×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Tibbiy biologiya vа genetikа kаfedrаsi

Aliyev Dimurod Davronovich
Biologiya fanlari nomzodi


Qabul vaqti: Seshanba, payshanba, shanba – soat 15:00 -16:00
Теl: +99893 220 60 68, +99897 398 2268
E-mail: TibbiologiyaKm @umail.uz
aliyev.dilmurod@sammi.uz
Manzil: Samarqan shaxar Geofizika massivi

KAFEDRA A’ZOLARI RO’YXATI


F.I.O Lavozimi
Aliev Dilmurod Davronovich Kafedra mudiri, biologiya fanlari nomzodi
Muxitdinov SHavkat Muxammedjonovich Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
Mamurova Gulnora Normurotovna O`qituvchi
Djumanova Nargiza Eshmamatovna O`qituvchi. Manaviy ishlarga mas’ul
Ismoilov Komiljon Tuygunovich Staj. O`qituvchi, O’quv ishlarga mas’ul
Matkarimova Gulnoz Maksudjonovna O`qituvchi. O'quv uslubiy ishlarga mas’ul
Islomova Zebo Bustonovna O`qituvchi. Ilmiy ishlarga mas’ul
Nazarova Fotima SHaripovna O`qituvchi.
Nazarova Gulchexra Xamrokulovna Staj. O`qituvchi, TIJ va to’garak ishlarga mas’ul
Djumaniyozova Feruza Sayfiddinovna Staj. o`qituvchi
Djumaeva Zamira Utkirovna Staj. o`qituvchi

KAFEDRA TARIXI


  Samarqand Davlat Tibbiyot instituti, tibbiy biologiya va genetika kafedrasi 1930 yil tashkil etilgan.

  afedraning birinchi professori Peterburg universitetining bitiruvchisi, professor Nikolay Alekseevich Merkulovich bo`lgan edi. Tibbiy biologiya kafedrasining birinchi mudirlik vazifasini 1930-yilning oxirida professor P.M. Faktorivich boshqargan. 1943 yildan 1945 yilgacha yana P.M.Faktorivich mudirlik vazifasini bajardi. 1947 yildan 1974 yilgacha kafedra mudirligi lavozimida professor A.I. SHumeyka, 1974 yildan 1977 yilgacha dotsent M.M.Malikovlar ishladilar. 1977 yilning yanvar oyidan 2015 yilgacha biologiya kafedrasi mudirligini biologiya fanlari doktori, professor Sadiqov Vadim Murtazayevich bajargan.

  SamDTI tibbiy biologiya kafedrasi mudiri lavozimida Sodiqov V.M. 1964 yilda “Epizootologiya I epidemiologiya echinokokkoza Samarkandskoy oblasti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1969-yili Moskva shaxrida “Larvalniye teniidozi cheloveka v jivotnix” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1970-yildan Samarqand davlat kooperativ instituti, mikrobiologiya va fiziologiya kafedra mudiri. 1977 yildan Samarqand Davlat Meditsina institutining tibbiy biologiya kafedrasi mudiri. Akademik K.I.Skryabin nomli maktab vakili – gelmintolog, mikrobiolog. 500 dan ortiq ilmiy ishlar mualifi, jumladan, 7 monografiya, 12 o’quv qo’llanma, 1 o’quv kinofilm, 3 ta patent. V.M. Sodiqov boshchiligida 20 dan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari bajarilgan. V.M. Sodiqov hamkorligida talaba va magistrlar tomonidan har yili 100 dan ortiq ilmiy ishlarini chop qiladilar.

  2015 yildan 2017 yilgacha A.M.Voxidova kafedrada mudirlik qildi. 2017 yildan 2019 yilgacha Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi mudirligini biologiya fanlari nomzodi Maxmudova Xurshida Irgashevna bajardi. 2019 yildan 2020 yilgacha Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi mudirligini dotsent, Muxitdinov Shavkat Muxamedjanovich boshqardilar.

  Muxitdinov Shavkat Muxamedjanovich 1948 yil Buxoro viloyati Shafrikon tumanida tug’ilgan. Institutini tugatgandan keyin Sovet armiyasida xizmat qilib keldi. 1973-1976 yillar aspiranturada o’qigan. 1977-yil iyun oyida O’z SSFAda zoologiya va parazitologiya institutida “Problema parazitosenoza pri larvalnix teniidozax karakulskix oves i ego vliyaniye na nekotoriye bioximicheskiye pokazateli xozyaina” – parazitologiya mutaxassisligi bo’yicha biologiya fanlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1977 yildan to hozirgi kungacha Samarqand Davlat Tibbiyot institutida ishlab kelyapti. Dastlab assistent, keyin kafedrani katta o’qituvchisi va 2002 yildan kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta patent chop etilgan.

  Kafedra faoliyat yuritgan kafedra xodimlari tomonidan yillar davomida ko’plab ilmiy ishlar chop etilgan. Jumladan: «Meditsinskaya parazitologiya» 1945y. Moskva. Darslik. E.N.Pavlovskiy «Exinokokkoz i bor’ba s nim», M,1973, V.M. Sadiqov «Larval’nie teniidozi cheloveka i jivotnix», «Larval’nie teniidozi cheloveka i karakul’skix ovets» nomli darslik va o’quv qo’llanmalar chop etilgan. 1946 yil parazitologiya bo`yicha Butun Ittifoq kongressida, Frantsiyaning Parij shaxrida, E.N.Pavlovskiy ma`ruza qilgan. Moskva Xalqaro gomeopatik konferentsiyasida 2007-2008 yillarda Professor V.M Sadiqov,dots. SH.M.Muxitdinov, katta o`qituvchi A.M.Vaxidovalar ma`ruza qilganlar.

  2020 yildan hozirgi kunga qadar “Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi”ga mudirlik vazifasini Aliyev Dilmurod Davronovich boshqarib kelmoqdalar. Bugungi kunda kafedramizda jami-11 ta professor-o`qituvchilar va 1 ta laborant, ishchi xodimlar faoliyat olib bormoqdalar.

  Hozirgi kunda Aliev Dilmurod Davronovich biologiya fanlari nozodi bo’lib, u kishi 2011 yilda Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Fiziologiya va biofizika” institutida «Izmenchivost’ nukleinovix kislot i urovnya kaliya v krovi karakul’skix ovets v svyazi s ix fiziologicheskimi funktsiyami» mavzusida nomzodlik dissertatsiyani yakunlab himoya qilgan. Hozirgi kunda «Surxondaryo sur qorako`l qo`ylari mahsuldorligini oshirishning fiziologik jihatlari» mavzusida (DSc) doktorlik ishi yakunlangan. 2ta o`quv qo`llanma va 1ta tavsiyanoma hamda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilingan.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar Djumanova Nargiza Eshmamatovna mas’ul hissoblanadi. Ma’naviy ishlar bo’yicha har haftaning payshanba kunlari talabalarga ma`naviyat va ma`rifat yo`riqnomasi bo`yicha «Axborot soati» materiallari asosida suxbatlar o`tkazildi. 2020-2021 o’quv yili davomida Davlat dasturi mazmun- moxiyati bo`yicha seminarlar o`tkazildi. 1-dekabr’ xalqaro “SPIDga qarshi kurashish”, 8-dekabr’ “Konsituttsiya kuni” 14 yanvar’ “Vatan ҳimoyachilari”, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar”, kunlari munosabati bilan institutda kafedra a`zolari bilan ma`naviy–ma`rifiy bayram tadbirlari tashkillashtiriladi.

  Kafedra xodimlari institut va fakul’tetning jamoat ishlarida ham faol qatnashib kelmoqdalar.


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  2020-yilda 2ta o’quv qo’llanma chop etilmoqda. O’quv qo’llanmasining biri “Farmasevtik botanikadan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari” Ikkinchisi “Tibbiy biologiya va genetikadan amaliy mashg’ulotlar” deb nomlanadi.Barcha o`qituvchilar “Tibbiy biologiya va genetika”, “Farmasevtik botanika” “Biologiya” fanlari bo’yicha ishchi dasturlar ishlab chiqishdi. Dars jarayonini sifatini oshirish maqsadida Institutimiz tomonidan ishlab chiqilgan Mt.sammi.uz platformasiga tarqatma materiallar, ma’ruza matnlari, metodik ishlanmalar, amaliy ko’nikmalar, vaziyatli masalalar, video ma’ruzalar tayyorlandi va joylashtirildi. Onlayn platformadagi ma’lumotlar moderator tomonidan yangilanib borilmoqda.


 O'QITISH VA METODOLOGIK ISHLAR


  2020-yilda 2ta o’quv qo’llanma chop etilmoqda. O’quv qo’llanmasining biri “Farmasevtik botanikadan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari” Ikkinchisi “Tibbiy biologiya va genetikadan amaliy mashg’ulotlar” deb nomlanadi.Barcha o`qituvchilar “Tibbiy biologiya va genetika”, “Farmasevtik botanika” “Biologiya” fanlari bo’yicha ishchi dasturlar ishlab chiqishdi. Dars jarayonini sifatini oshirish maqsadida Institutimiz tomonidan ishlab chiqilgan Mt.sammi.uz platformasiga tarqatma materiallar, ma’ruza matnlari, metodik ishlanmalar, amaliy ko’nikmalar, vaziyatli masalalar, video ma’ruzalar tayyorlandi va joylashtirildi. Onlayn platformadagi ma’lumotlar moderator tomonidan yangilanib borilmoqda.


Kafedrada dars jarayoni bo`yicha tasdiqlangan xronokarta ishlab chikilgan va amalga oshirilishi yulga kuyilgan. Xronokarta Xalkaro standartlar asosida zamonaviy modul’ tizimiga asoslangan xolda tuzilgan.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


Kafedraning ilmiy ishlarini Islomova Zebiniso Bo’stonovna yuritadi.

  Kafedra o`qituvchisi b.f.n. Aliev D.D. "Surxondaryo sur qoraqo’l qo’ylari maҳsuldorligini oshirishning fiziologik jixatlari" (03.00.08.)mavzusidagi DSc ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi yakuniy bosqichda. Kafedra yosh o`qituvchilari: Matkarimova G.M., Ismoilov K.T., Djumaeva Z.U., Jumaniyozova F.S., Nazarova G.X lar PhD darajasini olish uchun ilmiy ishlarini tasdiqlatib, ilmiy tadkikot ishlari olib bormoqdalar. Hozirgi kunda 2020 yilda ilmiy tadqiqot ishlar bo’yicha Scopus i Web of Science: 2 ta, Xorijda chop qilingan maqolalar: 12 ta, Respublika chop qilingan maqolalar: 4 ta, Xorijda chop qilingan tezislar: 8 ta, Respublika chop qilingan tezislar: 35 tani tashkil etadi. Nazarova F.SH.,Muxitdinov SH.M.,Djumanova N.E.,Toshmamatov B. “Bentotent – mikroelementlar manbai sifatida” mavzusida Patent (Registratsionniy nomer DGU 20201728Kod otslejivaniya DGU61917 Data postupleniya dokumenta 12.09.2020) ishlab chiqildi.
  Kafedra a’zolari yil davomida quyidagicha ilmiy maqolalar chop ettirishdi.
1.Mukhiddinov.Sh.M.Mamurova G.N. Aliev D.D. ACHIEVEMENTS AND PROSPECTS IN ACTION STRATEGV Asian Jourrnal of Mult idimensional Research (AJMR) ISSN: 2278-4853 Impact Factor: POLSHA 2020 = 6.882 «RESEARCH INVESTIGATIONS OF GLOBAL WORLD ON PANDTMIC TIME » MAY 2020 C// 54-56
2.Nazarova F. SH. MatkarimovaG.M. Nazarova G.X. LECHEBNIE SVOYSTVA BENTONITA
DOSTIJENIYA NAUKI I OBRAZOVANIYA (59), 2020 g. SERIYA: DER № 0613 IZDATEL’STVO «NAUCHNIE PUBLIKATSII» 11 MARTA 2020 g. Str. 93-97
3. SH.M.Muxitdinov D.D.Aliev K.T.Ismoilov G.N.Mamurova Biologicheskaya znachenie aktivnix veshestv v krovi karakul’skix ovets i povishenie produktivnosti The role of biologically active substances in the blood in increasing the productivity of sheep Scopus - Journal of Cardiovascular Disease Research (Publikatsiya i vixod jurnala v NOYABRE 2020g ) ACCEPTANCT LETER Dated 03.10.20209 (scopus)
4. Djumaniyozova F.S. Mukumov I.U. SHakirova SH.F «Rod Ferula L. Vo flore Djizakskoy oblasti» Mejdunarodniy nauchniy jurnal «Vestnik Nauke» №8 (29) tom 5 avgust 2020g. 64-75 str.
5. Djumaeva Z.U. Accepted in the journal the american journal of interdisciplinary innovations And research (issn-2642-7478) for volume 02 issue 09 september 2020. Science and practice:implementation to Modern society proceedings of the 6th international scientific and practical conference manchester, great Britain 16-18.08.2020 b. 105-111
6. Nazarova F.SH. Djumanova N.E Toshmamatov B.N. Biologicheskaya rol’ Mikroelementov i ix soderjaniya v epidermal’nix obrazovaniyax Uchyoniy XXI veka, Mejdunarodniy jurnal№6-2(65) iyun’ 2020 g.ISSN 2410-3536 str 32-36
7. Muxitdinov SH.M. Aliev D.D. Ismoilov K.T. Djumaniyozova F.S. SUR RANG BARANGLIGIDAGI QORAKO`L QO`ZILARNING O`SISH VA RIVOJLANISHIDA BIOLOGIK MODDALARNING FAOLLIGI. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI RESPUBLIKA ONLAYN ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2020 yil 17-18 Str 66-70
8. Matkarimova G.M. KIZIL (CORNUS MAS L.) ISTORIYA VVEDENIYA V KUL’TURUR O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI RESPUBLIKA ONLAYN ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2020 yil 17-18 aprel’ Str.354-356


  Bundan tashqari Respublikada biologiya va zoologiya fan olimpiadalarida kafedra pedagoglari tomonidan tayyorlangan talabalar ishtirok etib faxrli o`rinlarni egallab kelishmoqdalar. Jumladan 2018 yil 14-15 may kunlari Qo`qon davlat pedagogika instituti Biologiya fani yo`nalishi bo`yicha 2-tur respublika olimpiadasi o`tkazildi. Unda Davolash fakultete 1-kurs studenti Mamadiyorova M. OTM lar ichida faxrli 2-o`rinni egaladi. 2020yilda o’tkazilgan zoologiya Respuplika fan olimpiadasida Pediatriya 114- gurux 1-kurs talabasi Uralov Rustam Mansur ugli Zoologiya fan olimpiadasidan 3- darajali diplom (№0160 10.07.2020y.) bilan taqdirlandi. Farmatsiya ishi fakulteti 2-kurs talabasi Akbarov Asliddin Qozog’iston respublikasida o’tkazilgan “Yosh olim 2021” tanlovida I-o’rinni egallab, oltin medalga sazovor bo’ldi.