×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

DKTF stomatologiya kafedrasi

ABDUVAKILOV JAXONGIR UBAYDULLAYEVICH
Kafedra mudiri t.f.d.


Qabul vaqti: dushanba-juma 15:00
Tel: +998983013332
E-mail: Dr.jahongir@bk.ru
Manzil: Toshkent shahar Yunusobod, Farog’at 5- tor ko’chasi , 30 uy

Kafedra a'zolari


F.I.SH Lavozimi
Abduvakilov Jaxongir Ubaydullayevich Kafedra mudiri t.f.d.
Nazarova Nodira Sharipovna Dostent
Ravshanov Isroil Ravshanovich Assistent
Xasanov Ilxom Xasanovich Assistent
Musayeva Gulchehra Abduxamidovna Assistent

KAFEDRA TARIXI


  Stomatologiya kursi 2005 yil SaMDTI rektori professor Shamsiyev A.M.ninig №92-U sonli buyrug’iga asosan VMOF tarkibida Stomatologiya kursi tashkil etildi.
Stomatologiya kursiga Xolbayev A.A. rahbar etib tayinlandi.
Xolbayev A.A. ushbu kursga 2005 yil 1 apreldan 2017 yil 13 fevralga qadar kurs mudiri lavozimida faoliyat yuritdi.
2017 yil mart oyidan kurs mudirligiga Xolbayev U.A. tayinlandi.
2018 yil 24 aprel oyidan 2020 yil 1 iyulga qadar kurs vazifasida Nazarova N.Sh. faoliyat yuritgan.
2020 yil 1 iyuldan SamDTI rektori Rizayev J.A. tashabbusi bilan kurs Stomatologiya kafedrasiga aylantirildi. Kafedra mudiri etib t.f.d. Abduvakilov Jaxongir Ubaydullayevich tayinlandi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Stomatologiya kafedrasi har doim ijtimoiy-madaniy, ma'rifiy, uslubiy va ilmiy xarakterdagi institutdagi tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishda faol ishtirok etadi.

  Xodimlarimiz nazariy va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida “ASIA STOM PLUS” firmasi Turkiya davlati GULSA kompaniyasi hamkorligida «Metallokeramika qoplamalarini zamonaviy tayyorlash usullari» mavzusida mahorat darslari o’tkazdi va qatnashuvchilarni sertifikatlar bilan taqdirladi.
  Kafedra xodimlari Abduvakilov Jaxongir Ubaydullayevich, Nazarova Nodira Sharipovna, Ravshanov Isroil Ravshanovich, Xasanov Ilxom Xasanovich, Musayeva Gulchehra Abduxamidovna kursantlar bilan individual suhbatlar, qiziqarli va zamonaviy mavzularda prezentatsiya va videoroliklar ko’rsatiladi.
  Bo'sh vaqtlarida kafedra professor-o'qituvchilari kursantlar, magistr va klinik ordinatorlar uchun shahar muzeylari, ko'rgazmalari va teatrlariga ekskursiyalar uyushtirishadi, institut tomonidan o'tkaziladigan tadbirlarda faol qatnashadilar.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Professor-o'qituvchilar jamoasi muntazam ravishda monografiyalar, o'quv qo'llanmalar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, uslubiy tavsiyanomalar, maqolalar va tezislarni nashr etadilar.
  1. Nazarova Nodira Sharipovna, Ravshanov Isroil Ravshanovich, Musayeva Gulchehra Abduxamidovna “Periodontitlar va ularni davolash usullari” Samargand 2018, o'quv-uslubiy qo'llanma.

  2. Nazarova Nodira Sharipovna, Ravshanov Isroil Ravshanovich, Musayeva Gulchehra Abduxamidovna “Stomatologik kasalliklarni diagnostikasi va davolash standartlari asosida amaliyotda qo’llaniladigan tekshirish usullari”

Samargand 2018, o'quv-uslubiy qo'llanma.

  3. Nazarova N.Sh. “Tamaki yetishtiruvchlarda OBShQ va paradont kasalliklarining kechishi” Samargand 2020, o'quv-uslubiy tavsiyanoma.

 4. Nazarova Nodira Sharipovna, Ravshanov Isroil Ravshanovich, Musayeva Gulchehra Abduxamidovna “ OBShQda uchraydigan kasalliklar” Samargand 2018, o'quv qo'llanma.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kafedra muntazam ravishda tadqiqotni reyting baholash ishlarini olib boradi. Shuningdek, har yili kafedra o'qituvchilari attestatsiyadan o'tadilar va chet tili va axborot texnologiyalarini bilish darajasini aniqlash uchun test sinovlaridan o'tadilar.
  Bugungi kunda kafedrada o'zining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan assistentlar:
1. Nazarova N.Sh.- ilmiy izlanuvchi;
2. Xasanov I.X. - ilmiy izlanuvchi;
  Kafedra xodimlari respublika va xalqaro konferentsiyalarda qatnashadilar, viloyat, respublika va xalqaro nashrlarda maqola va tezislarini nashr etadilar.

  Assistent-o'qituvchilar har yili kursantlarni o'tkaziladigan ilmiy-amaliy konferentsiyasiga tayyorlaydilar, va respublika, yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida bir necha bor ma'ruzalar qildilar.

  Stomatologiya kafedrasi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyat olib boradi:
  Terapevtik stomatologiya, ortopedik stomatologiya, xirurgik stomatologiya, ortodontiya, bolalar stomatologiyasi, tish implantologiyasi.