Tillаr kаfedrаsi
Menu Close Menu

Tillаr kаfedrаsi

Kafedra mu’diri: Filologiya fanlari nomzodi

Umida Aliyaskarovna Safarova


Qabul vaqti: Dushanba – Shanbasoat 8:30-16:00
Tel: +99891-550-05-42
E-mail: umidalolik@mail.ru
Manzil: Samarqand shahar Dahbed ko`chasi 41-uy (2- SamTI yotoqxonasi binosi)

KAFEDRA A’ZOLARI


F.I.SH Lavozimi
Babaeva D.X. f.f.n. o`qituvchi
Fomina M.A. o‘qituvchi
Raxmatova S.A. o‘qituvchi
Normuradova N.S. o‘qituvchi
Aytmuradova P.G. o‘qituvchi
Saidova K.I o‘qituvchi
Yorova S.K. o‘qituvchi
ErgashovaSh.U o‘qituvchi
Shodiqulova A.Z o‘qituvchi
Olimzoda P.O o‘qituvchi
Shamsiev Q.Q o‘qituvchi
Sharipov B.S o‘qituvchi
Maxmudov Z.M o‘qituvchi
Beknazarova M.K o‘qituvchi
NasreddinovaF.Sh o‘qituvchi
Qurbonova R.A o‘qituvchi
Raximova N o‘qituvchi
Axmedjanova B.J o‘qituvchi
Muxiddinzoda R o‘qituvchi
BozorovSh o‘qituvchi
Xayrullaev U o‘qituvchi
Muhammadqulova M.K o‘qituvchi
Nuralieva O.N o‘qituvchi
Gazieva Sh o‘qituvchi
Maxmudava S.A o‘qituvchi
Matyaqubova Sh o‘qituvchi

KAFEDRA TARIXI


  Samarqand Davlat meditsina institute (keying matnlarda – SamMI), « Chet tillar» kafedrasi 1946 yilda tashkil etilgan bo`lib lotin, o`zbek, ingliz, nemis va fransuz tillarda muntazam dars o`tila boshlangan.

Tillar kafedrasi turli yillarda qu’yidagi kishilar tomonidan boshqarib kelingan:

1. 1946-1949-yillarda O.K.Shmit
2. 1949-1951-yillarda N.G. Shvetsova
3. 1951-1952-yillarda O.A.Lapshina
4. 1952-1982-yillarda V.F.Gorbik
5. 1982-1992-yillarda filologiya fanlari nomzodi dosent A.E.Mamatov
6. 1993-1998- yillarda filologiya fanlari nomzodi dosent U.U.Usmonov
7. 1998-2000- yillarda filologiya fanlari nomzodi professor M.A.Xolbekov
8. 2000-2006- yillarda katta o`qituvchi X.T.Umarov
9. 2006-2011- yillarda G.D.Qo`ldosheva
10. 2011 -2014-yillarda filologiya fanlari nomzodi U.A.Safarova
11. 2015-2019- filologiya fanlari nomzodi . D.X. Babaeva
12. 2019-2020- yillarda Z.Sh. Nuritdinova

  2012-yilning noyabr oyidan chet tili va lotin tili kafedrasi bilan rus ,o`zbek tillari ,pedagogika va psixologiya kafedrasi birlashtirilib, «Tillar, pedagogika va psixologiya» kafedrasi deb nomlandi.

  2017- yilda chet tili va lotin tili kafedrasi bilan rus tili, o`zbek tillari, pedagogika va psixologiya kafedrasi alohida qilindi va kaferda «Tillar» kafedrasi deb nomlandi.

  2020-yilning sentabr oyidan «Tillar» kafedrasi mudirligiga U.A. Safarova saylandi.
  Xozirgi vaqtda kafedrada 2 ta fan nomzodi, 1 ta katta o`qituvchi, 23 ta o`qituvchi mavjud. Ulardan lotin tilidan 7 ta, nemis tilidan 1 ta, fransuz tilidan 2 ta, ingliz tilidan 22 ta o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  SamMI Tillar kafedrasida studentlarni madaniyatli va bilimli bo’lishlari uchun ko’tarinki ruhda tarbiyalash maqsadida 2020/2021 o‘quv yili rejasi tasdiqlangan va barcha tadbirlar ushbu reja asosida olib borilmoqda.
  Samarqand Davlat tibbiyot institute manaviyat bo’limi ko‘rsatmasiga binoan har payshanba (profilaktika) kuni ma’naviyat va ma’rifat soatini har xil tarbiyaviy mavzularda davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda, bayonnomalar to‘ldirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi 3898-sonli qaroriga asosan har juma, “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kunida muntazam ravishda ma’naviy -ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
  Kafedrada ma’naviy va ma’rifiy ruhda yaratilgan bannerlar mavjud bo‘lib, ular ham studentlar tarbiyasida ma’lum o‘rin tutmoqda. Samarqand shahridagi maktab, litsey va kollejlarda kafedra professor - o‘qituvchilari “Ma’naviyat -ma’rifat” darslarida, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ma’naviy - ma’rifiy tadbirlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
  Kafedra shaxsiy tarkibi yoshlarni Vatanga sadokat vatanparvarlik tarbiyasi bo’yicha ham belgilangan reja va yo’qori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmalar asosida ijtimoiy – siyosiy ishlarni amalga oshirib kelmokda.
  Professor-o’qituvchilar institut miqiyosida olib boriladigan tadbirlarda o’zlarining ta’lim tarbiyaga chaqiruvchi ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.
  Bu amalga oshiralayotgan ishlardan tashqari, Samarqand Davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan quyiladigan topshiriklar ham o’z vaqtida bajarilmoqda.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida o‘quv jarayonini tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan barcha hujjatlar (rektor buyrug‘i, kafedra boshlig‘i buyrug‘i va boshqalar) o‘z vaqtida rejalashtirilgan va o‘rnatilgan tartibda yuritilib kelinmoqda.
  Mashg‘ulotlar va tarbiyaviy ishlar hisobini yuritish jurnali yo‘riqnomaga asosan har bir guruhga ochilgan va o‘rnatilgan tartibda yuritilmoqda, undan tashqari institutdan berilgan professor - o‘qituvchi jurnali va guruh sardorining (starostaning) jurnali bir hilda yuritilishi ta’minlanmoqda, kamchiliklar yo‘q.
  O’quv uslubiy ishlar kafedraning uslubiy kengashlarida ko’rib chiqilib tasdiqlanadi.
Kafedrada o’zaro darslarga qatnashish, ochiq darslar o’tkazish, studentlarning mustaqil tayyorgarligi, o’quv xonalarini jixozlash, uslubiy va boshqa xujjatlarni o’rganish belgilangan reja asosida olib boriladi.

  SamMI Tillar kafedrasida 2020/2021 o‘quv yili ishchi o‘quvrejasi asosida dars mashg’ulotlar mt.sammi.uz saytida moodle tizimi asosida tashkillashtirilgan va olib borilmoqda. O‘quv ishlari barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘z ichiga oladi.
  Ma’ruza va ayrim amaliy mashg‘ulotlar videoproektorlar bilan o‘tiladi, o‘quv filmlari namoyish qilinadi, qolgan amaliy mashg‘ulotlar o‘qituvchilar tomonidan bevosita zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirib kelmoqda.   Amaliy mashg‘ulotlar tajribali, bilimli, yo’qori darajali sertifikatga ega, zamon talabiga mos mutaxassislari tomonidan o‘tilishita’minlanmoqda.
  SamMI studentlari bilimini baholash reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlab chiqilgan Tillar kafedra nizomiga binoan o‘quv mashg‘ulotlari 5 baholik tizimda baholanib, 100 ballik tizimga konvertatsiya qilinadi.
  Mustaqil tayyorgarlik kun tartibida ko‘rsatilgan bo‘lib, bevosita o‘qituvchilar nazorati ostida o‘tkazilib kelinmoqda va hisobi yuritilmoqda.
Tillar kafedra yig‘ilishlari va fan-uslubiy komissiyalarining yig‘ilishlari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda, unda ochiq mashg‘ulotlar, ma’ruzalar ko‘rib chiqilib, hisobi yuritilmoqda. Barcha mavzular bo‘yicha uslubiy ishlanmalar mavjud.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


Tillar kafedrasi professor-oʼqituvchilarining 2020 yildagi ilmiy-tadqiqot ishlari va nashr natijalari toʼgʼrisida maʼlumot

Xodimlar 23 nafar.
Ilmiy salohiyat -0,46%.
Yoqlangan dissertatsiyalar: 2 nafar.
Mavzusi tasdiqlangan dissertatsiyalar: 1 nafar
Ximoyaga tayyorlanayotgan dissertatsiyalar: 1 ta
Chop qilingan maqolalar va tezislar: jami – 64ta
shulardan:
Respublikada: 12 =ta (5ta maqolava 7ta tezis)
Xorijda: = 49ta (42ta maqolava 7ta tezis)
Scopus i Web of Science: =3 ta

TASHKILIY - USLUBIYISHLAR


  SamMI Tillar kafedrasida doimiy ravishda har payshanba, juma kunlari har bir til (ingliz, nemis, fransuz tillari) bo’yicha to’garaklar olib boriladi. Bundan tashqari iqtidorli talabalar bilan mustaqil shug’ullanish maqsadida, “Iqtidorli talabalar bilan ishlash to’garagi” tashkillashtirilgan. To’garak ishlaridan tashqari har yili bo’lib o’tadigan Respublika bosqichidagi fan olimpiyadalariga tayyorgarligi uchun har bir o’qituvchiga ikkita talabadan biriktiriladi.
  SamMI Tillar kafedrasida har yili aprel oyida Institut miqiyosida tillar bo’yicha fan olimpiyadasining birinchi bosqichi o’tkaziladi.