Epidemiologiya kafedrasi
Menu Close Menu

Epidemiologiya kafedrasi

UMRZOKOV ZOKIR BAHRIDDINOVICH

Epidemiologiya kafedrasi mudiri


Qabul vaqti: 08:00 dan 14:00 gacha
Tel: +998944445767
E-mail: Zokir_ya@inbox.ru
Manzil: Samarqand viloyati , Samarqand shahri
Beruniy ko’chasi 69-uy

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH Lavozimi
Umrzokov Zokir Bahriddinovich Assistent
Toshpo’latov Shavkat Abdurahimovich Dotsent
Samibaeva Umida Xurshidevna Assistent
Murodkosimov Saidolim Dotsent
Ermanov Rustam Temirovich Assistent
To’rakulov Javlon Sodiqvich Stajer assistent

KAFEDRA TARIXI


  1965 yildan 1958 yilgacha yuqumli kasalliklar kafedrasi tarkibida Epidemiologiya kursi bo’lgan va kurs rahbari N.B.Yugarova bo’lgan. 1958 yildan kurs boshlig’i vazifasini kurs rahbarlikni P.M.Lerner egallagan. Va 1974 yilda O’zbekiston SSV buyrug’I bilan yuqumli kasalliklardan ajralib chiqqan. Bu kursni T.F.D professor P.M.Lerner boshqargan. 1978 yil aprel oyidan Epidemiologiya kafedrasi tashkil qilinib professor P.M.Lerner boshqargan. 1967 yil noyabr oyidan Epidemiologiya kafedrasida D.Pak dos Lemilov assistant R.F.Jalolova, Z.L.Katkova, U.Z.Rahmatulin, Z.B.Kirasnin faoliyat yuritgan

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedrada murabbiylik ishlari ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Kafedrada murabbiylik ishlari institutda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Rejaga asosan Epidemiologiya kafedrasining professor-o’qituvchilari asosan pediatriya fakulteti 5-kurs va kasbiy ta’lim fakulteti 5 kurs talabalariga murabbiy etib tayinlangan.Kafedrada ma’naviy va marifiy va tarbiyaviy ishlar institute manaviyat bo’limi bilan kelishilgan rejaga asosan olib boriladi.Institutda o’tkazilgan tadbirlarda kafedra xodimlarning ishtiroki ta’minlangan.Xar haftaning payshanba kumida kafedrada xodimlar hamda talabalar ishtirokida ma’naviyat va marifat soatlari o’tkazilib boriladi. Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolalar holidan xabar olish ishlari davom ettirilmoqda. Prezident asarlari hamda nutqlari bilan kafedra xodimlari va talabalar tanishtirib boriladi.Murabbiylik ishlari ham kelishilgan rejaga asosan olib boriladi.Kafedra hodimlari kelgusida ham ko’tarinki ruhda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borishga tayyordirlar.

 2020 yilda sentabr oyida epidemiologiya kafedrasiga assistant Umrzokov Z.B mudirlik qilib kelmoqda.

  2020 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti rektori Riazyev J.A tashabbusi bilan Epidemiologiya kafedrasi Viloyat OITS ga qarshi kurashish markazida O’z ish faoliyatini boshladi. Xozirgi kunda Epidemiologiya kursida asosiy shtatlarda Samibaeva U.X (1.0 stavka ), Murodkosimov S (1.0 stavka ), Ermanov R.T (1.0 stavka ), Turakulov J.S (1.0 stavka ) faoliyat ko’rsatmoqdalar.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedradagi amaliy mashg’ulotlar va o’quv jarayoni amaliy ko’nikmalar, o’quv materiallari va ko’rgazmali qurollar bilan boyitilgan. Kafedradagi talabalar amaliy mashg’ulotlarni Samarqand viloyati Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bazasida o’tishadi.
  Kafedrada o’tilayotgan fanlar:
-Xarbiy epidemiologiya
-Klinik epidemiologiya
-Umumiy epidemiologiya
  Kafedrada quyidagi yo’nalishlarning talabalari dars o’tishadi:
-Davolash ishi;
-Pediatriya ishi;
-Kasbiy ta’lim;
-Stomatologiya;
-Oliy malakali hamshiralik ishi;

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  1959 yildan boshlanib P.Lerner rahbarligida boshlangan. Bunda Epidemiologiya dolzarb muammolari Gripp Bursellyoz Tfo-paratif kasalliklari epidemiyasiga qarshi chora tadbirlar ishlab chiqilgan.
  1980-yilda kurs kafedraga aylantirilib,tibbiyot fanlari doktori S.X.Vafokulov mudir etib tayinlangan. Kafedra xodimlari “Ichak yuqumli kasalliklari ,virusli gepatitlar va o’tkir isitma bilan kechadigan kasalliklarning etiologiyasi,patogenezi,klinikasi, tashxisini o’rganish “bo’yicha ilmiy izlanishlar olib boirmoqdalar.1986 yil professor S.X.Vafokulov jahon sog’liqni saqlash tashkilotining “O’tkir diareya “kasalliklarini o’rganish guruh rahbari Maykl Merson bilan birgalikda Respublikada ilk marotaba amaliyotga “Oral regitsatsiya”usulini tadbiq qilishdi.Xozirgi kunda bu usul Respublikamizning barcha shifoxonalarida dasturamal bo’lib qo’llanilib kelinmoqda. Respublika miqyosida birinchi marotaba “Bolalar orasida ichak iersiniozi kasalligi “,Rotavirusli infektsiya “, “Kampilobakterioz kasalligi”, tashxisini tashkil qilish yo’lga qo’yildi. 1980 yildan beri amaliyotga 400 dan ziyod ilmiy ishlar, 70 dan ortiq o’quv uslubiy tavsiyanomalar tadbiq qilingan.1 ta fan doktori 4 ta fan nomzodi tayyorlangan.1988 yil O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi buyrug’iga asosan yuqumli kasalliklar kafedrasi va yuqumli kasalliklar shifoxonasini birlashtirilib, “Yuqumli kasalliklar o’quv ilmiy davolash birlashmasi “tashkil etildi. 1997 yilning sentabrdan yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi, bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi birlashtirilib, “Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya” kafedrasi deb yuritila boshlandi. Kafedra mudir professor S.X.Vafokulov rahbarligida 2 ta nomzodlik ishi himoyaga tayyorlanmoqda. 2002-2007 yillar xalqaro tashkilotlar bilanm xamkorlikda “Ozbekistonda isitma bilan kechadigan kasalliklarni zamonaviy tekshirishusullari va ularni takomillashtirish” masalasi yuzasidan ilmiy-tadqiqaot ishlari olib borildi.
  Professor S.X.Vafokulov 1988 yildan Samarqand viloyati infektsiinistlar jamiyatini boshqarib kelmoqda. S.X.Vafokulovning bevosita yordami bilan Samarqand shahrida “Yuqumli kasalliklarning oldini olish va o’rganish” muassasalarida Xalqaro anjumanlar,konferensiyalar o’tkazildi. Unda Amerika, CHexiya, Polsha,Misr,Slovakiya,Rossiya olimlari qatnashdilar.Professor S.X.Vafokulov AQSH ning Atlanta shahrida, Qoxirada,Moskva,Sanktr-Peterburg,Nijniy-Novgorod,Kiyev,Riga,Tbilisi,Alma-Ata,Bishkek shaharlarda bo’lib o’tgan xalqaro simpoziumda qatnashgan va ma’ruza qilgan.

Vafaqulov.C.X

  2012-2014 SamTI “yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermatoveerologiya” kafedrasi mudiri vazifasida Yarmuhammedova Maxbuba Qudratovna tayinlangan. 1985 yildan SamMI “Bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasiga konkursdan o’tib ishga qabul qilingan. 1993 yil iyun oyida “Yuqumli kasalliklar “mutaxassisligi bo’yichha “znachenie irridodiagnostika pri virusnix gepatit A I B” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. Umumiy ish staji 39 yil, Samarqand Davlat tibbiyot instritutida ilmiy pedagogic ish staji- 35 yilni taahkil qiladi.
  2000-2012 yillar “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermatovenerologiya” kafedrasi dotsenti bo’lib ishlagan. Xozirgi kunga qadar 4 ta magistirlik ishiga rahbarlik qilgan . Yarmuhammedova M.K “Yuqumli kasalliklar “ bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog’liq xolda ilmiy izlanishlar olib boradi. Shu kunga qadar 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir, jumladan 45 ta o’quv qo’llanma, 72 ta o’quv-uslubiy qo’llanma yaratgan. Dotsent M.K.Yarmuhammedova yangi pedagogic texnologiyalardan foydalanib, institutda joriy qilingan kredit-modul o’qitish tizmi bo’yicha Pediatriya va Davolash fakultetlari beshinchi va oltinchi kurs talabalariga ma’ruzlarni zamonaviy yangi innovatsion texnologiyalar asosida o’qib kelmoqda. Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga dotsent M.K.Yarmuhammedova bemorlarga konsultativ yordam o’tkazmoqda. U institute va kafedra ma’naviy-ma;rifiy va tarbiyaviy ishlari bo’yicha umum jamoa ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Institut talabalari, bemorlarning ota-onalari va mahalla axolisi orasida dotsent M.K.Yarmuhammedova ma’naviy-targ’ibot ishlarni muztazam ravishda olib boryapdi.
  2013 yil kafedra tarkibiga dermatovenerologiya kafedrasi biriktirildi. Kafedra nomi “Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatovenerologiya” deb o’zgartirildi.2013 yildan boshlab xozirgi kungacha kafedra mudiri bo’lib dots. Yarmuhammedova N.A xisoblanadi. Ushbu davr mobaynida 200 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etildi, shulardan 43 tasi chet el jurnallarida nashr etilgan. Dotsent Yarmuhammedova N.A Moskva, Sankt-Peterburg,Ostona ,Istanbul, Bukovinada bo’lib o’tgan xalqaro simpoziumlar va konferensiyalarda ishtirok etdi. 2020 yilda kafedra tarkibidagi “Epidemiologioya” va “Dermatovenerologiya” kafedrasi ajralib chiqib, kafedra nomi “Yuqumli kasalliklar” kafedrasiga aylandi. 2020 yil sentabr oyidan boshlab Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti rektori Rizayev Jasur Alimjonvich tashabbusi bilan Epidemiologiya kafedrasi Samarqand viloyati “OITS ga qarshi kurash “ markazida o’z faoliyatini boshladi.

Yarmuxamedova.M.X

MURODKOSIMOV SAIDOLIM

  1979 yildan Samarqand Davlat Tibbiyot Institutining umumiy gigiena kafedrasida assistentlik lavozimida ish boshglagan. 1990 yil Rossiya davlatining “Moskva shaxridagi” Bolalar va o’smirlar gigienasi “ilmiy tekshirish institutida ishlab chiqarish sanoatidagi zararli gazlarni bolalar organizmiga ta’sirini gigienaga oid baholash mavzusida kondidantlik dessertatsiyasini ximoya qilgan.1991 yildan umumiy gigiena kafedrasida dotsentlik lavozimida 2009 yilgacha ishlagan.2009 yildan 2020 yilgacha viloyat OITS ga qarshi kurashishi markazida Epidemiologiya bo’limida vrach epidemiolog bo’lim mudiri bo’lib ishlagan.2020 yil 2 sentabrdan boshlab Epidemiologiya kafedrasi dotsenti bo’lib ishlab kelmoqda. 50 dan ortiq ilmiy maqola va 3 ta uslubiy qo’llanmalar chop etgan.