DKTF ichki kasalliklar kafedrasi
Menu Close Menu

DKTF ichki kasalliklar kafedrasi

t.f.n., dotsent


Qabul vaqti: Dushanba - Shanba 14:00
Tel: (998) 936801225
E-mail: vmofichkikas.km@mail.ru
Manzil: Mirzo Uluǵbek kóchasi 70.

Kafedra a'zolari


F.I.SH Lavozimi
Djabbarova Nafisa Mamasoliyevna assistent
Ismailov Jamshid Abduraimovich assistent
Ismoilova Yulduz Abduvohidovna assistent

KAFEDRA TARIXI


  DKTF ichki kasalliklar kafedrasi 1982 yil tashkil topgan.Kafedra bazasi Samarqand tibbiyot instituti №2 klinikasi bo’lgan
Birinchi kafedra mudiri

t.f.n., dotsent Davidyan A.A.

1986-1988 yillar t.f.d., dotsent Jalolov T.M.

Keyinchalik kafedra tibbiyot fanlari doktori, dotsent Jalolov T.M., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Adilova N.A., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Davidyan A.A., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Suvanov M.S., tibbiyot fanlari doktori, dotsent Sattorov R.R.lar tomonidan boshqarildi.

1991-1996yillar t.f.n., dotsent Suvonov M.S.

1996-1999 yillar t.f.d., dotsent Sattorov R.R.

  1999 yildan 2017 yilgacha kafedra mudiri Tadjiyev F.S.bo’lgan.

  Kafedra tarkibida 1994 yildan 2004 yilgacha "Funktsional diagnostika" kursi faoliyat ko'rsatdi, unga t.f.n., dotsent Valiyeva R.U. rahbarlik qildi.
  Shuningdek, 2005 yildan 2016 yilgacha kafedrada VMOF klinik laboratoriya diagnostikasi kursi faoliyat ko'rsatdi, uni t.f.n., dotsent Xoliqov K.M. olib bordi.
"Terapiya va laboratoriya diagnostikasi" kafedrasida tibbiyot fanlari doktori, prof. Tadjiev F.S., t.f.n., dotsent Adilova N.A., t.f.n., dotsent Xoliqov K.M.
  Kafedra Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligining Pulmonologiya ilmiy-tadqiqot instituti, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Pulmonologiya va ftiziatriya ilmiy-tadqiqot instituti, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
  2017 yildan hozirgi kungacha kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Agababyan I.R.rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi kunda ichki kasalliklar kafedrasida tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Agababyan I.R. assistentlar Djabbarova N.M., Ismoilov J.A., Axrorova Z.V., Qobilova N.A. va Ismoilova Yu.A. Kafedraning bazasi hozirda Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazida joylashgan.
  Kafedra faoliyati Samarqand viloyati terapevtlari va boshqa tor soha vrachlkarining ichki kasalliklar bo’yicha bilimlarini oshirishga, birlamchi ixtisoslashtirish va qayta tayyorlashga qaratilgan. O'z faoliyati davomida kafedra xodimlari 5000 dan ortiq vrach-terapevtlarni va boshqa soha shifokorlarini malakasini oshirdilar

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha kafedrada ma’sul qilib ass Ismailova Yu.A. tayinlangan. Kafedramizda kursantlar bilan xaftaning har payshanba kuni axborot soati o'tkazilib tinglovchilarga va kafedra xodimlariga yurtimizda va xorijda bo'ladigan yangiliklar xaqida batafsil ma’lumot berib boriladi.
  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari ,Qarorlari Vazirlar Maxkamasi qarorlari,buyruqlari to'liq muxokama etiladi, bajariladi.

  Kafedramiz xodimlari institutimizdagi asosiy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda.

  Viloyatlar va tumanlarda kafedra xodimlari Covid 19 pandemiyasi profilaktikasi va davolashda faol ishtirok etishdi.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedrada o'quv-uslubiy ishlar O'zbekiston Respublikasining ta’limga oid me’yoriy huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan:
1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni (1997 yil 29 avgust).
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avgust).
3. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 26.02.2018 yildagi 125-son buyrug'i. "Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini boshqarish va tashkil etishga qo'yiladigan davlat talablari".
4. "Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4310-son(06.05.2019 y)
5. "Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4666-son (2020 yil 7 aprel)
6. Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini tashkil etish to'g'risida”gi SSVning 160-son buyrug’i. (15.06.2020).
7. Fanlar bo'yicha na’munaviy va ishchi dasturlar.

  Kafedra faoliyati ularning rivojlanishini takomillashtirish, boshlang'ich ixtisoslashuvni olib borish, ularga yangi tadqiqot usullari va zamonaviy davolash standartlarini o'rgatishga qaratilgan. SVKTMM da zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan. FPDO tinglovchilarini terapiyada takomillashtirish uchun GP shifokorlari, KVP va poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlari, tegishli tor mutaxassislar uchun 8 tsikl uchun o'quv dasturlari mavjud.

  Tinglovchilarni o'qitish uchun prezentatsiya shaklida taqdim etilgan ma'ruza materiallari, amaliy mashg'ulotlar rejasi, test savollari va amaliy ko'nikmalar ro'yxati mavjud.
  Ma'ruzalar kafedra mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent I.R.Agababyan tomonidan o'qiladi. Amaliy va seminar mashg'ulotlarini assistentlar J.A.Ismoilov, N.M.Djabbarova, Yu.A.Ismoilova olib boradilar.

Dots.I.R.Agababyan ma'ruza o'qimoqda.

  Joriy nazorat kursantlarning mashg'ulotlar davomida og'zaki so'rovi va amaliy ishlari bilan amalga oshiriladi.
  So’nggi ikki yilda tinglovchilar uchun 2 ta uslubiy qo’llanma nashr ettirilgan:
1. Agababyan I.R., Shodiyeva G.R. «Mesto i rol' perifericheskikh vazodilatatorov v komplesnom lechenii khronicheskoy serdechnoy nedostatochnosti» Samarqand 2019 y., 36 bet. - Uslubiy qo'llanma. Diplomdan keyingi ta'lim fakulteti kursantlari - terapevtlar, kardiologlar uchun.
2. Agababyan I.R., Agababyan L.R.«Beremennost' i rody u zhenshchin s vrozhdennymi porokami serdtsa» Samarqand 2019 y.,20 bet.- Uslubiy qo'llanma. Diplomdan keyingi ta'lim fakulteti kursantlari - terapevtlar, kardiologlar uchun.

Dotsent I.R.Agababyan tinglovchilar bilan bemorlar ko’rigida

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kafedraning asosiy ilmiy yo'nalishi: muammolari, komorbid xolatlarda surunkali yurak yetishmovchiligini diagnostika va davolash xususiyatlari,
  Ushbu yo’nalishdagi tasdiqlangan mavzular bo'yicha t.f.n., dots.I.R.Agababyan rahbarligida 3 ta PhD dissertatsiyasi ustida ishlar olib borilmoqda: assistent Ruziyeva A.A., Ismailov J.A. va Soleeva S.Sh.
Kafedra xodimlari tomonidan monografiyalar, 30 dan ortiq uslubiy va ilmiy ishlanmalar, 400 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etilgan. 1 ta ixtiro ishlab chiqildi.
Kafedrada so’nggi yilda bitta monografiya tayyorlandi:
Agababyan I.R. «Khronicheskaya serdechnaya nedostatochnost'. Noviye aspekti patogeneza i lecheniya».. Toshkent, 2019 yil, 158 bet
Ilmiy nashrlar (2019-2020 y.)

Kafedra xodimlari xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib borishadi.