Xаrbiy tibbiy tаyyorgаrlik vа fuqаro mudofааsi kаfedrаsi
Menu Close Menu

Xаrbiy tibbiy tаyyorgаrlik vа fuqаro mudofааsi kаfedrаsi

tibbiy xizmat podpolkovnigi

Atamurodov Azamat Nizamkulovich
kafedra boshlig‘i


Qabul vaqti: Dushanba – Shanba soat 8:00-17.00
Tel: +99893-997-79-38
E-mail:
Manzil: Samarqand shahar Anqaboy ko‘chasi, 6-uy

Kafedra a'zolari


F.I.SH Lavozimi
Zaripov Muhammadiso Odilovich Katta o‘qituvchi (o‘quv qismi boshlig‘i)
Mamirov Asamidin Egamberdiyevich Katta o‘qituvchi
Quchqarov Alisher Sagdullayevich o‘qituvchi
Erkinov Ilhom Erkin o‘g‘li o‘qituvchi

KAFEDRA TARIXI


  Samarqand Davlat meditsina instituti (keying matnlarda–SamMI) harbiy kafedrasi 1944 yil 9 avgustda Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi Umumittifoq Oliy maktabining 1293/31-sonli buyrug‘iga asosan tashkil topgan. 1947 yil birinchi zahiradagi tibbiy xizmat ofitserlari bitirgan.
  1992 yilning iyul oyida SSRIning tarqalishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan SamMI harbiy kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibiga kiritilgan.
  Harbiy kafedraning asosiy maqsadi Qurolli Kuchlar qo‘shinlariga va qismlariga harbiy xolat vaqtlarida harbiy qism tibbiyot punktlari va muassasalari vrachi lavozimlarini bajarishga qodir zahiradagi tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlab berishdir.
  Kafedra ish faoliyati harbiy tayyorgarlik rejalari, o‘quv rejasi, O‘zbekiston Respublikasi «Umum harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi 809-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizom”ga hamda 2020 yilgi tibbiyot oliygoxlari talabalaridan zahiradagi ofitserlar tayyorlash dasturi, Mudofaa vazirligi, Jangovor tayyorgarlik hamda tibbiyot, harbiy ta’lim boshqarmalari kursatmalari, me’yoriy xujjatlari va buyruqlari asosida tashkil qilingan.
  SamMI harbiy kafedrasi alohida hududda, quyidagi manzilda joylashgan: 140100, Samarqand shahri, Anqaboy ko‘chasi, 6 uy. Kafedra hududida ikki etajli imorat (o‘quv korpusi) va bir etajli 5ta sklad (ombor) xonalari mavjud.
  Birinchi xarbiy kafedra boshligi tibbiy xizmat polkovnigi Maneevich Iosif Mixaylovich, 1944 yildan 1951 yilgacha boshqarib kelgan.

Keyinchalik harbiy kafedrani quyidagi ofitserlar boshqarib kelgan:

1951-1953yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Ryabov A.A;
1953-1954 yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Lazarevich I.V;
1954-1956 yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Sorokin K.V;
1956-1959 yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Naxapetov A.I;
1959-1967 yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Sergeev I.P;
1967-1976 yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Petriщev I.A;
1976-1985 yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Nedoroslov A.G;
1985-1992 yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Vlasov V.A;
1992-1998 yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Raxmonov F.K;
1998-1999 yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Eliboev R.O;
1999-2003 yillar - tibbiy xizmat podpolkovnigi Abdiev U.A;
2003-2008 yillar - tibbiy xizmat podpolkovnigi Xayatov B.B.
2008-2010 yillar - tibbiy xizmat podpolkovnigi Radjabov Z.N.
2010-2016 yillar - tibbiy xizmat podpolkovnigi Xolmurodov A.N.
2016-2019 yillar - tibbiy xizmat polkovnigi Eshkuvatov K.R.
2019 yildan - tibbiy xizmat podpolkovnigi Atamurodov A.N.

  SamMI harbiy kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2018 yil 7 martdagi 21/1/671-direktivasi bilan tasdiqlangan 25/057-sonli shtat asosida faoliyat olib boradi. Nizomning 6 bandiga binoan va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 yanvardagi 7, 10-q/q asosida SamMI harbiy kafedrasida 2 yil davomida bir yil, 3 va 4-kursda SamMI davolash fakulteti studentlari orasidan “901000 – Quruqlikdagi qo‘shinlarda davolash ishi (umumiy amaliyot)” harbiy hisob mutaxassisligi bo‘yicha rezervdagi va zahiradagi tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash tashkil etilgan. Saralash tanlovidan o‘tgan davolash fakulteti 2-kurs talabalari (70 nafar, shulardan 10 foizi qizlar) harbiy kafedraga o‘qishga qabul qilinadi.
  Avval SamMI harbiy kafedrasida o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 5 avgustdagi 12/230-son qo‘shma qarori asosida 4 va 5- kurslarda amalga oshirilgan.
  SamMI harbiy kafedrasi kunlik faoliyati kun tartibi va ish vaqti reglamenti asosida olib borilmoqda. Kafedrada kunduzgi navbatchilik tashkil qilingan bo‘lib, o‘qituvchilar o‘rnatilgan vaqtlarda yuqori qo‘mondonlik va garnizon navbatchisiga bildirgilar berib kelmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘qituvchilar kitel (kurtka, dala formasi) va studentlar piksel forma kiyib yurishadi (o‘zlari tomonidan tiktirilgan). O‘quv mashg‘ulotlari salomlashish va saf trenaji bilan boshlanadi. Kafedraga tegishli maxfiy hujjatlar Samarqand shahar mudofaa ishlari bo‘limida saqlanadi, xizmat doirasida foydalanish uchun grifidagi hujjatlar kafedrada alohida seyfda saqlanadi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  SamMI harbiy kafedrasida studentlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 2020/2021 o‘quv yili rejasi tasdiqlangan va barcha tadbirlar ushbu reja asosida olib borilmoqda.
  Samarqand harbiy prokurori ko‘rsatmasiga binoan har payshanba (profilaktika) kuni jinoyatchilik va qo‘pol intizom buzilishlarini oldini olish bo‘yicha va boshqa mavzularda davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda, bayonnomalar to‘ldirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi 3898-sonli qaroriga asosan har juma, “Ma’naviy yuksalish vavatanparvarlik kunida mutazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
  Kafedrada harbiy vatanparvarlik ruhida yaratilgan bannerlar mavjud bo‘lib, ular ham studentlar tarbiyasida ma’lum o‘rin tutmoqda. Samarqand shahridagi maktab, litsey vakollejlarda kafedra professor-o‘qituvchilari “Jasorat” darslarida, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiyva sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
  Kafedra shaxsiy tarkibi yoshlarni Vatanga sadokat xarbiy vatanparvarlik tarbiyasi buyicha xam belgilangan reja va yukori tashkilotlardan kelgan kursatmalar asosida ijtimoiy – siyosiy ishlarni amalga oshirib kelmokda.
  Ofitser ukituvchilar institut mikiyosida olib boriladigan tadbirlarda uzlarining xarbiy vatanparvarlikga chakiruvchi ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmokda.
  Bu amalga oshiralayotgan ishlardan tashkari, Samarkand xarbiy garnizoni boshkarmasi tomonidan kuyilgan topshiriklar xam uz vaktida bajarilmokda,


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida o‘quv jarayonini tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan barcha hujjatlar (rektor buyrug‘i, kafedra boshlig‘I buyrug‘I va boshqalar) o‘z vaqtida rejalashtirilgan va o‘rnatilgan tartibda yuritilib kelinmoqda.
  Mashg‘ulotlar va tarbiyaviy ishlar hisobini yuritish jurnali yo‘riqnomaga asosan har bir guruhga ochilgan va o‘rnatilgan tartibda yuritilmoqda, undan tashqari institutdan berilgan professor-o‘qituvchi jurnali va guruh komandirining (starostaning) jurnali birxilda yuritilishi ta’minlanmoqda, kamchiliklar yo‘q.
  O'quv uslubiy ishlar kafedraning uslubiy kengashlarida kurib chikilib tasdiklanadi.
  Kafedrada uzaro darslarga katnashish, ochik darslar utkazish, ofitserlarning mustakil tayyorgarligi, komandirlik tayyorgarligi, ukuv xonalarini jixozlash, uslubiy va boshka xujjatlarni urganish belgilangan reja asosida olib boriladi.

  O‘quvishlari SamMI 2020/2021 o‘quv yili ishchi o‘quvrejasi va O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari studentlari orasidan rezervdagi va zaxiradagi tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash Dasturi (HHM-901000 vaboshqa HHM) asosida tashkillashtirilgan va olib borilmoqda. O‘quv ishlari barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘z ichiga oladi.
  Ma’ruza va ayrim amaliy mashg‘ulotlar videoproektorlar bilan o‘tiladi, o‘quv filmlari namoyish qilinadi, qolgan amaliy mashg‘ulotlar o‘qituvchilar tomonidan bevosita zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirib kelmoqda. Amaliy mashg‘ulotlarning bir qismi Markaziy harbiy okrug boshqaruv apparati va O‘R QK Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi mutaxassislari bilan birgalikda o‘tilishita’minlanmoqda.
  SamMI studentlari bilimini baholash reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlab chiqilgan harbiy kafedra nizomiga binoan o‘quv mashg‘ulotlari 5 baholik tizimda baholanib, 100 ballik tizimga konvertatsiya qilinadi, bunda o‘tish bali 60 ball. O‘quv jarayonida 60 balldan kam olgan studentlar bo‘lmadi.
  Mustaqil tayyorgarlik kun tartibida ko‘rsatilgan bo‘lib, bevosita o‘qituvchilar nazorati ostida o‘tkazilib kelinmoqda va hisobi yuritilmoqda.
  Studentlar o‘quv yig‘ini rejaga asosan 15 kunlik o‘tkaziladi. Davlat attestatsiyasini topshirgan, otish tayyorgarligi amaliy mashg‘ulotlarida qatnashgan va Harbiy Qasamyod qabulqilgan kursantlar o‘quv yig‘iniga qatnashishga ruxsat beriladi.
Harbiy kafedra yig‘ilishlari va fan-uslubiy komissiyalarining yig‘ilishlari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda, unda IMZ, ochiq mashg‘ulotlar, ma’ruzalar ko‘rib chiqilib, hisobi yuritilmoqda. Barcha mavzular bo‘yicha uslubiy ishlanmalar mavjud.
Harbiy tayyorgarlikning auditoriya mashg‘ulotlariga 450 soat, o‘quv yig‘inlarini o‘tkazishga esa 78 soat ajratilgan bo‘lib, quyidagilar o‘quv jarayonini tashkillashtirish va olib borishda SamMI harbiy kafedrasining asosiy vazifalari qilib belgilangan:
Harbiy tayyorgarlik dasturining to‘liq va sifatli bajarilishi;
harbiy (harbiy-tibbiy) fanlarni studentlarning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha olayotgan bilimlari asosida o‘rganish;
fanlar va o‘quv dasturlarining bo‘limlarini o‘tishdagi ketma-ketlik;
taktik (taktik-maxsus) tayyorgarlikni boshqa harbiy fanlar bilan umumlashtirish;
o‘qituvchilar tarkibiga o‘quv yuklamasini teng taqsimlash;
talabalarning amaliy tahsil olishi uchun o‘quv moddiy-texnik bazasidan juda oqilona tarzda foydalanish.