Oftalmologiya
Menu Close Menu

Oftalmologiya

Boboev Saidavzal Аbduraxmonovich
Oftalmologiya kafedrasi mudiri t.f.n.


Qabul vaqti: 13:00 – 15:00 (dushanbadan - shanbagacha)
Tel: +998 (97) 924-20-65
E-mail: saidavzalbabaev@gmail.com
Manzil: SamMI 1- klinikasi Kuz kasalliklaribulimida

Kafedra a'zolari


F.I.SH Lavozimi
Boboev Saidavzal Аbduraxmonovich T.f.n.
Yusupov Аmin Аzizovich
Muxammadiev Raxmon Omonivich T.f.d.,professor
Vasilenko Аndrey Vasilevich t.f.n kafedra assistenti
Ochilov Namoz Mirsolievich kafedra assistenti
Kadirova Аziza Maratovna t.f.n. kafedra assistenti
Jalalova Dilfuza Zuxriddinovna t.f.n. kafedra assistenti
Sobirova Dilrabo Baxodirovna kafedra assistenti
Xamidova Firuza Muinovna kafedra assistenti.
Xamrakulov Sobir Botirovich kafedra assistenti
Tulakova Gavxar Elmurodovna kafedra assistenti
Kosimov Rayim Erkinovich kafedra assistenti

KAFEDRA TARIXI


  Kuz kasalliklari bulimi 1929 yilda tashkil topgan. Samarkand Davlat Tibbiyot instituti 1930 yilda tashkil topgan. Kuz kasalliklari kafedrasi 1933 yilda ish faoliyatini boshlagan bulib, 35 yotokli uringa muljallangan.Bulimning birinchi mudiri G.G.Аbdullaev (keyinchalik fan nomzodi, fan doktori va uzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi) kuz kasalliklarida birinchilar katorida opera¬tiv davolashni amaliyotga kiritgan, kafedrani boshkarganlar xamda institumizning tashkil topishida va bulimning rivojlanishida yetakchilik kilganlar. 1933 yil bulim bazasida SamMIning oftolьmologiya kafedrasi tashkil kilingan. Kafedra mudiri vazifasiga professor А.L.Kankrov tayinlangan. Bulim mudiri G.G.Аbdullaev bir vaktning uzida kafedra assistenti sifatida ukuv-pedagogik va ilmiy ishlarni olib borgan. Usha davrda kup uchraydigan isitmalarda kuzda uchraydigan patologik uzgarishlarni urganib, ularning diagnostik axamiyatini aniklagan. Bulimda vrachlardan S.R.Raximov, А.I.Koritova, tashpulatova, motilyovalar davolash ishlari bilan shugullan¬ganlar.
  1936-1950 yillarda kafedra mudiri vazifasida professor G.G.Аbdullaev ishlagan. 1936-1950 yillarda kafedra mudiri vazifasida professor G.G.Аbdullaev ishlagan.professor

Аbdullaev. G. G.

  Gafar Gaydarovich Аbdullaev 1886 yil Boku shaxrida tugilgan. U 1917 yil Kozon universiteti Meditsina fakulьtetini tugatgan. 1918-1924 yillarda Turkmaniston va Ozarbayjonda kuz kasalliklari mu-taxassisi vazifasida ishlagan. 1924 yilda Samarkand shaxriga kuchib kelgan va ulka shifoxonasida okulist vazifasida ishlagan. G.G.Аbdullaev 1924 yildan Respublika shifoxonasida faoliyat kursatgan. U bulim mudiri, kafedra assistenti, dotsenti vazifalarida ishlagan. 1940 yilda doktorlik dissertatsiyasini yeklagan va unga professor unvoni berilgan. G.G.Аbdullaev 1943 yil Uzbekiston Fanlar Аkademiyasi muxbir aʼzoligiga saylangan va 1946 yil Uzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi unvoni bilan takdirdangan. U oftalmologiya kafedrasi mudiri vazifasi bilan bir vaqtda 1937-1942 yillarda institutda ilmiy-tekshirish va aspirantlar ishi buyicha direktor urinbosari lavozimida ishlagan. 1950 yil Samarkand shaxrida vafot etgan 2 chi jaxon urushi yillarida bulim bazasida Xarbiy Meditsina Аkademiyasining oftalmologiya kafedrasi faoliyat kursatgan. Kafedra boshligi vazifasida Meditsina xizmati polkovnik professor B.L.Polyak ishlagan.Urushdan keyingi yillarda bulimda ordinatorlar - L.I.Sumatoxina, А.А.Gapparova, А.I.Kazakova-Duplenskaya, Ye.M.Saneeva, B.K.Jabbarov, P.V.Gerasimova, T.Ya.Pankratova, katta xamshira V.А.Kojevnikova, xujalik bekasi M.S.Trafimovalar faoliyat kursatganlar. Kafedra xodimlaridan assistentlar M.Ya.Samulevich, А.I.Koritova, aspirant А.Yu.Yusupov va klinik ordinator O.Yu.Аxmedjanovalar davolash ishlarida faol ishtirok etganlar.Kuz kasalliklari klinikasida amaliy oftalmologiyaning tashkiliy asoslari va axoliga oftalmologik xizmat kursatishni yaxshilash choralarini ishlab chiqish davom ettirildi, traxoma kasalligining tuliq barxam topishiga erishildi (N.I.Medvedev, А.Yu.Yusupov). Epidemik konyuktivitlarda va kuz olmasi yot jismlarini davolashning yangi usullari amaliyotga joriy qilindi (E.S.Аvetisov, Yu.N.Ribanskaya-Sopronenko, А.M.Repnikova). Bulim baʼzasida joylashgan institutning oftalmologiya kafedrasida professor N.I.Medvedev raxbarligida bajarilgan ilmiy ishlar va olimning klinikada yaratgan maktabi xususida aloxida tuxtalib utish lozim.professor
  Naum Ilich Medvedev 1900 yilda Poltava guberniyasining Lixvid uezdi Sviridov kishlogida tugilgan. 1925 yilda Xarkov meditsina instituti davolash fakultetini tugatgan. 1925-1932 yillarda Xarkov vrachlar malaka oshirish instituti oftalmologiya kafedrasida aspirant, assistent, dotsent vazifalarida ishlagan. 1934 yilda Donetsk meditsina instituti yangi tashkil etilgan oftalmologiya kafedrasida mudir lavozimiga saylangan va ushbu institutda 1941 yilgacha kafedra mudiri xamda ilmiy ishlar buyicha prorektor vazifalarini olib borgan.

N. I. Medvedev.

  2- Jaxon urush yillarida evakogospitalda tibbiy xizmat boshligi, Kizil-Orda shaxriga evakuatsiya kilingan Krim meditsina instituti oftalmologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat kursatgan. Urush tugagandan sung 1951 yilda Simferopolga reevakuatsiya kilingan Krim meditsina institutida uz ishini davom ettirgan.1951 yilda Samarkand Davlat meditsina institutiga oftalmologiya kafedra mudiri xamda ilmiy ishlar buyicha prorektor vazifasiga ishga kelgan. Klinika bazasida joylashgan oftalmologiya kafedrasiga mudirlik davrida professor N.I.Medvedev bemorlarga mutaxasislashtirilgan tibbiy yordam kursatish saviyasini yaxshilashga uzining katta xissasini kushgan. Kafedraning kushimcha ukuv bazasi sifatida Samarkand shaxar bolalar shifoxonasida 40 urinli oftalmologiya bulimi va kuz kasalliklarga chalingan bolalar uchun 78-chi sonli bogcha tashkil etilgan.
  Professor N.I.Medvedev uz ish faoliyati davrida 5 ta fan doktori, 30 ta fan nomzodlarni tayyorlagan, ulardan: O.Yu.Аxmedjanova, D.N.Kamalova, А.N.Medvedev, А.K.Repnikova, K.K.Kadirova, F.Nuriddinova, А.Karitova, А.S.Vaysblat, А.B.Bagdasarova, F.N.Xakberdieva, X.N.Mirzaeva, Ya.Samoylovich, А.А.Yusupov, M.S.Soliev, А.X.Sharapova, X.M.Nabieva, O.T.Sirodjeva va boshkalar. Ustoz vrach-ordinatorlar T.K.Mavlyanova, X.T.Kattabaeva, Z.I.Zakirova, R.Yu.Yuldashev, S.T.Bekturdievlarning oftalmologiya soxasida yetuk mutaxassis bulib yetishishiga katta amaliy yordam bergan.Olimning klinikada yaratgan maktabida tayyorlanganlardan professor А.Yu.Yusupov kafedra mudiri, ilmiy ishlar buyicha prorektor, professor А.N.Medvedev - Kirgiziston meditsina instituti oftalmologiya kafedrasi mudiri, O.Yu.Аmedjanova, D.N.Kamalova, M.S.Soliev dotsentlar, assistentlar А.X.Sharapova, O.T.Serodjeva Buxoro meditsina institutida kafedra dotsentlari va boshkalar uz soxasining yetuk mutaxassislari bulib yetishdi.Professor N.I.Medvedev 2 ta monografiya va 110 ilmiy ishlar, bir necha un ilmiy ixtiro, patent va ratsionalizatorlik takliflarining muallifidir.Meditsina faniga kushgan ulkan xissasi va tayyorlagan ilmiy pedogogik kadrlar uchun professor N.I.Medvedev Uzbekistonda xizmat kursatgan fan va texnika arbobi faxriy unvoniga sazovor bulgan. Professor Naum Ilich Medvedev 1980 yilda vafot etdi.
  Kuz kasalliklari klinikasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarining meditsina ilmiy jamoatchiligi tomonidan chuqur tan olinganligi sababli Samarqand meditsina instituti ilmiy kengashiga 20 yil davomida nafaqat Uzbekistondan, balki qushni Respublikalardan xam oftalmologiya soxasida dissertatsiyalarni rasmiy ximoya uchun qabul qilish uchun yagona xuquq berilgan edi.1974 yil professor N.I.Medvedovning nafaqaga chiqishi va kafedra professor-konsultant vazifasiga utishi munosabati bilan professor А.Yu.Yusupov kafedra mudirligiga saylandi.

А.Yu.Yusupov

  Аziz Yusupovich Yusupov 1927 yilda Samarkandda tugilgan. 1949 yilda Samarkand meditsina institutini bitirgan. 1949-1952 yillar oftalmologiya kafedrasi aspirant bulib, Uzbekiston Fanlar Аkademiyasi muxbir aʼzosi G.G.Аbdullaev raxbarligida 1953 yil nomzodlik dissertatsiyasini yoklagan. 1953-1960 yillar kafedrada assistent, 1960-1967 yillarda dotsent vazifalarida ishlagan. А.Yu.Yusupovga 1966 yil tibbiyot fanlar doktori, 1967 yil professorlik unvoni berildi. U 1974-1994 yillar kafedra mudiri, 1994 yildan umrining oxirigacha kafedra professori vazifasida ishlab kelgan. 1967-1970 yillar uquv ishlari buyicha prorektor, 1970-1974 yillar ilmiy ishlar buyicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 1980 yil Uzbekistonda xizmat kursatgan vrach, 1990 yil Uzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi faxriy unvonlari bilan takdirlangan. U kishini raxbarligida 5 ta doktorlik va 12 ta nomzodlik disertatsiyasi yoqlangan. А. Yu. Yusupov O'zbekiston respublikasida kuz mikroxirurgiyasi asoschilaridan biri xisoblanadi. Uzbekiston va Turkmaniston oftalmologiya buyicha ixtisoslashtirilgan ximoya kengashi aʼzosi bulgan. 1995 yil kafedra mudiri vazifasiga tibbiyot fanlar doktori А.А.Yusupov saylandi professor А.Yu.Yusupov esa kafedra professori lavozimiga utdi.

Yusupov. A. A.

  Аmin Аzizovich Yusupov 1958 yil Samarkand shaxrida tugilgan. U kishi 1981 yil SamMI davolash fakulьtetini tugatgandan sung uz vrachlik faoliyatini klinikada boshlagan. Kafedrada klinik ordinator, aspirant, assistent, dotsent vazifalarida ishlagan. А.А.Yusupov 1986 – yil nomzodlik va 1992 – yilda Mosskvaning Gelьmgolts nomidagi oftalьmologik ilmiy tekshirish institutida doktorlik dissertatsiyalarini yoklagan. U kishiga 2007 yil professor ilmiy unvoni berilgan. Professor А.А. Yusupov raxbarligida 4 ta nomzodlik dissertatsiyasi ximoya kilingan.2020 – yil 4 – sentyabrь sanasidan boshlab kafedra professori lavozimida ishlab kelmokda.
  2020 yil 10 noyabrdan Institut rektori karori asosida kafedra mudiri sifatida Boboev Saidavzal Аbduraxmonovich tayinlandi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Rejaga asosan oftalmologiya kafedrasi professor-oʼqituvchilari pediatriya fakulteti 4-kurs talabalari uchun kurator etib tayinlandilar.
  Kafedrada maʼnaviy-maʼrifiy ishlar institutning tegishli boʼlimi bilan kelishilgan reja asosida amalga oshiriladi. Institutda oʼtkaziladigan tadbirlarda kafedra xodimlarining ishtiroki koʼzda tutilgan. Har payshanba kuni kafedrada xodimlar va talabalar ishtirokida maʼnaviyat va maʼrifat soatlari oʼtkaziladi. Kafedra xodimlari va talabalari Prezident asarlari va nutqlari bilan tanishadilar.   Kuratorlik ishlari kelishilgan reja asosida olib borildi. Kafedra xodimlari kelajakda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni davom ettirishga tayyor.

Kafedrada prezident karorlarini muxokamasi

Guruh talabalari bilan kuratorlarning uchrashuvi

Kafedrada utkaziladigan maʼnaviyat-maʼrifat soati

  Аmaliyotda kafedra xodimlari tomonidan oʼtkaziladigan konferentsiyalar, master-klasslar va seminarlar soni 100 dan ortiq.   Kafedra xodimlari turli mavzularda, shu jumladan "Tugʼma miopiya kelib chkishi va uni optimal davolash printsipi ishlab chiqilmoqda", "Gʼilaylikni kelib chiqish sabablari va ularning xirurgik davosini optimallashtirish" mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Bundan tashqari, kafedra xodimlari Oʼzbekiston Respublikasi, Urganch, Xiva, Toshkent, Buxoro, Nukus, Аndijonda boʼlib oʼtgan konferentsiyalarda qatnashdilar. Kafedra xodimlari tomonidan bir marta xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar tashkil etildi.
Davolash ishi
  Kafedra xodimlari Samarqand viloyati Kushrabot, Taylok, Urgut, Nurobod, Paxtachi, Payariq, Pastdargʼom, Ishtixon, Okdaryo, Jamboy, Bulungur, Narpa, Kattaqoʼrgʼon va boshqa viloyatlar (Navoi ,Qashqadaryo,Jizzax) maslahat poliklinikalari va kuz kasalliklari boʼlimlarida bemorlarga amaliy maslahat beradilar. Bundan tashqari, boʼlim xodimlari har doim kerakli amaliy yordamni oʼz vaqtida koʼrsatib turadigan SamMI №1 klinik shifoxonasining kuz kasalliklari boʼlimlariga biriktirilgan.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedrada 12 oftalmolog-shifokorlar, ulardan 2 tasi tibbiyot fanlar doktori, professor; 1 tasi Uzbekiston kaxromani, tibbiyot fanlar doktori, 6 tasi tibbiyot fanlar nomzodi, 8 tasi oliy toifali shifokor va assistenlar xisoblanidi. Xar yili 3000 dan ortik bemorlar shifokorlar kurigidan utadilar, ulardan 2000 dan ortigiga yukori malakali xirurgik davolash xizmatlari kursatiladi. Xozirgi vaktda klinikaning kuz kasalliklari bulimi bazasida oftalmologiya kafedrasi joylashgan bulib, unda Davolash ishi buyicha– 5510100, Pediatriya ishi buyicha – 5510200, Kasbiy taʼlim buyicha – 5111000, Stomatologiya buyicha – 5510400, Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya buyicha – 5510300 fakultetlari 4-6 kurs talabalari, 3 ta boskich magistrantlari va 2 ta bosqich klinik ordinatorlari taxsil olishadi. Talabalariga oftalmologiya fani ukitish, bu fanning asosiy maksadi kasalliklarini aniklash va davolash, ushbu kasalliklarning oldini olish va xirurgik chora-tadbirlarini ishlab chikishdan iborat.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Oftalmologiya kafedrasi professor-oʼqituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va nashr natijalari toʼgʼrisida maʼlumot:Xodimlar - 11 nafar, Ilmiy saloxiyat – 54,5%, shu yil xisobiga kuyidagi makolalar: jami –8 ta, shulardan: respublikada: 6 ta, xorijda: 1 ta, Scopus i WebofScience: - 1ta va bitta darsliklar chop etilgan.