Gistologiya, embriologiya vа sitologiya kаfedrаsi
Menu Close Menu

Gistologiya, embriologiya vа sitologiya kаfedrаsi

Oripov Firdavs
Tibbiyot fanlari doktori, dotsent


Qabul vaqti: Har kuni soat 13:00 dan 15:00 gacha
Теl: +99891 541 04 35
E-mail: firdavs.oripov1809@gmail.com
Manzil: SamMI 1 klinkasi, Morfologiya korpusi 3 qavat

KAFEDRA A’ZOLARI RO’YXATI


F.I.SH Lavozimi
Oripov Firdavs Kafedra mudiri, t.f.d., dotsent
Dexkanov Tashpulat Kafedra professori
Blinova Sofya Kafedra professori
Boykuziev Xayitboy T.f.n.,assistent
Dexqonova Nilufar Katta o‘qituvchi
YUldasheva Nilufar Assistent
Ismailova Nodira Assistent
SHodiyarova Dilfuza Stajyor assistent
Djurakulov Bunyod Stajyor assistent
Raxmanova Xabiba Stajyor assistent
Xatamova Gulzoda Stajyor assistent
Xamraev Akbar Tayanch doktorant

KAFEDRA TARIXI


Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi 1930 yilda tashkil etilgan.
Kafedra mudirlari:
Prof: Semyonov Grigoriy Mixaylovich -1930-1937yy
Prof: Averburg Vsiyamin Vasilevich -1938-1946 yy
Prof: Raxmatulin Zikrullo Xayrulinovich -1947-1971 yy
Dots: Tilyaev Abdullo Tilyaevich -1971-1973 yy
Prof: Turdiev Latif O‘roqovich -1974-1995 yy
Prof: Dehqonov Toshpo‘lat Dehqonovich -1995-2011 yy
T.f.d. dots: Oripov Firdavs Suratovich -2012 yildan xozirgi kungacha.
Kafedra faoliyati davomida 7 ta doktorlik, 26 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan, 6 ta monografiya, 120 dan ortiq o‘quv va ilmiy uslubiy tavsiyanomalar, 900 dan ortiq ilmiy maqolalar, 36 ta ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqilgan.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

  Samarqand davlat meditsina instituti GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA VA EMBRIOLOGIYA kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar institut YOshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan ish rejasi va har xafta institutda bo‘lib o‘tadigan ma’naviyat soatidagi «Axborot soati materiallari»ga asosan ish olib borildi.
  O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami eng buyuk, eng aziz qadriyat sifatida mamlakatimizda har yili butun xalqimiz tomonidan o‘zgacha bir ko‘tarinkilik, samimiylik hamda kelajakka ishonch ruhida nishonlanmokda. Bu jamiyatimizning barcha jabhalarida olib borilayotgan islohotlar natijalarining vatandoshlarimiz turmush tarziga chuqur singib borilayotganligi, ular qalbida Vatanimizning bugungi hayoti, ertangi taqdiriga dahldorlik tuyg‘usi yuksalib borayotganining yaqqol ifodasidir.
  O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish borasida institutning barcha xududlarida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bayram shodyonalarini kungildagidek nishonlash uchun talaba-yoshlarga barcha shart-sharoitlar yaratilib berildi. Talabalar bilan olib boriladigan tadbir yigilishlar. Kafedra xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumidan oldin murabbiylik guruxi talabalari bilan ularning ijaradagi, yotoqxonalardagi turar joylari, ijara uy egalari bilan tanishib, uylaridagi yashash sharoitlarini kurib, tanishib amaliy yordam berish niyatida tashrif buyurishdi. Murabbiylik guruxlari bilan is gazidan zaxarlanish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Talabalar bilan olib boriladigan tadbir yigilishlar.

  Kafedra xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumidan oldin murabbiylik guruxi talabalari bilan ularning ijaradagi, yotoqxonalardagi turar joylari, ijara uy egalari bilan tanishib, uylaridagi yashash sharoitlarini kurib, tanishib amaliy yordam berish niyatida tashrif buyurishdi. Murabbiylik guruxlari bilan is gazidan zaxarlanish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

  Kafedra xodimlari Samarqand shaxridagi birinchi sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurishib, u erda istiqomat qiladigan bolalar bilan mehr ulashishdi, va sovg‘alar tarqatishdi.

“MEHR ULASHING” --- 1-son mehribonlik uyi.

8 dekabr – Konstitutsiya kuni

  1-oktyabr “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan kafedrada “Ustozlarni qadrlaymiz” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda kafedrada faoliyat yuritayotgan professorlar, ustozlar, talabalar ishtirok etdi. Talabalarimiz ushbu bayram bilan o‘z ustozlarini tabrikladilar va ular uchun turli xil ko‘ngil ochar dasturlarni taqdim etdilar.

  «8-mart xalkaro xotin-kizlar bayrami»ga bag‘ishlanib yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda kafedra va bo‘lim xodimlari xamda guruh talabalari ishtirok etishdi. Kafedra katta o‘kituvchisi ass. Dehkanova N.T. yig‘ilishda ishtirok etayotgan barcha xotin qizlarni 8 mart xotin-qizlar bayrami bilan qizg‘in qutladi. SHundan so‘ng so‘zga kafedraning ma’naviyat va ma’rifat ishlari buyicha mas’ul xodimi assistent YUldasheva N. B. so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston xotin qizlarini bayram bilan tabriklagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
  Kafedradagi xar bir assistent xar kuni ertalab o‘zlari dars o‘tayotgan guruhlariga 5-10 daqiqalik yangiliklar bilan tanishtirib, shu bilan birgalikda talabalar o‘rtasida milliy g‘oyani targ‘ib qilib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari bilan tanishtirish ishlarini olib borishdi.


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


Muallifning ismi sharifi

Nomi Ishning xususiyati (darslik, monografiya, ishlar to‘plami, o‘quv qo‘llanmasi)

O'quv va ilmiy adabiyot turi (darslik, monografiya, o'quv qo'llanma yoki tavsiya)

Qayerda va qachon nashr qilingan

1

Shamsiev A.M. Oripov F.S.

Morfologiya immunoneyroendokrinnыx struktur toshey kishki u eksperimentalnix jivotnix Morfologiya Toshkent-“O‘zbekiston”-2020
2

Dexkanov T.D. Xusanov E.U. Raxmonov Z.M

YOnbosh ichak neyroendokrin sistemasining ontogenezi va reaktiv o‘zgarishlari Morfologiya Samarqand - 2020
3

Blinova S.A. Xamidova F.M

Strukturnыe komponentы gortani i uyo endokrinnыy apparat pri eksperimentalnom laringite Morfologiya Samarqand - 2020
4 S.A.Blinova, T.D.Dexkanov, F.S.Oripov, N.B.YUldasheva. Normalnыy i patologicheskiy embriogenez litsa i rotovoy polosti O‘quv uslubiy tavsiyanoma. Samarqand - 2020
5 S.A.Blinova, F.S.Oripov, Z.E.Jumanov, N.B.YUldasheva. YUz va og‘iz bo‘shlig‘ining normal va patologik embriogenezi O‘quv uslubiy tavsiyanoma. Samarqand - 2020
6 S.A.Blinova, F.S.Oripov, N.B.YUldasheva. Umumiy gistologiyadan amaliy mashg’ulotlarga mustaqil tayyorlanish uchun gistologik preparatlar diagnostikasidan o’quv-uslubiy tavsiyanoma. O‘quv uslubiy tavsiyanoma. Samarqand - 2020
7 Boyqo‘ziev X.X., Bobojonov SH.SH., Dehqonova N.T., Xamraev A.X., YUldasheva N.B., Djurakulov B Embriologiyadan mustakil uzlashtirish uchun ukuv – uslubiy tavsiyanoma O‘quv uslubiy tavsiyanoma. Samarqand - 2020
8 Boyqo‘ziev X.X., Dehqonova N.T., Xamraev A.X., Djurakulov B Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiy biologik fanlarni ukitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish O‘quv uslubiy tavsiyanoma. Samarqand - 2019
9 Oripov Firdavs Sur’atovich Nekotorыe innovatsionnыe metodы izucheniya morfologii toщey kishki v rannix srokax ontogeneza O‘quv uslubiy qo’llanma Samarqand - 2018

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Hozirgi davrda kafedra jamoasida 2 ta t.f.d., professor, 1 ta t.f.d., dosent, 1 ta t.f.n., 1 ta katta o`qituvchi, 6 ta assistent va 1 tayanch doktorant ishlamoqda. Kafedrada kafedra mudiri boshchiligida va professorlar T.D.Dehqonov xamda S.A.Blinovalarning bevosita ishtirokida “Hazm nayi va nafas olish tizimi a’zolari immun, nerv va endokrin boshqarilishining morfologik asoslari” ilmiy yo’nalishi bo’yicha tanlangan mavzular asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra xodimlari ilmiy raxbarligida quyidagi nomzodlik (PhD) va doktorlik (DSc) dissertatsiyalari buyicha ilmiy mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
1. “Postreproduksion davrda ingichka ichak neyroendokrin tuzilmalar morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiyasi”. Mustaqil izlanuvchi F.I.Xolxujaev, ilmiy rahbar t.f.d., dotsent F.S.Oripov.
2. “O‘t pufagi mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘lmagan sut emizuvchilarda fater so‘rg‘ichi va jigarning qiyosiy morfologiyasi”. Mustaqil izlanuvchi Z.M.Raxmonov, ilmiy rahbar t.f.d., dotsent F.S.Oripov.
3. “O‘t pufagi nerv apparatining orqa miya va charvi nerv tugunlari orasidagi innervatsiya aloqalarning morfologik asoslari”. Mustaqil izlanuvchi X.N.Raxmonova, ilmiy rahbar t.f.d., professor T.D.Dexqonov.
4. “Qizilo‘ngach intramural nerv apparatining morfologiyasi va eksperimental jigar sirrozi hamda pestitsid ta’siridagi reaktiv o‘zgarishlari”. Tayanch doktorant A.X.Xamraev, ilmiy rahbar t.f.d., dotsent F.S.Oripov.
5. “Eksperimental jigar sirroze sharoitida to‘g‘ri ichak intramural nerv, diffuz endokrin va immun appparatlarning morfologiyasi”. Mustaqil izlanuvchi A.R.Mamataliev, ilmiy rahbar t.f.d., dotsent F.S.Oripov.
6. “Ingichka ichak nerv va endokrin apparatining postnatal ontogenezdagi morfologiyasi va eksperimental xolestaz holatidagi xususiyatlari”. Mustaqil izlanuvchi B.I.Djurakulov, ilmiy rahbar t.f.d., dotsent F.S.Oripov.

Kafedra faoliyati davomida 7 ta doktorlik, 26 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan, 6 ta monografiya, 120 dan ortiq o‘quv va ilmiy uslubiy tavsiyanomalar, 900 dan ortiq ilmiy maqolalar, 36 ta ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqilgan. Jumladan 2020 yilda 3 ta monografiya, 46 ta ilmiy ilmiy maqolalar (4ta Scopus jurnallarida), 30 tadan ortiq tezislar chop etilib, 2 ta EXM dastur va 3 ta ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqilgan.