedrada ma’naviyat burchagi mavjud bo’lib, u muntazam ravishda kitoblar, plakat, banner va disklar kabi ko’rgazmali targ’ibot vositalari bilan boyitib boriladi.

  Shu bilan birga o’quv yili davomida “Prezident asarlarini o’rganish”ga mo’ljallangan hamda mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimiz, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy islohotlar bo’yicha maxsus darslar o’tildi.

  Kafedra o’qituvchilari institutning jamoat ishlarida, turli tadbirlarda va sport musobaqalarida faol qatnashadilar.

  Barcha o’qituvchilar murabbiylik guruhlariga ega bo’lib, yillik reja asosida talabalar bilan ustoz-murabbiylik faoliyatini olib boradilar. Har oyda 2 marta guruhlarda «Axborot soati» o’tkaziladi, talabalar bilan teatr, kino, muzey va O’zbekistonning turli diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtiriladi.

  Bundan tashqari kafedrada murabbiylik ishi ham olib boriladi, buning uchun har yili yillik murabbiylik rejasi ishlab chiqiladiki, u bo`yicha guruhlarda doimiy ravishda muloqotlar o`tkaziladi hamda O`zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning asarlari va ma`naviy-ma`rifiy tabiatiga ega materiallar muhokama qilinadi.

  Kafedraga klinik ordinaturadan murabbiylik guruhlari biriktirilgan. Murabbiylik guruhlari bilan birga o`qituvchilar «Mustaqillik kuni», «Talabalar kuni», «Murabbiy va o`qituvchilar kuni», «Konstitutsiya kuni», «Navro`z», 8 mart, va boshqa bayramlarda ishtirok etadilar. Murabbiylik guruhlarida talabalarda yuqori ma`naviy-ma`rifiy sifatlarni, vatanparvarlik hissini, o`zaro xurmat va ishonchni shakllantirishga yo`naltirilgan suhbatlar o`tkaziladi. Talabalar tomonidan quyidagi mavzularga bag’ishlangan ma`ruzalar tayyorlangan: «Oila xuquqi va manbalari», «Konstitutsiya», «Terrorizm», «CHekish va narkomaniyaning zarari haqida», «Ezgulik va rahmdillik haqida», «SHifokor vazifalari» va boshqalar.

Axborot soatlari

  Kafedrada Prezident Farmonlari, Hukumat, Oliy o`quv yurtlari Vazirlari qarorlari, siyosiy hayot yangiliklari va shu kabilarni o`z ichiga olgan papka mavjud.

  Ushbu materiallar kafedra majlislarida, ma`ruza va amaliy mashg’ulotlarda faol muhokama qilinadi.


KAFEDRA FAOLIYATIDAN LAVHALAR





O’QUV-USLUBIY ISHLARI


ILMIY TADQIQOT ISHLARI