Gematologiya kafedrasi
Menu Close Menu

Gematologiya kafedrasi

Dadajanov Utkur Dadajanovich
Kafedra mudiri: Tibbiyot fanlari nomzodi, dosent


Qabul vaqti: Dushanba – Shanba soat 8:30 dan 14:30
Tel: +998915312762
E-mail: utkurdadajanov1947@mail.ru
Manzil: Samarqand shaxar, Mirzo Ulug’bek ko’chasi, 70 uy

Kafedra a'zolari


F.I.SH Lavozimi
Abdiyev Kattabek Maxmatovich Tibbiyot fanlari nomzodi, dosent
Madasheva Anajon Gazxonovna Katta o’qituvchi
Mamatqulova Feruza Xaydarovna O’qituvchi
Ruziboyeva Oyjamol Narzullayevna O’qituvchi
Uralov Rustam Sherbek o’g’li O’qituvchi
Шомирзаев Худоёр Махмудович O’rindosh o’qituvchi
Yigitov Akmal O’ktamovich O’rindosh o’qituvchi

KAFEDRA TARIXI


  Samarqand davlat tibbiyot instituti Gematologiya kafedrasi 1985 yil SamMI davolash fakulteti tarkibida Gematologiya kursi va labarotoriya ishi kursi tashkil qilingan. Kurs mudiri vasifasiga biokimyo kafedrasi dosenti А.M.Rasulov tayinlangan. Kurs asissentlari sifatida tanlov asosida Oʼ.D.Dadajonov, M.O.Аdilov va Y.G.Novikova saylangan.

  Kurs bazasi Samarqand viloyat shifoxonasini 60 oʼringa ochilgan gematologiya boʼlimi tanlangan. 1986 yilda kurs ichki kasalliklar propadevtikasi kafedrasi tarkibiga qoʼshilgan. 1987 yil kafedrani yiriklashtirish maqsadida kurs qisqartirilgan. 1989 yilda kurs qayta tiklangan. Kurs mudiri vasifasiga Oʼ.D.Dadajonov tayinlangan va tanlov boʼyicha tayinlangan. Tanlov boʼyicha assistentlar: t.f.n. Аbdiev.K.M, Yigitov.А.Oʼ, F.T.Yusupova saylangan. 1996 yilda yana kafedralarni yiriklashtirish maqsadida kurs faoliyati toʼxtatilgan. 1999 yilning mart oyida gematologiya kursi pediatriya fakulteti tarkibida yana ochilgan. Kurs mudiri vazifasiga dotsent Oʼ.D.Dadajonov tayinlangan. Kurs assisentlari vazifasiga tanlov boʼyicha t.f.n. А.M.Аbdiev, O.G.Madasheva saylangan. Bu davrda ilmiy ishlar yoʼnalishi “Gemorragik mikrotrombovaskulitni etiopatogenezi anʼanaviy va noaʼnanaviy davolash usullari” mavzusi boʼlgan. Bu davrda kurs xodimlari 70 ta ilmiy maqola,3 ta ratsionalizatorlik taklifi, 2 ta ixtiroga patent olingan va 6 ta oʼquv uslubiy tavsiyanoma chop etgan.

  Kursda “Klinik gematologiya va transfuzologiya” mutaxassisligi boʼyicha 12 ta vrach klinik ordinatorlar bitirgan. Ular Oʼzbekiston Respublikasining turli tibbiyot muassasalarida ishlamoqdalar.

  Oʼquv xonalarni sanitar gigienik xolatini yaxshilash maqsadida 2015 yilda gematologiya kursi SamMI №1 klinikasini terapiya boʼlimiga oʼtkazildi, bu yerda 15 ta oʼringa moʼljallangan gemotologiya boʼlimi, 5 ta oʼquv xonasi, maʼruza zali ajratildi. Ekstrakorporal qon tozzalash xonasi ochildi. Hozirga vaqtda SamMI rektori professor Rizaev J.А tashabbusi bilan gematologiya kursi gematologiya kafedrasiga aylantirildi. Samarqand viloyat tibbiyot markazi qoshidagi gematologiya markazida 3 ta oʼquv xonasi ajratildi, gematologiya va harbiy dala terapiyasi boʼyicha oʼzbek tilida ( lotin alifbosida), rus va ingliz tilida ( chet el studentlari uchun), davolash pediatriya, tibbiy pedagogika fakultetlari III, IV kurslari uchun maxsus platforma modul yaratildi.
  Kurs kafedraga aylantirilgani munosabati bilan kafedra safiga ; stajyor assistentlar-magistr terapevtlar ;Uralov.R.Sh va Ruziboeva O.N 0,5 stavkaga shuningdek oliy toifali gematologlar Yigitov.А.U va Shomirzaev.X.M 0,5 stavkaga oʼrindosh sifatida qabul qilindi.

Gematalogiya kursi xodimlari vazifalarini taqsimlanishi :

1. Dadajonov Oʼtkur Dadajonovich 1947-yilda tugʼilgan T.F.N dotsent oliy toifali gematolog kafedra- mudiri umumiy raxbarlik 1 stavka.
2. Аbdiev Kattabek Maxmatovich 1958-yilda tugʼilgan T.F.N dotsent oliy toifali gematolog davolash ishlari va maьrifat tarbiyaviy ishlarga masʼul 1 stavka
3. Madasheva Аnajan Gasxanovna 1964-yilda tugʼilgan katta oʼqtuvchi oʼquv ishlar va TIJ ga masʼul 1 stavka
4. Mamatqulova Feruza Xaydarovna 1974-yilda tugʼilgan, assistent- oʼquv ishlar boʼyicha masʼul 1 stavka
5. Uralov Rustam Sherbekovich 1990-yilda tugʼilgan magistr-terapevt stajyor assistent 0,5 stavka kafedra moderatori.
6. Ruziboeva Oyjamol Narzullaevna 1985-yilda tugʼilgan magistr-tarapevt stajyor assistent 0,5 stavka
7. Dadajanov Oʼktam Utkirovich 1979-yilda tugʼilgan uslubiy kabinet mudiri, 1 stavka.

2020-2021 o’quv yilida byudjet asosida 2 ta magistr qabul qilingan.

1. Omonov Sharof Аnvar Oʼgʼli 1-kurs
2. Mustafoev Sirojiddin Erkin oʼgʼli 1-kurs
Shuningdek byudjet asosida 1ta, shartnoma asosida 2 ta klinik ordinatorlar qabul qilindi.
3. Kafedrada 2-kurs klinik ordinator Yusupova Shaxnoza Ximmatovna oʼqitilmoqda.

  Kafedrani ilmiy yoʼnalishi mavzusi: ”Nasliy va orttirilgan gemorragik diatezlar etiologiyasi patogenezi tashxisi davolash profilaktikasi“.

  Katta oʼqituvchi Madasheva.А.G aspiranturani tugatib falsafa fanlari doktori unvonini olish uchun: «Клинико-функциональные особенностипатологии мышечной системы у больных гемофилией А и В и пути её коррекции» mavzusida dissertatsiyasini tugatish arafasida turibdi.

Gematologiya kafedrasi mudiri Dadajonov Oʼtkir Dadajonovich, 1947 yilda tugʼilgan. Kurs va kafedra tashkilotchisi. Millati tojik, partiyasiz, oliy toifali gematolog, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. SamDTIni 1971 yilda bitirgan. Birlamchi ixtisoslashtirishni “Gematologiya va tranfuzologiya” kafedrasida 1972 yilda oʼtgan. Keyinchalik Moskva va Leningrad shaharlaridagi tibbiyot akademiyasini “Gematologiya va transfuzologiya” kafedralarida mahoratini oshirgan. U 100 dan ortiq ilmiy maqola, 3 ta ratsionalizatorlik taklifi va 3 ta ixtiroga patent olgan. Sobiq SSSR mudofaa aʼlochisi va Oʼzbekiston Respublikasining tibbiyot aʼlochisi nishonlari, Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi medali, Respublika tibbiyot xodimlari kasaba uyushmasi, Samarqand viloyati hokimiyati, SamMI rektori faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  2019-2020 o’quv yili ochilishi bilan bo’lgan yig’ilish. Yig’ilishni professor E.S. Toirov olib bordi. 1-Ichki kasalliklar kafedrasi, Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi, Gematologiya kursi xodimlari va 3- 5 kurs talabalari qatnashdi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga bag’ishlangan “Axborot soati” va mustaqillik darsi. 1-Ichki kasalliklar kafedrasi, Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi, Gematologiya kursi xodimlari va 3- 5 kurs talabalari qatnashdi.

Gematologiya kursi xodimlari va 5 kurs davolash fakulteti talabalari “Ma’naviyat va ma’rifat soati”da

Gematologiya kursi dosenti K.M. Abdiyev davolash fakulteti 5 kurs talabalari bilan ochiq dasr. Mavzu: “O’tkir va surunkali leykozlar”. 2019 yil 19-oktyabr

5-kurs talabalari bilan ochiq dars

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


Ilmiy ishlar

Monografiya, o’quv qo’llanma, uslubiy tavsiyanoma.

Mualliflar

1

Gemorragik sindromni qiyosiy tashxislash

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari V-VI kurs uchun o’quv uslubiy qo’llanma. Samarqand 2014 yil. 43 bet.

U.D. Dadajanov,
M.Sh. Fazliyev

2

Yarador va jaroxatlanganlarda ichki a’zolar kasalliklari

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari magistr va klinik ordinatorlarning auditoriyadan tashqari foydalanishi uchun o’quv uslubiy tavsiyanoma. Samarqand 2019 yil. 20 bet.

U.D. Dadajanov,
A.G. Madasheva,
F.X. Mamatqulova

3

Tilning anomaliyalari va mustaqil kasalliklari. Surunkali qaytalanadigan aftozli stomatit va uning turli shakllari, klinikasi, qiyosiy tashxisi, davolash

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari magistr va klinik ordinatorlarning auditoriyadan tashqari foydalanishi uchun o’quv uslubiy tavsiyanoma. Samarqand 2019 yil. 20 bet.

U.D. Dadajanov,
A.G. Madasheva,
U.U. Dadajanov

4

Xeylitlar

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari magistr va klinik ordinatorlarning auditoriyadan tashqari foydalanishi uchun o’quv uslubiy tavsiyanoma. Samarqand 2019 yil. 12 bet.

A.G. Madasheva,
U.D. Dadajanov,
F.X. Mamatqulova

5

Og’iz bo’shlig’I shilliq qavatlarining me’da-ichak trakti, yurak qon-tomir kasalliklarida o’zgarishlari va lablar qizil xoshiyasi shilliq qavatlarining saraton oldi kasalliklari.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari magistr va klinik ordinatorlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma. Samarqand 2019 yil. 20 bet.

U.D. Dadajanov,
A.G. Madasheva,
U.U. Dadajanov

6

Og’iz bo’shlig’I shilliq qavatining endokrin tizimi, biriktiruvchi to’qimaning, qon yaratish tizimi kasalliklarida o’zgarishlari.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari magistr va klinik ordinatorlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma. Samarqand 2019 yil. 16 bet.

U.D. Dadajanov,
A.G. Madasheva,
U.U. Dadajanov

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Katta oʼqituvchi Madasheva.А.G aspiranturanii tugatib falsafa fanlari doktori unvonini olish uchun «Клинико-функциональные особенности патологии мышечной системы у больных гемофилией А и В и пути её коррекции» mavzusida dissertatsiyasini tugatish arafasida turibdi.