×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

3-son ichki kаsаlliklаr kаfedrаsi, endokrinologiya kursi bilаn

Shodikulova Gulandom Zikriyaevna

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba–Shanba soat 9:00-15:00
Tel:

+99890-270-35-00

E-mail: shodikulovagulandom@mail.ru
Manzil: Samarqand shahar Tibbiyot Birlashmasi Markaziy shifoxonasi Kardiorevmatologiya bo’limi 2-qavat

KAFEDRA A’ZOLARI RO’YXATI


F.I.SH

Lavozimi

Jo’rayev Sobir Omonovich

Tibbiyot fanlari nomzodi

Yusupov Fazliddin Tajiyevich

Tibbiyot fanlari nomzodi

Po’latov Ulug’bek Sunatovich

PhD

Kurbanova Zuxra Palvanovna

O’qituvchi

Ibadova Olga Aleksandrovna

O’qituvchi

Samatov Dilshod Karimovich

O’qituvchi

Sheranov Adxam Mamadiyarovich

O’qituvchi

Ergashova Madina Muxtarovna

O’qituvchi

Toirova Zarangis Kamoliddinovna

O’qituvchi

Mirzayev Ozod Voxidovich

O’qituvchi

Ellamonov Suhrob Nugmanovich

O’qituvchi

Shonazarova Nodira Xudoyberdiyevna

O’qituvchi

Xasanov Oybek G’ofur o’g’li

O’qituvchi


KAFEDRA TARIXI


  Fakultet terapiya kafedrasi 1932-1933-o’quv yillari tashkil etilgan. Kafedra Samarqand shahar 1-klinika shifoxonasi bazasida joylashgan. Birinchi kafedra mudiri A.M. Krasnopolskiy bo’lib, u gastroenterologiya muammolari bilan shug’ullangan.

  1935-1942 yillarda dotsent P.I. Denisova kafedra mudiri bo’lgan. Uning raxbarligi ostida A.J. Jalalov nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qilgan.

  1942-1949 yillarda kafedra mudiri professor T.S. Mnasakanov bo’lgan, hamda professor T.S. Mnasakanov shu yillarda institutda dekan va prorektor lavozimlarida ish olib borgan.

   A.K. Odilov rektor bo’lishi bilan bir vaqtda 1954-1957-yilgacha kafedrani boshqargan.

  1957 - 1986 yillar Fakultet terapiya kafedrasini O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi t.f.d. professor   Mirzayan N.A. boshqargan. Uning qo’l ostida 2 ta doktorlik va 27 nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

  1986 – 1996 yillar Respublikada xizmat ko’rsatgan shifokor professor N.M. Kamalov Samarqand tibbiyot institutida rektor hamda kafedra mudiri lavozimini faoliyat olib borgan. Kamalov N.M. raxbarlgida 7 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. O’zbekistonda birinchi marta «Ichki kasalliklar» darsligi nashr etildi.

  1996-1997 o’quv yillarida kafedrani prof. F.S. Tadjiev boshqargan.

  1997 – 1999 yillar esa prof. Xaydarova G.X. kafedra mudiri lavozimida salmoqli faoliyat yuritgan.

  1999-2002 yillar 1-son ichki kasalliklar kafedrasi tashkil qilingan va uning tarkibiga Fakultet terapiyasi kursi kirgan. Kafedrani dots. U.B. Samiyev boshqargan.

  2002 yil Fakultet terapiya kafedrasi mudiri t.f.n Sattarov R.R. boshqaruvi ostida kafedra yana alohida bo’lgan va shahar markaziy shifoxonasi bazasiga joylashgan. 2005 – yildan boshlab kafedra “Fakultet terapiya va gematologiya” nomini olgan.

  2012 yildan buyon hozirgi kunga qadar kafedrani t.f.d. prof. Shodikulova G.Z. boshqarib kelmoqda. 2013-yildan boshlab kafedra “3-Ichki kasalliklar va endokrinologiya” nomini oldi. 2021-yil avgust oyidan boshlab “3-Ichki kasalliklar” nomini oldi.

  2020 yilda kafedra mudiri ilmiy rabarligida doktorant Babamuradova Z.B. “Значение фенотипических, генетических маркеров на развитие, течение и раннюю диагностику недифференцированной дисплазии соединительной ткани” mavzusida PhD dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi. 2021-yilda esa kafedra assistenti Pulatov U.S. “Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda anemiyani kechishi va davolash samaradorligiga gaptoglobin fenotiplarining ta’siri” mavzusida PhD dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedrada yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha talabalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga mehr – muhabbat, ozod va obod mamlakat barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga doir institutda o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. SHuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarimizni bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida turli ilmiy, ijodiy va badiiy to‘garaklar, klub va yig‘inlarni tashkil etiladi. SHu bilan birga kafedra o‘qituvchilari talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishida ham ishtirok etishadi.

  Kafedra yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda institutning jamoat tashkilotlari ya’ni institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan chambarchas holda faoliyat olib boradi.

  Patologik fiziologiya kafedramizda talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

  afedramizda olib boriladigan ma’naviyat va ma’rifat shlarining asosiy maqsadi- talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.

3 – ichki kasalliklar kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishning asosiy yo‘nalishlari:

– talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;

– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;

– talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;

– talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;

– talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;

– talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;

– talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;

– talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;

– manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.

3 – ichki kasalliklar kafedrasidagi ma’naviy va ma’rifiy ishlardan lavhalar


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  • “Значение фенотипических, генетических маркеров на развитие, течение и раннюю диагностику недифференцированной дисплазии соединительной ткани” mavzusida PhD himoya - Babamuradova Z.B.
  • Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda anemiyani kechishi va davolash samaradorligiga gaptoglobin fenotiplarining ta’siri” mavzusida PhD himoya - Po’latov U.S.
  • «Клиника, диагностика и лечение дисфункции эндотелия у пациентов с пролапсом митрального клапана при недифференцированной дисплазии соединительной ткани» monografiyaShodikulova G.Z.
  • «Терапия» дарсликA.G.Gadayev., X.S. Axmedov., M.A. Sobirov., G.Z. Shodikulova
  • «Kardiologiyada miokard infarkti va unga oxshash holatlar, sindromlar EKG belgilari» oquv uslubiy qollanmaShodikulova G.Z.
  • «Некоронарогенные заболевания миокарда: Кардиомиопатии. Клиника, диагностика и лечение» oquv uslubiy tavsiyanomaShodikulova G.Z., Ibadova O.A., Sheranov A.M.
  • «Мультимедийные технологии и интереактивные методы обучения в медицинском образовании на примере практического занятия по теме «Кардиомиопатии»» oquv uslubiy qollanmaShodikulova G.Z., Ibadova O.A., Kurbanova Z.P.
  • «Тиреотоксикоз, Тиреотоксическая кардиомиопатия. Этиология, патогенез, клиника, диагностика и лечение» oquv uslubiy tavsiyanomaShodikulova G.Z., Ibadova O.A., Ergashova M.M.
  • «Алгоритм ранней диагностики недифференцированной дисплазии соединительной ткани» uslubiy tavsiyanomaShodikulova G.Z., Babamuradova Z.B.
  • «Алгоритм ранней диагностики ревматоидного артрита и анемии в зависимости от полиморфизма гаптоглобина» uslubiy tavsiyanomaShodikulova G.Z., Pulatov U.S.
  • «Revmatoid artritda zamonaviy basis preparatlar bilan davolash usullari » O’quv uslubiy qo’llanma. – Shodikulova G.Z., M.M.Ergashova.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  3 – ichki kasalliklar kafedrasida 13 nafar professor – o‘qituvchilar, shulardan 1 nafar tibbiyot fanlari doktori, 2 nafar tibbiyot fanlari nomzodi va 1 nafar PhD faoliyat olib boradi: kafedra mudiri t.f.d., professor Shodikulova G.Z., t.f.n., Jurayev S.O., t.f.n., Yusupov F.T, assistentlar: Kurbanova Zuxra Palvanovna, Ibadova Olga Aleksandrovna, Samatov Dilshod Karimovich, Po’latov Ulug’bek Sunatovich, Ergashova Madina Muxtarovna, Toirova Zarangis Kamoliddinovna, Mirzayev Ozod Voxidovich, Ellamonov Suhrob Nugmanovich, Shonazarova Nodira Xudoyberdiyevna, Xasanov Oybek G’ofur o’g’li o’zlarining pedagogik faoliyatlarini olib bormoqda.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor - o‘qituvchilarning 7 nafari 14.00.05 – shifrli, ichki kasalliklar ixtisosligi bo’yicha (PhD) mustaqil izlanuvchisi hisoblanadi va ular o’z mavzulari bo’yicha tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

1. Ergashova M.M. “Особенности клинического течения, диагностики и лечения вторичного остеоартроза у женщин с ревматоидным артритом”

2. Samatov D.K. “Особенности течения, диагностики и лечения патологии верхних отделов желудочно-кишечного тракта у больных с дисплазией желудочно кишечного тракта”

3. Ibadova O.A. “Клинико-иммунологические предикторы и их роль в прогрессировании неспецифической интерстициальной пневмонии”

4. Mirzayev O.V. “Распространенность и особенности течения недифференцированной дисплазии соединительной ткани на примере Самаркандской и Джизакских областей”.

5. Sheranov A.M. “Jigar noalkogol yog‘ xastaligi va o‘t xalta tosh kasaliklarining klinik va patogenetik paralellari”

6. Toirova Z.K. “Иммунологические и генетические аспекты развития кардиоваскулярной патологии у больных ревматоидным артритом”

7. Ellamonov S.N. “Клинико-генетические факторы прогрессирования артериальной гипертензии у больных с сахарным диабетом 2 типа”

Boshqa o‘qituvchilar ham ilmiy tadqiqot ishi mavzularini tasdiqlatish bosqichida.