DKTF nevrologiya va neyroxirurgiya kursi
Menu Close Menu

DKTF nevrologiya va neyroxirurgiya kursi

XАKIMOVА SOXIBА ZIYADULLAYEVNА
Kurs mudiri, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba-Yakshanba: 08:30-14:00
Tel: (998) 905058936
E-mail: hakimovasohiba@list.ru
Manzil: Samarkand sh., Ogahiy k., 54 uy

  Kvalifikatsiyasi: «Nevrologiya» yoʼnalishi boʼyicha tibbiyot fanlari nomzodi
Oʼqish muddatlari: 24 kun (144soat), 12kun (72soat), 9 kun (54soat), 6 kun (36soat)
O’qish shakli: kundizgi

  Kurs shugʼullanadi.
  Kurs faoliyatidagi asosiy maqsadi- Sogʼliqni saqlashdagi mutaxasislarni tasdiqlangan Taʼlim dasturlari asosida kasbiy bilimlarini oshirish, amaliy koʼnikmalari va ularni takomillashtirish, yangi mutaxasislar mexnat vazifalar bajaruvchilarni tayyorlash.

  Kursning vazifasi:
• tibbiyot xodimlarining mahalliy va xorijiy tibbiyot fanlari va texnologiyalari yutuqlari, xorijiy ilg'or tajribalar va mehnatni ilmiy tashkil etish to'g'risida yangi bilimlarni olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish 
• zamonaviy tibbiyot fanlari va yuqori tibbiyot texnologiyalarining yutuqlaridan foydalangan holda, Sog'liqni saqlash vazirligida belgilangan tartibda tasdiqlangan ta'lim dasturlariga muvofiq tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlashni o'tkazish;
• rezidentlik dasturlari bo'yicha o'qitish;
maslahat faoliyati.


KURS A'ZOLARI


F.I.SH Lavozimi
Xakimova Soxiba Ziyadullayevna dotsent t.f.n.
Samiyev Asliddin Sayitovich assistent t.f.n.
Xamraqulova Faraxnoz Murodovna assistent
Yo’ldashev Shavqiddin Sayfiddinovich dotsent v.b, t.f.n.

KAFEDRA TARIXI


  Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni Saqlash Vazirligi, xamda SamMI rektori vrachlar malakasini oshirish fakulteti qoshida 1 yanvar 1983 yilda Nevrologiya kursi tashkil qilingan. 1983 yildan 1995 yilgacha klinik baza boʼlib, SamMI №2 klinik xisoblangan.
  Birinchi kafedra mudiri professor Аslanov Аnvar Mamanovich boʼlgan. Professor Аslanov Аnvar Mamanovich 22 iyunь 1941 yilda tugʼilgan.
  Аslanov А.N. Samarqand meditsina institutini 1964 yilda tugatgan. Shu yili Nevrologiya kafedrasida klinik ordinaturaga kirgan. 1969 yilda kandidatlik dissertatsiyasini yoʼqlagan, 1980 yilda – doktorlik dissertatsiyasini yoʼqlagan.
Prof. Аslanov А.M. faoliyati davomida 4 ta kndidatlik dissertatsiyasiga ilmiy raxbarlik qilgan. Uning 77 tadan ortiq ilmiy maqolalari, 8 ta ilmiy metodik qullanmasi, 2 ta monografiyasi: «Nasliy kasalliklar» va«Bolalar va Ataksiya», Oʼzbek tilida “Аsab kasalliklari” darsligi bosmadan chiqqan.
  А.M Аslanovning taqsinga sazovorli ishlaridan: 1969 yildagi « Revmatik xoreyada mis va temir almashinuvi» mavzusidagi kandidatlik dissertatsion ishi. 1981 yilda ximoya qilgan « Bolalardagi muvofiqlashtirish funktsiyalari va ularning buzilishlarining sistemogenezi» mavzusidagi professor L.O Badalyan boshchiligidagi doktorlik dissertatsiyasi. 1989 yilda professor А.M.Аslanov tomonidan «Bolalar va Ataksiya » nomli oʼquv qoʼllanma — Tashkent: Meditsina UzSSR, 1989. — 159 s. (B-ka praktich. vracha) chop etilgan. Professor Аslanov А.M. nevrologiya kafedrasini 2001 yilgacha boshqargan.
  1995 yilda Nevrologiya kafedrasi kursga aylantirilgan va kurs mudiri etib professor Аlaev Boris Аzarovich faoliyat olib borgan. Аlaev Boris Аzarovich 1943 yilda tugʼilgan. 1995 yilda nevrologiya kursi birinchi son shaxar klinik shifoxonasi nevrologiya boʼlimiga koʼchirilgan.
  204-u (1998 yil 29 iyun) sonli buyruq asosida nevrologiya kursiga fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya kursi qoʼshiladi va Nevrologiya, fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya kafedrasi deb tashkillanib, professor А.M. Аslanov tomonidan boshqarilgan.
  Nevrologiya kafedrasida professor А.M.Аslanov va B.А.Аlaevlar faoliyati tufayli ilmiy-klinik maktab yaratildi, bunda bir necha ilmiy izlanuvchilar va klinitsistlar avlodi shakllantirilib, vertebrologiya va boshqa xarakat buzulishlari, kognitiv buzulishlar, neyrogen ogʼriqli sindromlar kabi yoʼnalishlarda mamlakatimizning yetakchi oʼrinlarida turadilar. Ushbu maktab mutaxasislari nafaqat kafedrada ishlab qolmay, balkim turli xil ilmiy tashkilotlarda va Samarqandning turli tashkilotlarida va Respublikamizning turli viloyatlarida faoliyat olib bormoqda. Ushbu maktabning farqlanib turuvchi xususiyatlaridan boʼlib, klinik nevrologiya, neyrofiziologiya, neyroanatomiya va neyropsixologiyalarning bir butunligi asosida tizimli komplekslashagan yondashuvchanligidadir.
  Ushbu maktab asoschilari va tarbiyalanuvchilari faoliyati klinik nashrlar yaratishlari bilan ajralib turadi. Maktabning Ilmiy-izlanuvchanlik dasturi zamonaviy kontseptual va metodik yondashishlar, birikgan vrachlik va ilmiy yondashishning shakillantirishligidadir.
  2001- yildan kafedra yana nevrologiya kursiga aylantirilib, kurs mudiri, dots. Аskarova N.K. etib tayinlangan va 2002- yilgacha boshqargan.
  2002 yildan Nevrologiya kursiga fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya qoʼshilib, kurs mudiri etib dots. Samibaev R.M. tasdiqlangan.
  Rustam Matlyubovich Samibaev 1954- yilda tugʼilgan, 1971- yilda Samarqand Meditsina institutiga kirib, 1977- yilda aʼlo baxolarga tugatgan. Shu yili SamMI №2 klinikasi terapiya kafedrasida klinik ordinaturaga kirgan va keyinchalik shu yerda ordinator boʼlib ishlagan. 1981- yilda Moskvada aspiranturaga kirib, 1985- yilda “Vertebrogenik lumbosakral radikulopatiya uchun elektromiyografik tadqiqot usullari” mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini yoʼqlagan. 1999- yilda Samibaev R.M. xalq tabobati kursini tashkil qilgan va boshqargan. 2002-yildan Nevrologiya kursi mudiri etib tayinlangan. 2005-yilda R.M. Samibaevga dotsent unvoni berilgan. R.M. Samibaev 80 ortiq ilmiy ishlari chop etilib, ulardan 18 tasi xalqaro, 7 tasi ratsioanalazitorlik taklifi, 14 tasi metodik qoʼllanmadir. U bir qancha Moskva va Toshkentda o’tkazilgan Xalqaro konferentsiyalarga qatnashgan. Moskva, Kiev va Toshkent tibbiyot institutlarida malakasini oshirgan.
  1989 yilda Rustam Matlyubovich Samibaevga ilmiy ishlari uchun O'zbekiston Fanlar akademigi mukofoti laureati beriladi. 1ta kandidatlik disertatsiyasiga rahbarlik qilgan.
  2017-yildan DKTF nevrologiya va neyroxirurgiya kursi mudiri etib Xakimova Soxiba Ziyadullayevna tayinlandi. Xakimova Soxiba Ziyadullayevna 1967-yilda tugʼilgan. Xakimova S.Z. 1991- yilda SamMIni tugatib, 2009- yilda kandidatlik dissertatsiyasini: «Surunkali miya yarim ishemiyasi fonida yuz nervlarining neyropatiyasining klinik va nevrologik xususiyatlari » mavzusida ximoya qilgan. Malaka oshirish guvoxnomasi №302407567502 « Oliy tibbiy ta'lim tizimidagi innovatsion texnologiyalar » (36 soat) Rossiya Sogʼliqni Saqlash Vazirligiga qarashli FGBOU Аstraxan DMU 03.12.2018 yilda, Mutaxasislik sertifikati № TА0042 « Trenerlar uchun kirish kursi » Oliy tibbiyot oʼquv yurtlari kafedra oʼqituvchilari uchun (48 soat) 09.11.2019 yilda. 110 dan oritiq ilmiy maqolalar muallifi va xammuallifi, (shulardan 2-tasi monografiya) Surunkali ishemiya fonida kelib chiqadigan yuz nervi nevropatiyasi mavzusida, xamda diabetik entsefalopatiyalardagi venoz qon aylanishlarning oʼziga xos xususiyatlari. Bir qancha metodik qoʼllanma va metodik tavsiyanomalar muallifi va xammuallifidir: «Neyrobrutsellyoz» 2018, « Periferik asab tizimining shikastlanishi bilan surunkali og'riq sindromini reabilitatsiya qilish choralari » 2020, « Miya infarktiga chalingan bemorlarni diagnostikasi va davolash» 2019, « Neyrobrutsellyoz bilan kasallangan bemorlarning klinik va nevrologik xususiyatlari (psixovegetativ jihatlar) 2020 yil. Bir qancha xalqaro simpozium va konferentsiyalarda dokladlar qilgan, turli viloyatlarda sayyor sikllarda bir qancha maʼruzalar qiladi.
  Xozirgi vaqtda kursda quyidagi oʼqituvchilar faoliyat olib bormoqda: кurs mudiri, dots Xakimova S.Z. assistent, t.f.n. Samiev А.S. assistent Xamrakulova F.M. va dots. Yo’ldashev Sh.S.
  Kursda 2 ta doktorlik va 4 ta kandidatlik dissertatsiyasi ximoya qilingan.
  Kurs xodimlari tomonidan nevrologiyadan 3 ta oʼquv qoʼllanma –bittasi oʼzbek tilida. 12 ta monografiya va 300 dan ortiq ilmiy nashrlar nashriyotdan chiqqan.
Kursning ilmiy yoʼnalishi.
1. Periferik nerv sistemasi kasalliklari.
2. Neyroinfektsiya
  Nevrologiya kursida Samarqand, Djizzax, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Navoiy va Surxandaryo viloyatlari vrach nevrologlari malaka oshirishadi. Xakimova S.Z.

Turli yillarda kafedra mudirlari:

Professor A.M.Aslonov

Dotsent R.M.Samibaev

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Nevrologiya kursida kursantlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari yaxshi yoʼlga qoʼyilgan. Klinik ordinatorlar va kursantlarning, boʼlajak mutaxassislarning boʼsh vaqtlari ma’daniy ishlarda ham amalga oshiriladi. Kursning asosiy faoliyat yoʼnalishlaridan biri - yuqori axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqish, sogʼlom turmush tarziga ehtiyojni tarbiyalash, talabalarni institut madaniy tadbirlariga jalb qilish. Kafedrada maqsadlarga erishish uchun tajribali oʼqituvchilar orasidan guruhlarga kurator tayinlanadi. Kuratorlar rahbarligida kursantlar ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etishadi, ma’daniy hordiq chiqarishni tashkil etishadi, tarixiy obidalar va Samarqandning diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar.

  Jismoniy tarbiya va sportga katta eʼtibor beriladi. Klinik talabalar institut sport majmuasi negizida faoliyat yuritadigan tennis, shaxmat, futbol, basketbol, volleybol, milliy kurash, jang sanʼati, yengil atletika boʼyicha sport seksiyalariga qatnaydilar. Ular viloyat va Respublika miqyosidagi sport musobaqalarida ham faol qatnashmoqdalar. Sharq donoligi aytganidek - "Taʼlimni tarbiyadan va aksincha, tarbiyani taʼlimdan ajratib boʼlmaydi". Fakultetda har yili 200 dan ortiq mutaxassislar tayyorlanadi

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Fakultetda oʼquv-uslubiy ishlar Oʼzbekiston Respublikasining oʼquv-uslubiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan:
Oʼzbekiston Respublikasining Taʼlim toʼgʼrisidagi qonuni (1997 yil 29 avgust).
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avgust).
  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" 20.04.2017 yildagi PQ-2909-son qarori.
  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli "Oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" gi qarori
  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-sonli "Oʼzbekiston Respublikasida tibbiy taʼlim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" gi qarori;
  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi PQ-4310-sonli "Tibbiy va farmatsevtika taʼlimi va fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" gi qarori;
  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi UP-5590-sonli "Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar toʼgʼrisida" gi Farmoni;
  Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi 242-sonli "Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining boshqaruv va oʼqituvchilar tarkibining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" gi qarori;
  Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 04 apreldagi 174-sonli "Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" gi qarori;
  Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini boshqarish va tashkil yetishga qoʼyiladigan davlat talablari   Oʼz DSt 3322: 2018;
  Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining 2012 yil 12 iyundagi 170-sonli "Tibbiy (tibbiy) va farmatsevtika mutaxassisliklari va lavozimlari nomenklaturasini, qabul qilingan taʼlim darajasining Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarida almashtirilayotgan lavozimga muvofiqligini tasdiqlash toʼgʼrisida" gi buyrugʼi;
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining 2012 yil 12 iyuldagi 202-sonli "Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi muassasalarida shifokorlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning vaqti va tartibi toʼgʼrisida" gi buyrugʼi;
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining 2012 yil 12 iyuldagi 204-sonli "Tibbiy xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi taʼlim dasturlari mazmuniga qoʼyiladigan talablar va ularni tasdiqlash tartibi toʼgʼrisida" gi buyrugʼi;
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining 2012 yil 16 iyuldagi 210-sonli "Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida sertifikatlar va sertifikatlarni tayyorlash, saqlash va berish tartibini tasdiqlash toʼgʼrisida" gi buyrugʼi;
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining 2015 yil 13 noyabrdagi 445-sonli "Tibbiy mutaxassisliklar nomenklaturasiga, tibbiy lavozimlarga, shifokorlarning malakasini oshirish va ixtisoslashtirish muddatlari va tartibiga oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisida" gi buyrugʼi;
standart oʼquv dasturlari va boshqa normativ hujjatlar.
Kursning ilmiy manfaatlari: periferik asab tizimining kasalliklari, vertebrologiya, neyroinfektsiya.
Monografiyalar.
1. Badalyan L.O.Aslanov A.M. “Bolalar va Ataksiya” Toshkent: Tibbiyot UzSSR, 1989. - 159s.
2. Xakimova S. Z., Mavlyanova Z. F." surunkali miya ishemiyasi fonida yuz nervlarining nevropatiyasi xususiyatlari " Samarqand, 2010, 134s
3. Xakimova S. Z., Mavlyanova Z. F." diabetik ensefalopatiyada venoz qon oqimining xususiyatlari " Samarqand, 2020, 104s
4. Samiyev A. S." Bel sohasi spondilogen radikulopatiya reabilitatsiyasi tadbiri " Samarqand, 2020, 114S

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kurs xodimlarining ilmiy ishlari har doim ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sogʼliqni saqlash talablari bilan chambarchas bogʼliq holda amalga oshirilib kelinmoqda, hozirgi vaqtda bu fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat dasturida belgilangan muammolarni hal qilishga qaratilgan.
  Shunisi eʼtiborliki, kafedra xodimlari ilmiy izlanishlarini olib borish uchun grant olish uchun arizalar tanlovlarida qatnashadilar.
Soʼnggi 3 yil ichida yakunlangan tadqiqot ishlari natijalari boʼyicha 112 dan ortiq ilmiy ishlar nashr qilindi, shu jumladan 62 ta xorijda.

  Аbu Аli ibn Sino nomidagi TDMU yosh olimlar va talabalarning ilmiy –amaliy konferintsiya qatnashchilari.
Tojikiston Dushanbe

  Xalkaro ilmiy amaliy konferentsiya katnashchilari
«New Comprehension of the Role of Neuroprotection in the Prevention of the Post-stroke Vascular Cognitive Impairments» Italiya, Breshiya.

  Boʼlimning ixtirochilik faoliyati
2020 da boʼlim intellektual mahsulotni roʼyxatga olish sertifikatlarini ishlab chiqdi va oldi:
1. "Neyrobrucellyoz uchun diagnostika va davolash taktikasini tanlash dasturi", mualliflar: Xakimova S. Z., Mavlyanova Z. F., jurabekova А. T., Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan roʼyxatga olingan, 18.05.2020. raqam ostida DGU 08334
2. "Аsteniya zoʼravonligining diagnostikasi va davolash taktikasi boʼyicha tavsiyalar" mualliflar: Xakimova S. Z., Nasretdinova M. T., mamurova I. N., Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan roʼyxatga olingan, 12.058.2020. DGU soni 20201381 ostida