1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi
Menu Close Menu

1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi

Каfedra mudiri, t.f.d., dotsent


Qabul vaqti: Dushanba-shanba 08:00 dаn 14:00 gacha
Tel: (91) 537-14-38
E-mail: khudoyarovadildora1971@gmail.com
Manzil: Samarqand sh., Anqaboy ko'chasi,6

Kafedra a'zolari


F.I.SH Lavozimi
Xudoyarova D.R. Кafedra mudiri, t.f.n.,dotsent
Zokirova N.I. Professor
Zokirova F.I. Dotsent
Karimova G.S. O’qituvchi
Kurbaniyazova V.E. o’qituvchi
Kamalova D.D. o’qituvchi
Xasanova D.A. o’qituvchio’qituvchi
Xomidova Sh.M. o’qituvchi
Askarova F.Q. o’qituvchi
Mamasoliyeva N.A. o’qituvchi
Shavazi N.N. PhD, O’qituvchi
Todjiyeva N.I. o’qituvchi
Tilyavova S.A. Stajyor- o’qituvchi
Bazarova Z.Z. Stajyor- o’qituvchi
Hamrayeva L.Q. O’rindosh dotsent
Ibragimov B.F. O’rindosh dotsent
Eltazarova G.Sh. Dotsent, o’qituvchi
Azimova K.I. o’qituvchi
Isroilova G.P. o’qituvchi
Vafayeva I.M. o’qituvchi
Azimova D.A. o’qituvchi
Nazarova N.A. o’qituvchi
Amonova M.F. o’qituvchi
Atayeva F.N. o’qituvchi
Fozilova M.O. o’qituvchi
Tugizova D.I. o’qituvchi
Indiaminova G.N. o’qituvchi
Ablakulova Sh.D. o’qituvchi
Oripova A.F. Stajyor- o’qituvchi
Tangirova Y. o’qituvchi

KAFEDRA TARIXI


  Kafedra 1932 yil tashkil qilingan bo’lib, shu yilda birinchi kafedra mudirligiga Aleksandr Vasilyevich Polyakov tayinlandi va 1942 yilgacha kafedrani boshqardi. Bu davrda kafedra xodimlari tug’ruqni operativ olib borish usullarini mukammallashtirish, eklampsiyani oldini olish, bachadon yorilishlarining profilaktikasi, homilador ayollarda tuberkulyoz va bezgakni davolash muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib borishgan. (R.S.Mirsagatova, 1935, va boshq.). Bu vaqt mobaynida uning rahbarligida Ye.S.Akopyan 1937 yilda kandidatlik ishini va 1941 yilda doktorlik dissertasiyasini yoqladi.
  1942 yildan – 1949 yilgacha bo’lgan davrda kafedraga Yervan Sergeyevich Akopyan boshchilik qildi. U A.D.Stepanovaning kandidatlik dissertasiyasiga rahbarlik qildi.
  1949 yilda Yevgeniya Iosifovna Ioffe-Golubchik kafedra mudirligiga saylandi va 1959 yilgacha kafedrani boshqardi. Uning rahbarligida I.Z.Zokirov (1953), Z.M.Rasuli (1957), V.F.Farxadi (1957), M.A.Nabieva (1958), A.X.Abramovalar (1958) kandidatlik dissertasiyalarini yoqladilar.
  1959 yilda tibbiyot fanlari nomzodi I.Z.Zokirov kafedra mudirligiga tayinlandi va kafedraga 1999 yilgacha, ya'ni 40 yil davomida rahbarlik qildi.
  Oltmishinchi yillarni boshida kafedraning asosiy ilmiy izlanishlari Botkin kasalligi bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug’ruqni kechishi mavzusiga qaratildi. I.Z.Zokirov tashabbusi bilan sobiq ittifoqda birinchi bo’lib yuqumli kasalliklar shifoxonasida virusli gepatit bilan og’rigan homiladorlarni davolash uchun ixtisoslashgan bo’lim ochildi. U bu bo’limda ilmiy izlanishlarini davom ettirib 1965 yilda “Botkin kasalligini homiladorlik, homila va chaqaloqqa ta'siri” mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqladi. I.Z.Zokirovga 1967 yilda professorlik unvoni berildi. Bu fundamental tekshirishlarni kafedra aspirantlari va pedagoglari davom ettirdi. Natijada shu mavzuda I.Z.Zokirov “Botkin kasalligida homiladorlik va revmatizm mavzusi ustida olib borildi. Bu mavzu muammolarini I.Z.Zokirov va kafedra xodimlari D.Z.Shokirov, L.M.Mardonov, har tomonlama o’rganib chiqdilar va 1979 yilda “Homiladorlik va revmatizm” nomli monografiya nashr etildi. 1960 yillardan boshlab kafedra xodimlari e'tiborini o’sha vaqtlarda kam o’rganilgan mavzulardan biri ya'ni gestozlar mavzusi jalb eta boshladi. I.Z.Zokirov, R.M.Xaitov, F.Yu.Garib bu mavzudagi ilmiy tekshirishlarni kengaytirib, bu kasallikdagi immunologik tekshirishlar natijasi monografiya qilib nashr etildi. I.Z.Zokirov rahbarligi davomida yuqorida ko’rsatilgan mavzulardan tashqari, akusherlikning muhim muammolari ustida, ya'ni homiladorlik va anemiya, trofoblastik kasalliklar, muddatdan avvalgi tug’ruq, normal joylashgan platsentani barvaqt ko’chishi, akusherlikda septik yallig’lanish, kesar kesish operatsiyasi, tor chanoq, akusherlik qon ketishlari, perinatal patologiyalar hamda ginekologik kasalliklardan bachadondan disfunksional qon ketish, bachadon fibromiomasi, tuxumdon o’smalari va bir qancha mavzularda ilmiy izlanishlar olib borildi va seminarlar o’tkazildi. I.Z.Zokirov rahbarligidagi oxirgi 40 yil mobaynida kafedrada zamonaviy akusherlik talablariga mos keladigan yetuk ilmiy amaliy va pedagogik maktab yaratildi. Kafedra xodimlarining ko’p qirrali izlanishlari natijasida I.Z.Zokirov rahbarligida 52-ta kandidatlik va 5-ta doktorlik dissertasiyalar yoqlandi. 1995 yilda I.Z.Zokirov UzR FA akademigi lavozimiga saylangan.
  1999 yil oktyabr oyidan boshlab kafedraga t.f.d., dotsent N.I. Zokirova kafedra mudiri etib saylandi. N.I. Zakirova rahbarligida 5 ta kandidatlik dissertasiyasi yoqlangan. Ular tomonidan 270 ortiq ilmiy maqolalar O‘zbekiston va chet el nashriyotlarida chop etilgan. 46 ga yaqin tavsiyanomalar nashr etilgan.
  Kafedra xodimlari FIGO, EIGO, USAID, AUCC, IAPIEGO va bir nechta ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy ishlarni olib borganlar.
  1942 yildan boshlab, SamTI da talabalar ilmiy kengashi faoliyat boshladi. Uning rahbari sifatida turli davrlarda turli tajribali olimlar ish olib borganlar. 1956 yilda prof. L.P.Lapin, 1957-1963 yillarda Medvedov N.I., 1963-1965 yillarda I.Z.Zokirov, 1965- 1966 yillarda P.Karlenko, 1966-1973 yillarda P.Z.Zavesa, 1973-1975 yillarda A.I.Britun, 1975-1978 yillarda V.A.Blinov, 1978-1979 yillarda S.P.Sadikov, 1979-1985 yillarda G.S.Vafakulova rahbarlik qilganlar. Keyingi yillarda talabalar ilmiy to’garagiga tajribali murabbiy, ajoyib ustoz dotsent Melikulov X.M. rahbarlik qilgan. 1999 -2017 yy. kafedrani boshqargan.
  Kafedrada tibbiyot fanlari doktori N.I.Zokirova birgalikda akusherlik va ginekologiya fanining aktual muammolari ustida ilmiy izlanishlarini davom ettirgan. Assistent I.J.Jumaev «Egiz homiladorlikda homilaning antenatal rivoji va tug’ruq natijalari» mavzusida, aspirant Sadikova N.N. «Kesar kesish operatsiyasini boshdan kechirgan ayollarda homiladorlik va tug’ruqning kechishi» mavzusidagi dissertasiyalarini tugatgan.
  Kafedrada yangi o‘qitish uslublarini amaliyotga joriy etish ishlari o’quv jarayonlariga qo‘llanilgan.
  Kafedrada yetishib chiqqan mutaxassislar rivojlangan chet el davlatlarida akusher-ginekologiya xizmati sohasida muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqdalar. Jumladan Alekseyeva A.V. va Rustamov O.S. lar Buyuk Britaniyadek eng taraqqiy etgan mamlakatda ishlayotgan oz sonli O’zbekistonlik vrachlar orasidadir.
  2003 yilda akademik Islom Zaxidovich Zokirovning 75 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya kafedra mudiri, t.f.d. Zokirova N.I., shuningdek kafedra xodimlarining sa’y harakatlari bilan tashkil etildi. Unda hamdo’stlik mamlakatlari va chet ellardan va vatanimiz tibbiyot institutlaridan ilg’or olimlar qatnashdilar.
  2018 yildan 1–son akusherlik va ginekologiya kafedrasini t.f.d. Xudoyarova Dildora Raximovna boshqarib kelmoqda. O‘quv-uslubiy qo‘llanma-6, uslubiy qo‘llanma-6, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan. 2 ta ilmiy ixtirolar, 2 patent qo’lga kiritgan. «Повышение качества медицинского обслуживания в отдаленных регионах Узбекистана » innovatsion proyekt, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” II Respublika tanlovida o‘z innovasion loyihasi bilan g‘olib bo‘lgani uchun Diplom bilan taqdirlangan.
  Bugungi kunda kafedrada 10 nafar magistrlar tahsil olmoqda. Samarqand Davlat meditsina instituti 1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasida o‘quv jarayonlari mt.sammi.uz platformasi tizimida amalga oshiriladi. Mazkur o‘qitish tizimi O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'lim sifatini oshirish va uni Yevropa hamda dunyo ta'limiga integratsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 maydagi PQ-2534 sonli qaroriga muvofiq tuzilgan.
  Bugungacha kafedra xodimlari ilmiy salohiyatini oshirib borish maqsadida hamkorlikda xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish va akusher- ginekolog mutaxassislar uchun xorijiy olimlar ishtirokida konferensiyalar tashkil etildi. 2019 yil 6 may kuni SamDMI kichik «Актуальные вопросы акушерства и гинекологии: проблемы и пути их решения». Seminar mehmoni Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan vrach, tibbiyot fanlari doktori, professor, Pirogov nomli Rossiya ilmiy tekshirish Tibbiyot unversetiti akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor, Dobroxotova Yu.E. va Pediatriya fakulteti gospital jarrohlik kafedrasi mudiri t.f.d., prof. A.A. Shyogolevlar ishtirokida xalqaro anjuman o’tkazildi.

Chapdan o‘ngga qarab: Yusupov Sh.A., Dobroxotova Yu.E., Shamsiyev A.M., A.A. Shyogolev, D.R. Xudoyarova

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar institut ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo’yicha prorektori tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Kafedrada ma'naviyat xonasi mavjud bo’lib, O’zbekiston ramzlari va Prezident Mirziyoyev Sh.M. portretlari mavjud. Har payshanba kuni kafedraning ma’sul assistenti Tilyavova S.A. boshchiligida kafedra xodimlari va talabalar bilan yo’riqnoma asosida ma'naviyat soatlari uzluksiz olib boriladi, bayonnomalarga qayd etiladi.
  Kafedrada kuratorlik guruhlari mavjud bo’lib, barcha guruh rahbarlari o’ziga biriktirilgan talabalar bilan muntazam uchrashuvlar o’tkazadi. Ijarada yashovchi talabalarning yashash manziliga borib ijarachilar bilan uchrashadi. Bundan tashqari qish mavsumida yong’in xavfsizligiga rioya qilish maqsadida ijarada yashovchi talabalar uyiga borib elektr va tabiiy gazdan foydalanish bo’yicha xavfsizlik chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Qishki ta'tilda boshqa viloyat va tumanlardan kelgan talabalarni uyiga jo’natish bo’yicha, ularni xavfsizligini ta'minlash borasida bir qancha tashkillashtirilgan ishlar amalga oshiriladi Kafedraga biriktirilgan barcha guruh kuratorlarining ish rejalari va uchrashuv bayonnomalari, albomlari mavjud.

Аss. Кamalova D.D. kuratorlik guruhi bilan 1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasida

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


Kafedrada o’quv-uslubiy ishlar reja asosida olib boriladi. Ilmiy salohiyat—20%. 1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasida 2018-2020 yil mobaynida nash qilingan monografiya, o’quv-uslubiy qo’llanmalar ro’yxati:

Mualliflar

Monografiya, o’quv qo’llanma, uslubiy tavsiyanoma.

1 Eltazarova G.Sh. Gestatsiyaning infeksiyalar fonida kechishi va oqibatlari (monografiya)
2 Eltazarova G.Sh. Reproduktiv yoshda ko’p uchraydigan infeksiyalar va OIV/OITS ning o’rni hamda homiladorlik asoratlari (o’quv-uslubiy qo’llanma)
3 Eltazarova G.Sh. Homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmidagi hamda tug’ruqdan keyingi erta qon ketishlar (o’quv-uslubiy qo’llanma)
4 Azimova K.I.,Juraeva G.E.,Indiaminova G.N., Safarova L.А. Ginekologiya amaliyotida endometrioz muammosining holati (o’quv-uslubiy qo’llanma)
5 Indiaminova G.N.,Juraeva G.E.,Azimova K.I.,Tugizova D.I. Bepushtlik muammosining zamonaviy aspektlari (o’quv-uslubiy qo’llanma)
6 Shavazi N.N. Homila pardalarining muddatidan oldin yorilishini prognoz qilish usuli (metodik tavsiyanoma)
7 Xudoyarova D.R., Todjiyeva N.I., Azimova K.I., Kobilova Z.A., Nazarova N.A. “Homila vaziyati va oldinda yotuvchi qismining noto’g’ri joylashuvlari”(o’quv-uslubiy qo’llanma)

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, yosh olimlarimiz tadqiqot ishlarini olib borishda ilg’or qadamlarni qo’ymoqdalar. Kafedra assistentlari OAK, Google scholar va Scopus jurnallarida maqola va tezislarini chop etib sertifikat va diplomlar bilan taqdirlanmoqdalar.2020 yilda chop qilingan maqolalar jami 57 ta bo’lib, shulardan Respublikada: jurnallarda—12 ta, kinferensiyalarda—2 ta; xorijda: jurnallarda—18 ta, konferensiyalarda—19 ta. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 6 ta.

  Kafedramiz doktoranti Shavazi N.N. joriy yil 7 avgust sanasida Akusherlik va ginekologiya (14.00.01) ixtisosligi bo’yicha “Прогнозирование и профилактика преждевременного излития околоплодных вод при недоношенной беременности” mavzusidagi dissertasiyani yoqladilar va PhD ilmiy darajasiga ega bo’ldilar. Hozirda kafedrada 1 ta DSc va 7 ta PhD ilmiy darajasini olish uchun kafedra assistentlari ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Bundan tashqari 1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasida quyidagi ratsionalizatorlik takliflari va EVM-dasturlar ishlab chiqilgan va ishga tadbiq qilingan:

Mualliflar

Ixtiro, patent, EHM programmalari, ratsionalizatorlik takliflarining nomi

1Xudoyarova D.R., Tilyavova S.A., Djurabekova S.T., Kobilova Z.A., Shopulotov Sh.A.Geymifikatsiya asosida tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida "Akusherlik va ginekologiya" fanini o‘qitishni takomillashtirish dasturi (EHM dastur)
2Shavazi N.N."Erta tug'ishning oldini olish uchun akusherlik Pessariysidan foydalanish»
(Ratsionalizatorlik taklifi)
3Shavazi N.N."Erta tug'ilishni prognoz qilish algoritmi va amniotik suyuqlikning erta ketishi»
(Ratsionalizatorlik taklifi)
4Ibragimov B.F, Xudoyarova D.R., Agababyan L.R., Kobilova Z.A. «Tuxumdonlar polikistozi sindromida bepushtlikni davolashni tanlash dasturi (ЭHM dastur)
5 Xudoyarova D.R., Tilyavova S.A.“Giperaktiv siydik pufagi va siydik tutolmaslik tashxisini takomillashtirish dasturi”
(ЭHМ dastur)