×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Yuqumli kаsаlliklаr kаfedrаsi

Yarmuxammedova Nargiza Anvarovna
Yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, t.f.n, dotsent


Qabul vaqti: 08:00 dan 14:00 gacha
Теl: +998902827950
E-mail: nargiza_ya@inbox.ru
Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Dahbet ko'chasi 97-uy.

KAFEDRA A`ZOLARI RO'YXATI


F.I.O Lavozimi
Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna T.f.n., dotsent
Yarmuxamedova Maxbuba Kudratovna T.f.n., dotsent
Orzikulov A'zam Orzikulovich T.f.n.
Tashpulatov Shavkat Abduraximovich T.f.n.
Mustayeva Guliston Buribayevna Assistent
Jurayev Shavkat Abdulvoxidovich Assistent
Karamatullayeva Zebo Erkinovna Assistent
Matyakubova Firuza Egamovna Assistent
Rabbimova Nodira Toshtemirovna Assistent
Rustamova Shaxlo Abduxakimovna Assistent
Tirkashev Otabek Saidovich Assistent
Yakubova Nigina Sadriddinovna Assistent
Shodiyeva Dilafruz Abdujalolovna Assistent
Baxriyeva Zebo Jalolidinovna Assistent
Djumayeva Nasiba Sobirovna Assistent
Djurayeva Kamola Stanislavovna Assistent
Achilova Matlyuba Mirxamzayevna Assistent
Uzakova Gavxar Zakirovna Assistent
Voseyeva Dilafruz Xusenovna Assistent stajyor

Kafedra professor-o’qituvchilari


YUQUMLI KASALLIKLAR KAFEDRA TARIXI


  Yuqumli kasalliklar kafedrasi 1933 yil Samarqand tibbiyot instituti qoshida tashkil qilingan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Alisov A. A. ushbu kafedrani 1933-1938 yillarda boshkargan. Bu davrda kafedra xodimlari tomonidan 14 ta ilmiy ish, 1 ta monografiya chop etilgan, xamda 1 ta fan nomzodligi yoqlangan. Usha yillarda I. P. Blank, I. A. Kusayev, M. N. Vindman, M. M. Bundje tomonidan yuqumli kasalliklar mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. I. P. Blank 1932-1935 yillar davomida «Ich terlatmaning o’ziga xos kechish xususiyatlari» mavzusini yoritib berdi.

Алисов А.А.

  1938 yildan 1949 yilgacha «Yuqumli kasalliklar» kafedrasida dotsent Kusayev I. A. mudirlik qildi. Bu davrda xodimlar tomonidan 20 ta ilmiy ish yozilib, 2 ta tibbiyot fanlari nomzodligi yoqlandi. Ushbu yillar davomida kafedra xodimlari «Qorin tifining davosi va bug’ma kasalligining kechish xususiyatlarini» chuqur va mukammal o’rganishdi.

Рагоза Н.И.

    Ikkinchi jahon urushi vaqtiga kelib, Lelingradda joylashgan Harbiy tibbiyot Akademiyasi buyruq asosida Samarqand shahriga evakuatsiya qilindi. Akademiyada faoliyat yurituvchi mutaxassis Ragoza Nikolay Ivanovich shu munosabat bilan Samarqand yuqumli kasalliklar kafedrasida mehnat faoliyatini davom ettirdi. Ragoza N.I. infektsionist mutaxassis sifatida epidemik o’choqlarda qorin tifi bo’yicha ishlarni olib bordi. Natijada 2 tomdan tashkil topgan «Qorin tifi» to’plamini ishlab chiqardi. Ragoza N.I. ning ko’pgina maqola, ma'ruza va to’plamlari dizenteriya va brutsellezga bag’ishlangan. Ragoza N.I. turli xil sohalarda terapevt-infektsionist va pedagog sifatida faoliyat yuritgan katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

  1949-1951 yillar davomida kafedrani O’zbekiston Respublikasi FA si, Rossiya FA si muxbir a'zosi, O’zbekiston Respublikasi va Qoraqolpog’iston avtonom Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor I. K. Musabayev boshqargan. U kishining 400 ga yaqin ilmiy ishlari nashr qilindi. 17 ta doktorlik hamda 85 ta nomzodlik ishlariga rahbarlik qilgan. Bu davrda kafedrada N. P. Grishko, M. N. Vidman, X. Z.

Тошпулатов А.А

  Kafedraga 1953 yildan 1957 yilgacha F. A. Dyakovskiy mudirlik qildi. 1959 yildan 1960 yilgacha kafedrani P. A. Alekseyev boshqardi.1961-1985 yillar davomida kafedraga professor Toshpo'latov Abdurahim Azizovich mudirlik lavozimida faoliyat yuritdi. Toshpo'latov Abdurahim Azizovich SSSRning "Faxriy nishoni" ordeni, O'zbekiston SSR Oliy Kengashining diplomlari, "Mehnat faxriysi" medallari, hukumatning faxriy nishonlari bilan taqdirlangan. Toshpo’latov A.A. rahbarligida bu davrda kafedra xodimlari Respublikamizning turli mintaqalarida keng ko'lamli pedagogik, tibbiy va konsalting ishlarini olib bordilar. «Ichburug’ kasalligining patogenezi, klinikasi, davolash va epidemiologiyasi hamda boshqa parazitar invaziyalar bilan asoratlanishi» masalalari bilan shug’ullandilar. Toshpo'latov A.A. boshchiligidagi ilmiy-tadqiqot ishlari parazitar invaziyalar murakkab bo'lgan davrda dizenteriya kasalligi epidemiologiyasi, patogenezi, davolash masalalari bilan bog'liq edi. Bu kasallik 60-80-yillarda juda muhim edi. Klinitsistlar orasida birinchilardan bo'lib A.A.Toshpo'latov jiardiyazning klinik shakllari tasnifini ishlab chiqdi, gepatobilliar tizim va ichak lyambliyalari klinik ko'rinishini tahlil qildi, lyambliyalar shartli ravishda patogen ichak paraziti ekanligini aniqladi. Toshpo'latov A.A.ning ilmiy ishlarida, bugungi kunda nafaqat yuqumli kasalliklar mutaxassisi balki boshqa mutaxassislik shifokorlari uchun ham sog'liqni saqlashda katta amaliy ahamiyatga ega bo'lgan jiardiaz invaziyasining ahamiyati ko'rsatib berildi. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari 3 ta doktorlik, 7 ta dissertatsiya va 2 ta monografiyani himoya qilish uchun asos bo'ldi. A. A. Toshpo'latov rahbarligida 181 ta ilmiy ish chop etildi, 2ta monografiya yozildi hamda 4 ta fan nomzodligi yoqlandi.

Бурхонов Э.С.

  1974 yilda esa 2-bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida aloxida bolalar yuqumli kasalliklari kursi tashkil kilinib, kurs mudiri kilib, dotsent E. S. Burxonov tayinlandi. Bu kurs tarkibida S. X. Abdullayev, A. X. Tursunov, L. Sh. Mukumov, U. O. Ochilov, G. X. Alimova, S. A. Axmedova, R. M. Rasulov, S. U. Umarova, M. Z. Xasanova, A. O. Orzikulovlar ishladilar.

  1980 yilda kurs kafedraga aylantirilib, tibbiyot fanlari doktori S. X. Vafokulov mudir qilib tayinlandi. Kafedra xodimlari «Ichak yuqumli kasalliklari, virusli gepatitlar va o’tkir isitma bilan kechadigan kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisini o’rganish» bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. 1986 yil professor S. X. Vafokulov Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotining «O’tkir diareya» kasalliklarini o’rganish guruhi rahbari Maykl Merson bilan birgalikda Respublikada ilk marotaba amaliyotga «Oral regidratatsiya» usulini tatbiq qilishdi.

  Xozirgi kunda bu usul Respublikamizning barcha shifoxonalarida dasturamal sifatida qo’llanilib kelinmoqda. Respublika miqyosida birinchi marotaba «Bolalar orasida ichak iyersiniozi kasalligi», «Rotavirusli infektsiya», «Kampilobakterioz kasalligi» tashxisini tashkil qilish yo’lga qo’yildi. 1980 yildan beri amaliyotga 400 dan ziyod ilmiy ishlar, 70 dan ortiq o’quv uslubiy tavsiyanomalar tatbiq qilingan. 1 ta fan doktori 4 ta fan nomzodi tayyorlangan. 1988 yil O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi buyrug’iga asosan yuqumli kasalliklar kafedrasi va yuqumli kasalliklar shifoxonasi birlashtirilib, «Yuqumli kasalliklar o’quv ilmiy davolash birlashmasi» tashkil etildi. 1997 yilning sentyabridan yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi, bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi birlashtirilib, «Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya» kafedrasi deb yuritila boshlandi.   Kafedra mudiri professor S. X. Vafokulov raxbarligida 2 ta nomzodlik ishi ximoyaga tayyorlanmoqda. 2002 - 2007 yilar xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda «O’zbekistonda isitma bilan kechadigan kasalliklarni zamonoviy tekshirish usullari va ularni takomillashtirish» masalasi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Professor S. X. Vafokulov 1988 yildan Samarqand viloyati infektsionistlar jamiyatini boshqarib kelmoqda. S. X. Vafokulovning bevosita yordami bilan Samarqand shaxrida «Yuqumli kasaliklarning oldini olish va o’rganish» muassasalarida Xalqaro anjumanlar, konferentsiyalar o’tkazildi. Unda Amerika, Chexiya, Polьsha, Misr, Slovakiya, Rossiya olimlari qatnashdilar. Professor S. X. Vafokulov AKSh ning Atlanta shaxrida, Koxirada, Moskva, Sankt – Peterburg, Nijniy – Novgorod, Kiyev, Riga, Tbilisi, Alma – Ata, Bishkek shaharlarda bo’lib o’tgan xalqaro simpoziumida qatnashgan va ma'ruza qilgan.

M.K.Yarmuxamedova

  2012-2014 SamTI “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermatoveyerologiya” kafedrasi mudiri vazifasida Yarmuxammedova Maxbuba Kudratovna tayinlangan. 1985 yildan SamMI “Bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasiga konkursdan o’tib ishga qabul qilingan. 1993 yil iyun oyida «Yuqumli kasalliklar» mutaxassisligi bo'yicha ,, Значение ирридодиагносики при вирусных гепатитах А и В” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Umumiy ish staji 39 yil, Samarqand Davlat tibbiyot institutida ilmiy pedagogik ish staji – 35 yilni tashkil qiladi. 2000-2012 yillar “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermatovenerologiya” kafedrasi dotsenti bo'lib ishlagan. Hozirgi kunga qadar 4 ta magistrlik ishiga rahbarlik qilgan. Yarmuxamedova M.K. “Yuqumli kasalliklar” bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog'liq holda ilmiy izlanishlar olib boradi. Shu kunga qadar 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir, jumladan 45 ta o'quv qo'llanma, 72 ta o'quv-uslubiy qo'llanma yaratgan.

  Dotsent M.K.Yarmuxamedova yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, institutda joriy qilingan kredit-modul o'qitish tizimi bo'yicha Pediatriya va Davolash fakultetlari beshinchi va oltinchi kurs talabalariga ma'ruzalarni zamonaviy yangi innovatsion texnologiyalar asosida o'qib kelmoqda. Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga dotsent M.K.Yarmuxamedova bemorlarga konsultativ yordam o'tkazmoqda. U institut va kafedra ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlari bo'yicha umum jamoa ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Institut talabalari, bemorlarning ota-onalari va mahalla aholisi orasida dotsent M.K.Yarmuxamedova ma'naviy- targ'ibot ishlarni faol va muntazam ravishda olib borayapti. 2013 yil kafedra tarkibiga dermatovenerologiya kafedrasi biriktirildi. Kafedra nomi «Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatovenerologiya” deb o'zgartirildi. 2013 yildan boshlab hozirgi kungacha kafedra mudiri bo'lib dots. Yarmuxammedova N.A. hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etildi, shulardan 43 tasi chet el jurnallarida nashr etilgan. Dots. Yarmuxammedova N.A. Moskva, Sankt-Peterburg, Ostona, Istanbul, Bukovinada bo'lib o'tgan xalqaro simpoziumlar va konferentsiyalarda ishtirok etdi. 2020 yilda kafedra tarkibidagi “Epidemiologiya” va “Dermatovenerologiya kafedrasi ajralib chiqib, kafedra nomi “Yuqumli kasalliklar” kafedrasiga aylandi.


KAFEDRADA MA'NAVIY-MARIFIY ISHLAR


  Kafedrada murabbiylik ishlari ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. Kafedrada murabbiylik ishlari institutda tasdiklangan reja asosida olib boriladi. Rejaga asosan Yuqumli kasalliklar kafedrasining professor-o'qituvchilari asosan pediatriya fakulьteti 5 kurs va Kasbiy ta'lim fakulьteti 5 kurs talabalariga murabbiy etib tayinlangan. Kafedrada ma'naviy va ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar institut ma'naviyat bo'limii bilan kelishilgan rejaga asosan olib boriladi. Institutda o'tkazilgan tadbirlarda kafedra xodimlarining ishtiroki ta'minlangan. Har haftaning payshanba kunida kafedrada xodimlar hamda talabalar ishtirokida ma'naviyat va ma'rifat soatlari o'tkazilib turiladi. Mexribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolalar holidan xabar olish ishlari davom ettirilmoqda. Prezident asarlari hamda nutqlari bilan kafedra xodimlari va talabalar tanishtirib boriladi. Murabbiylik ishlari xam kelishilgan rejaga asosan olib borildi. Kafedra xodimlari kelgusida xam ko'tarinki ruhda ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borishga tayyordirlar.

Tashkiliy ishlar


  Amaliyot uchun kafedra xodimlari tomonidan o'tkazilgan konferentsiyalar, mahorat darslari va seminarlar soni 100 dan ortiq. Kafedra xodimlari Jahon Sog'likni Saqlash Tashkiloti Yevropa bo'limi bilan hamkorlikda O'zbekistonda «Invaziv bakterial meningitlar tashxisotini takomillashtirish» loyixasi, «Diareya sindromi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarda zamonaviy tashxisot usullari» kabi loyihalarda faol ishtirok etishgan. Ushbu loyihalar asosida Haemophilus influenzae, Streptococcus pneumoniae va Neisseria meningitidis kabi infektsiyalarga tashxis qo'yish usullari takomillashtirildi. Shuningdek, «Ichak infektsiyalari diagnostikasini takomillashtirish» yuzasidan Virusologiya instituti bilan xamkorlikda viloyat miqyosida ilk bor rotavirusli, norovirusli, astrovirusli, adenovirusli infektsiyalarga tashxis qo'yishga erishildi, Ushbu loyixalarga ajratilgan zamonaviy jixozlar va laboratoriya asbob uskunalari, reaktivlar JSST Yevropa bo'limi tomonidan ta'minlanib kelinmokda.
  Bugungi kunda kafedra xodimlari tomonidan turli mavzularda ilmiy ishlar olib borilmoqda, jumladan "Yuqori isitma bilan kechuvchi kasalliklar va O'zbekistonda boshqa yuqumli kasalliklar monitoringini kuchaytirish", "O'zbekistonda bolalar o'rtasida o'tkir ichak infektsiyalarining etiologik tuzilishi". 2014 yildan 2016 yilgacha xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi (Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining evropa mintaqaviy byurosi), "Tabiiy o'choqli infektsiyalarning klinik va epidemiologik jihatlari" bilan hamkorlikda "Bakterial meningit kuzatuvini takomillashtirish" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Bundan tashqari, kafedra xodimlari O'zbekiston Respublikasida, Urganch, Xiva, Toshkent, Buxoro, Nukus, Andijon kabi shaharlarda bo'lib o'tgan konferentsiyalarda qatnashdilar. Kafedra xodimlari tomonidan ikki marta xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etilgan. 2014 yil L.M. Isayeva nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand davlat tibbiyot institutining “Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatovenerologiya” kafedrasi tomonidan "Tibbiy parazitologiya va yuqumli kasalliklarning zamonaviy masalalari" xalqaro ishtirokida ilmiy-amaliy konferentsiya o'tkazildi. 2018 yil L.M. Isayeva nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand davlat tibbiyot instituti “Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatovenerologiya kafedrasi tomonidan "Markaziy Osiyo mintaqasida parazitar va yuqumli kasalliklar" nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi.

2021 yilda kafedrada "Yuqumli kasalliklar - dolzarb masalalar, yutuqlar va aholi salomatligini muhofaza qilishdagi innovatsion yondashuvlar" xalqaro ilmiy -amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tdi.

Davolash ishlari



O'QUV ISHLARI


  Kafedradagi amaliy mashg'ulotlar va o'quv jarayoni amaliy ko'nikmalar, o'quv materiallari va ko'rgazmali qurollar bilan boyitilgan. Kafedradagi studentlar amaliy mashg'ulotlarni Samarqand viloyati Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bazasida o'tishadi.

Kafedrada o'tilayotgan fanlar


*Yuqumli kasalliklar;
*Bolalar yuqumli kasalliklari;
*Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi

Kafedrada quyidagi yo'nalishlarning talabalari dars o'tishadi


• Davolash ishi;
• Pediatriya ishi;
• Kasbiy ta'lim;
• Stomatologiya;
• Oliy malakali hamshiralik ishi;
• Tibbiy biologiya ishi;


  Kafedrada «Yuqumli kasalliklar (umumiy)» magistratura yo’nalishi bo’yicha, «Yuqumli kasalliklar» va «Bolalar yuqumli kasalliklar» ordinatura yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil oladi. Ular bilan biriktirilgan dotsent o’qituvchilarimiz dars o’tishadi, malaka oshirishadi. Magistratura rezidiyentlari va ordinatorlar o’qishdan tashqari, darsdan keyin Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida navbatchilikda turishadi.

  Magistratura rezidiyentlari, ordinatorlar va bakalavriat talabalari VYUKKSH bazasida joylashgan laboratoriyada turli xil laborator tekshirish usullarni o’rganishadi.

Umumiy qon tahlili – qon shaklli elementlarini sanash kafedra asistenti Djurayeva K.S. tomonidan talabalarga o’rgatilayapti.

Qon biokimyoviy tahlili – qonda umumiy bilirubin, fermentlar va timol sinamasi assistent Rabbimova N.T. tomonidan o’tkazilayapti.

Qon immunoferment tahlili – virusli gepatitlarda markerlarni aniqlash assistent Rabbimova N.T. va talabalar tomonidan o’tkazilmoqda.

Bakterilogik qon tahlili – bakterial etiologiyali meningitlarda Tirkashev O.S. va talabalar tomonidan o’tkazilmoqda.

Bakteriologik tahlil – ichak infektsiyalarida axlat bakteriologik tahlili assistent Rustamova Sh.A. va talabalar tomonidan o’tkazilmoqda.


ILMIY USLUBIY ISHLAR


  Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi yillarda respublikada 160 ta maqola, xorijda 10 ta maqola, Scopus i Web of Science ro'yxatiga kiruvchi jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar chop ettirgan. Chop etilgan o'quv uslubiy qo'llanmalar soni 200 dan ortiq.

Kafedraning ilmiy yo'nalishi


1. Yuqori isitma bilan kechuvchi yuqumli kasalliklar tashxisoti.
2. Diareya bilan kechuvchi yuqumli kasalliklar tashxisoti.
3. OIV infektsiya bilan kasallangan bemorlar tashxisoti.

  Yuqumli kasalliklar kafedrasi assistentlari tomonidan quyidagi ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ishtirok etishdi: New Horizons from East to West in Hepatology Turtsiya, Istanbul, Aholining sog'lig'ini yaxshilash vositasi sifatida dalillarga asoslangan ko'rsatmalardan foydalanish, Completed the EASL endorsed conference White Night of Hepatology «Hepatitis C update 2017: optimizing treatment for evry patient». Sankt Peterburg 2017., Xalqaro ishtirokdagi ilmiy-amaliy konferentsiya: “Markaziy Osiyoning dolzarb infektsiyalari: Qozog'iston, Ostona 2017 va boshqalar. Bundan tashqari, kafedra xodimlari O'zbekiston Respublikasida, Urganch, Xiva, Toshkent, Buxoro, Nukus, Andijon kabi shaharlarda bo'lib o'tgan konferentsiyalarda qatnashdilar.