Operаtiv xirurgiya vа topogrаfik аnаtomiya kursi
Menu Close Menu

Operаtiv xirurgiya vа topogrаfik аnаtomiya kursi

Husanov Erkin O’ktamovich
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba – Shanba soat 15:00
Теl: +998915290239
E-mail: erkin.husanov67@gmail.com, odamanatomiyasi.km@mail.ru
Manzil: Samarqand shaxri, Onqabay koʼchasi 6-uy

Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor-oʼqituvchilar:


F.I.SH Lavozimi
Ortiq Ismailovich Ismailov t.f.n, dotsent
Abdumalik Rasulovich Mamataliyev t.f.n., katta o’qtuvchi
Baxtiyor Norbekovich Toshmamatov assistant
Zafar Mamurqulovich Maxramqulov assistant
Zafar Mamadiyevich Raxmonov assistant
Sherali Oblaqulovich Korjavov assistant
Malika Ilxomovna Kamolova assistant
Aziza Shavqiddinovna Yo’ldasheva assistant
Ziyodulla Erkinovich Xidirov assistant
Zafar Abduraimovich Abduraimov assistant
Zafar Mustafoevich Mustafoev assistant
Sanjar Sadinovich Usanov assistant
Antonina Amurovna Kim assistant
Latofat Murodullaevna Qurbonova assistant
Dilorom Abdullaevna Raximova Kabinet mudiri

KAFEDRA TARIXI


  1930- yilda prof. Lepixin А.А. (1930-1931) katta tashkiliy ishlarni yo’lga qo’yish orqali normal anatomiyasi kafedrasiga asos soldi. 1932- yilda 1948-yilgacha kafedra ishini B.G. Turkevich olib borgan. 1948-yildan 1964- yilgacha kafedrani O’z SSR da hizmat ko’rsatgan ilmiy arbobi Holqo’ziyev M.N boshqargan.
  1964-yildan 1990-yilgacha O’zbekiston Respublikasida hizmat ko’rsatgan ilmiy arbob, professor Ibadov N. А kafedrani boshqargan. 1970-1972 yillar mobaynida kafedrani O’zbekiston Respublikasi Sog’likni saqlashda hizmat ko’rsatgan hodimi, dots. Salahitdinova R.M boshqargan.
  2004-yil yanvardan to iyungacha kafedrani Shodiyev E.T boshqargan. Uni raxbarligiga 1 tа nomzodlik dissertatsiyasi yo’qlangan. 1990-yildan 2012- yilgacha kafedrani prof Ten S.А. boshqargan. Uning boshchiligida 9 nomzodlik va 5 tа doktorlk dissertatsiyalari yo’qlangan. 2012-yil fevral oyidan 2012-yil dekabr oyigacha kafedrani dots Jakeshov Y.I boshqargan.
  2012-yil dekabr oyidan 16 yanvar 2013-yilgacha dotsent Husanov E.O’ vaqtincha boshqargan. 2013-yil 16 yanvardan 2014-yil sentabr oyigacha dots. Agzamov K.A boshqargan. 2014-yil sentabr oyidan boshlab hozirgi kungacha kafedrani dotsent Husanov E.O’ boshqarib kelmoqda.
  1930-yildan tо hozirgacha 9 tа doktirlik vа 25 tа nomzodlik dissertatsiyalari yo’qlangan.
  Kafedraga I-II kurs davolash, tibbiy profilaktika, pediatriya, stomotologiya, tibbiy pedagogika, tibbiy biologiya fakultetlari talabalari, I-kurs farmatsiya vа OXI talabalari o’qitiladi.

MA’NAVIY – MA’RIFIY ISHLAR


  Institutning yoshlar bilan ishlash prorektori va ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan kelishilgan holda tuzilgan reja asosida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan darsga kelgan talabalar va murabbiylik guruhlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishadilar. Har hafta payshanba kunlari ertalab soat-8:30 da reja asosida ma’naviyat va ma’rifat markazi yo’riqnomasi asosida kafedra hodimlari va guruh talabalari ishtirokida «Axborot soati materiallari » dan va ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlardan foydalangan holda ma’naviyat darslari olib boriladi . Shu bilan birgalikda shaxrimizning tarixiy obidalariga talabalar bilan ekskursiyalar uyushtiradilar. Kafedrada ma’naviyat va ma’rifat burchagi tashkil qilingan.

O’QUV –USLUBIY ISHLAR


  2020-2021 o‘quv yilida sentyabr' oyidan boshlab kafedraga davolash, tibbiy profilaktika, pediatriya, stomatologiya, tibbiy pedagogika, tibbiy biologiya fakul'tetlari I-II kurs fakul'teti va I-kurs farmasiya va OMX studentlari o‘qitiladi. I-chi semestrda I-kurs studentlari tayanch-xarakat apparatini o‘rganib joriy va 1-modul' baholashni topshiradilar. II-chi kurs studentlari periferik asab tizimi, yurak qon tomir sistemasini o‘rganib joriy va 3-modul' baxolash topshiradilar.
  2-chi semestr davomida 1-kurs studentlari ichki a'zolari, markaziy nerv sistemasi va sezgi organlarini o‘rganadilar va semestr oxirida 2-modul' topshiradilar.
  O‘quv yili davomida davolash, tibbiy profilaktika, tibbiy pedagogika va pediatriya fakul'teti uchun har bir o‘quv guruhida 218-soatdan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mustaqil ish – 126 soat. Ma'ro‘zalar har ikki kurs studentlari uchun modul bo‘yicha 2 soatdan o‘qiladi. Umumiy ma'ruzalar soati – 46 soat. Stomatologiya fakul'teti amaliy mashg‘ulotlarga 180 soat. Mustakil ish – 72soat. Ma'ro‘zaga 18soat. Farmasiya fakul'teti amaliy mashg‘ulotlari – 26 soat. Mustaqil ish – 20 soat. Ma'ro‘za – 14 soat. OMX fakul'teti amaliy mashg‘ulotlari – 60 soat. Mustaqil ish – 42 soat. Ma'ro‘za – 24 soat.

Kafedrada ish yuritish ma'lumoti

1. Ma'ro‘zalar modul sistemasi bo‘yicha 2 soatdan har bir oqimga.
2. Amaliy mashg‘ulotlar har hafta bir marta 3 soatdan.
3. Studentlarining mustaqil ishi har kuni soat 16 dan to 18gacha. Navbatchi o‘qituvchi nazorati ostida.
4. Talabalarning o‘quv tadqiqot ishi-100% studentlar qatnashadi.

Kafedrada talabalar mustaqil ishini yo‘lga qo‘yilishi.

  Kafedramizda talabalarning mustaqil ishi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2011 yil 17sentyabr' 392 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy Nizom asosida olib boriladi. Odam anatomiyasi kafedrasi talabalarning mustaqil ishi rejasida muayyan fanini o‘zlashtirish uchun berilagan ajralmas qismi bulib, u uslubiy va axborot resurslari jihatidan taminlanadi, hamda bajarilishi reyting tizimi asosida nazorat qilinadi. O‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bo‘yicha to‘plangan reyting ballari fan bo‘yicha to‘plagan auditoriyadagi o‘quv ishlariga berilagn reyting ballari bilan birgalikda gurux reyting kaydnomasida, talabaning reyting daftarchasiga qayd qilinadi.

Odam anatomiyasi kafedrasida talabalarning mustaqil ishlarining turlari quyidagilar:

1. Anatomik preparatlar va ko‘rgazmali qurollar orqali o‘rganish.
2. Ho‘l preparatlar tayyorlash.
3. Internet ma'lumotlaridan foydalangan holda referatlar yozish.
4. Yangi mavzularga internet ma'lumotlar orqali tablisalar tayyorlash.
5. Fan mavzulari bo‘yicha interaktiv o‘yinlar tayyorlash.
6. Krossvordlar tuzish.
7. Mavzu bo‘yicha treninglar tuzish.

Talabalar bilimini baholash, studentlarni davomati va fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ma'lumotlari

  Odam anatomiyasi fani bo‘yicha talabaning bilimini nazorat qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi OUMTVning 2010 yil 25 avgust № 333 sonli buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash reyting nizomi» ga muvofiq va institut rektorining 2013 yil 12 sentyabrdagi № 43 sonli «Institutda o‘quv mashg‘ulotlarini modul tizimida tashkil etish to‘g‘risida» gi, 2013 yil 19 dekabrdagi «Institutda o‘quv mashg‘ulotlarini moodle.sammi.uz intranet elektron o‘qitish tizimida tashkil etish to‘g‘risida» gi № 951/U sonli buyruqlari, hamda SamDMI ilmiy kengashining, 2016 yil 15 iyundagi № 9 sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Kredit - modul' tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishda talabalar bilimini baholash va nazorat qilish uchun tavsiyanoma» asosida olib boriladi, va quyidagicha amalga oshiriladi.

Talabalarning o‘quv jarayonini baxolash tartibi

  Baxolash- bu talabalarning o‘quv jarayonini tugallash bosqichlaridan biri bo‘lib, talabaning o‘quv jarayonini o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatadi. Baholash jarayonini: og‘zaki so‘rov, test, yozma ish, amaliy ko‘nikmalar natijasi belgilaydi.
  Modul' tizimi bo‘yicha baholash, joriy o‘quv jarayoni baholari va yakuniy modul' nazorati natijalari yig‘indisi asosida, ananaviy 4-ballik sistema bo‘yicha qo‘yiladi.
  YaN o‘tkizish fakul'tet dekanati tomonidan tuzilgan grafik asosida institut ARMi kompyuterlarida MO‘M testlaridan foydalangan tarzida, dekan o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkiziladi va baholanadi .
  Komp'yuter uchun kiritilgan testlarni kafedra mudiri, dosent Husanov E.O‘. qaytadan ko‘rib chiqqanlar. Kafedra bir-birini darsiga katnashishi, ochiq ma'ro‘za va darslarga qatnashish rejasi va natijalari qayd etilgan daftar bor. Kafedra yig‘ilishi oyida 2 marta reja asosida olib boriladi va yig‘in bayonida qayd etiladi.

ILMIY –TADQIQOD ISHLARI.


  Kafedra tarkibida jami 15 nafar xodim faoliyat yuritadi, shundan 2 nafar t.f.n., dotsent, 1 nafar t.f.n., kata o’qituvchi, 12 nafar assistant o’qituvchilardir. Ushbu xodimlar orasida 2 nafari doktorlik dissertatsiya ishi bilan, 6 nafari esa, falsafa doktori (PhD) diisertatsiya ishi bilan shug’ullanmoqdalar.
  Kafedraning ilmiy – tadqiqot ishining yo’nalishi: “Kimyoviy vositalar ta’sirida laborator hayvonlar ichki a’zolarining yoshga xos morfologiyasi va rektiv o’zgarishlari”

Nashr qilingan monografiyalar, darsliklar, o’quv qo’llanma, ilmiy ishlar to’plami, spravochnik, lo’g’at, ilmiy maqolaalr, ilmiy tezislar ro’yxati:1. Ismoilov O.I., Gabchenko A.K. Arterial yo’lning morfofunksional tuzilishi Monografiya

2. Dehqonov T.D., Husanov E.O’, Raxmonov Z.M. Yonbosh ichak neyroendikrin sistemasning ontogenezi va reaktiv o’zgarishlari. Monografiya
3. Teshayev Sh. J., Husanov E.O’, Ortiqbayeva N.T. Tayanch – harakat a’zolarining vazifaviy anatomiyasi O’quv qo’llanma
4. Husanov E.O’, Mamataliyev A.R., Korjavov Sh.O. Bosh va bo’yin sohalarining topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi O’quv qo’llanma
5. Raxmonov Z.M., Oripov F.S. Gross and Microscopic Anatomy of the Vater Papilla (Hepatopancreatic Ampulla) in Animals with and without Gall Bladder.// American Journal of Medicine and Medical Sciences 26.01.2020, 10(1), Стр. 55-58 Ilmiy maqola
6. Korjavov Sh,O, Mamataliyev A.R. Актуальность судебно-медицинского установления возраста в практике врача морфолога.// Proceedings of the XXII International Scientific and Practical Conference International Trends in Science and Technology Vol.2, February 28, 2020, Warsaw, Poland, Стр. 38-41 Ilmiy maqola
7. Islamov Sh.E., Kamalova M.I. Foernsic evaluation of A Thermal Injury.// International Journal of Bio-Science amd Bio-Technology, Vol. 12, Issue -03, March 2020, P. 96-99 Ilmiy maqola
8. Mustafoyev Z.M. Comparison of OpenMP and Pthread in Cluster system.//International Trends in Science and Technology Vol.1, April 30, 2020, Warsaw, Poland, Стр. 10-14 Ilmiy maqola
9. Khusanov E.U., Yuldasheva A.Sh. Performance analysis of Merge sort algorithm using MPI and OpenMP.//International Trends in Science and Technology Vol.1, April 30, 2020, Warsaw, Poland, Стр. 14-17 Ilmiy maqola
10. Ismoilov O.I., Mamataliyev A.R. Влияние марганца на рост и развитие растений под влиянием фтористых соединений; International Trends in Science and Technology Vol.1, April 30, 2020, Warsaw, Poland, Стр. 46-51 Ilmiy maqola
11. Toshmamatov B.N., Korjavov Sh,O. Use Of Bentolite Of The Azkamar Deposit For Mineral Nutrition.// International Journal of Research, Volume 07 Issue 04, April 2020, Стр. 596-604 Ilmiy maqola
12. Korjavov Sh,O, Mamataliyev A.R. Антропометрические показатели физического развития у детей до 5 лет в Самаркандской области. // Scientific Research in XXI Centure, Ottawa, Canada, 16-18 may, 2020, Стр. 250-258 Ilmiy maqola
13. Toshmamatov B.N., Sultanbayev Sh.A. Морфофункциональные особенности организма, регенераторный потенциал кожи и пути их коррекции у белых крыс заключительного периода онтогенеза.
“Ўзбекистонда илмий-амалий тадқиқотлар” мавзусидаги Республика 15 – кўп тармоқли илмий масофавий онлайн конференция материаллари, 11 – қисм, Тошкент, 30.04.2020 й. Стр. 84 Tezis