DKTF otorinoloringologiya kafedrasi
Menu Close Menu

DKTF otorinoloringologiya kafedrasi

LUTFULLAEV G‘AYRAT UMRILLAEVICH
Kafedra mudiri, t.f.d., dotsent


Qabul vaqti: Dushanba - shanba: 08:30-14:00
Tel: (998) 905050095
E-mail: lutfullayev.gayrat@sammi.uz
Manzil: Samarkand sh., Ankabay ko‘chasi, 6

Kvalifikatsiyasi: otorinolaringologiya yo‘nalishi bo‘yicha tibbiet doktori.
O‘qitish muddatlari: 24 kun (144 soat), 12 kun (72 soat), 9 kun(54 soat), 6 kun (36 soat)
o‘qitish shakli – kunduzgi ta’lim 
  Kafedra faoliyati:
Kafedra faoliyatining asosiy maqsadi – sog‘likni saqlash tizimi mutaxassislarini fundamental ta’lim dasturlari erdamida saviyasini oshirib, yangi mexnat funksiyalarini bajarishga tayerlash va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishda erdam berish.
  Kafedra vazifalari:
• sog‘likni saqlash tizimi mutaxassislarining maxalliy va chet el tibbiet fani bilimlariga extiejini qondirib, mexnatni ilmiy va texnik tashkil etish;
• tibbiet soxasi ishchilarini qayta tayerlash va malakasini oshirishda o‘quv jaraenida umumta’lim dasturlari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda zamonaviy tibbiet fani va yuqori texnologiyalarni qo‘llash;
• magistratura va klinik ordinatura dasturlari bo‘yicha tayerlash;
• konsultativ faoliyat.


KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH Lavozimi
Lutfullaev Umrillo Lutfullaevich kafedra professori, t.f.d.
Safarova Nasiba Iskandarovna kafedra assistenti, t.f.n.
Xamraev Farid Xamidullaevich kafedra assistenti, t.f.n.
Valieva Nigina Karimovna kafedra assistenti.
Kobilova SHaxodat SHokirovna kafedra assistenti
Fayzullaev Dilshod SHodievich kafedra assistenti
Ne’matov Uktam Suyunovich kafedra assistenti
Ortikov Adxam Abdusodikovich kafedra assistenti

KAFEDRA TARIXI


  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni Saklash Vazirligining 1997-y. 27 yanvardagi 36 raqamli buyrug‘ini bajarish yuzasidan, SamMI rektorining 7.07.1997 y №174-U buyrug‘iga asosan "Otorinolaringologiya" kursi SamMI Vrachlar malakasini oshirish fakultetida "Otorinolaringologiya" kafedrasi etib tashkil qilindi. 2005-yildakafedra SamMI rektorinig 335-U buyrug‘iga asosan SamMI VMOF "Otorinolaringologiya" kafedrasi va stomatologiya kursi deb nomlandi. 23.03.2017-yil SamMI rektorinig 326-U buyrug‘iga asosan SamMI Vrachlar malakasini oshirish fakulteti "Otorinolaringologiya" kafedrasi SamMI Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti "Otorinolaringologiya" kafedrasi deb o‘zgartirildi.
  1920 yilda Urta Osiyo Davlat Universitetida meditsina fakulteti ochilishi bilan otorinolaringologiya kafedrasi tashkil kilindi kilindi. Birinchi kafedra mudiri professor S.F. SHteyn (1920-1922) etib tayinlandi keyinchalik kafedrani professor S.F. Kaplan (1922-1927) boshkardi. 1925 yilda Urta Osiyo otorinolaringologlarining ilmiy jamiyati tuzildi uning birinchi raisi kilib S.F. Kaplan saylandi.
1927 yildan 1930 yilgacha LOR kafedrani professor I.M. Rozenfelt boshkardi. 1920-1930 yillarda kafedraning ilmiy izlanishi kasb kasalliklari, Uzbekiston issik ob-xavoning LOR organlariga ta’siri, tuberkulyoz kasalliklari, xikildok kasalliklari, bodom bezlari patologiyasi va boshkalarga karatilgan edi (I.M. Rozenfelt, M.A. Novikov, I.B. Blyum, S.F. Kaplan)
  Samarkand shaxrida LOR kasalliklari bulimi 1929 yil Respublika shifoxonasida tashkil kilingan. Bulim 20 uringa muljallangan edi. Bulim mudiri vazifasiga A.V. Savelev tayinlangan. 1933 yil bulim bazasida institutning LOR kasalliklari kafedrasi tashkil kilingan. Bulim mudiri A.V. Savelevga professor ilmiy unvoni berilgan va u kafedra mudiri vazifasiga tayinlangan.
  Aleksandr Vasilevich Savelev 1898 yil Rossiyaning Saratov gubernasida tugilgan. 1925 yil Saratov Davlat universiteti meditsina fakultetini tugatgan va 1925-1930 yillarda ushbu fakultetning otorinolaringologiya klinikasida ordinator vazifasida ishlagan. 1930 yil Samarkand shaxriga kelgan.
  A.V.Savelev kafedraga 1933-1950 yillar mudirlik kilgan va bir vaktning uzida 1935-1939 yillarda klinika bosh vrachi, 1941-1944 yillar Samarkand shaxridagi evako gospitalda professor-konsultant va 1941-1942 yillarda Samarkand shaxar Soglikni saklash bulimi mudiri, xamda 1943-1945 yillar SamMI davolash fakulteti dekani vazifalarida ishlagan. A.V.Savelev «Uzbekistonda xizmat kursatkan fan arbobi» faxriy unvoni bilan takdirlangan. U 1950 yildan Kursk meditsina instituti rektori va bir vaktning uzida LOR kasalliklari kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat kursatgan.
  1932-1948 yillarda S.K.CHengeri ishlagan. Stanislav Kazimerovich CHengeri 1898 yilda tugilgan u 1925 yilda Saratov universitetining meditsina fakultetini tugatgan. Samarkand shaxriga kuchib kelgandan sung klinikada vrach- otorinolaringolog, bosh vrachning davolash ishlari buyicha urinbosari vazifasida ishlagan. U 1944 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoklagan va 1945 yilda unga dotsent ilmiy unvoni berligan. S.K.CHengeri keyingi yillarda SamMI otorinolaringologiya kafedrasida dotsent vazifasida faoliyat kursatgan. Unga «Uzbekistonda xizmat kursatgan vrach» faxriy unvoni berilgan.
Veniamin Andreevich Gorchakov 1918 yil Rossiyaning xozirgi Volgograd viloyatida tugilgan. 1940 yil Voronej meditsina institutini bitirgandan sung xarbiy xizmatga chakirildi. Ikkinchi jaxon urushi yillarida polk xarbiy vrachi sifatida janglarda katnashib, kurshovga tushadi va partizanlik xarakatida ishtirok etadi. Urush tugagach xarbiy xizmatni davom ettirib gospitallarda xarbiy vrach sifatida ishlagan.
  V.A.Gorchakov 1951-1959 yillarda Turkmaniston meditsina instituti otorinolaringologiya kafedrasida assistent, 1959-1970 yillar Kiev kulok-tomok-burun kasalliklari ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim lavozimida ishlaydi. U 1969 yil doktorlik dissertatsiyasini yoklagan, 1970 yil professor unvonini olgan. Professor V.A.Gorchakov 1970 yil SamMI otorinolaringologiya kafedrasi mudirligiga saylangan va 1981 yilgacha kafedra mudiri, 1981-1987 yillar ushbu kafedra professori vazifalarida ishlagan.
Raisa Voxidovna Sadrieva 1918 yil Samarkandda tugilgan. 1941 yil Samarkand meditsina institutini tugatgan. 1941-1946 yillarda Soglikni saklash tizimida amaliy vrach sifatida davolash-profilaktika ishlarini olib borgan. U 1946 yil Respublika shifoxonasi kulok-burun-tomok kasalliklari bulimida vrach ordinator vazifasiga kabul kilingan. U 1947-1950 yillarda bulim bazasida joylashgan otorinolaringologiya kafedra-sida klinik ordinator, 1950-1959 yillar assistent vazifasida ishlagan.
  R.V. Sadrieva 1959-1964 yillar ushbu kafedra dotsenti va 1964-1970 yillar kafedra mudiri lavozimida samarali faoliyat kursatgan. Unga 1968 yilda «Uzbekistonda xizmat kursatgan vrach» faxriy unvoni berilgan. Dotsent R.V.Sadrieva doktorlik dissertatsiyasini yoklagan va unga 1980 yil professor unvoni berligan. Professor R.V. Sadrieva 1981-1987 yillar kafedra mudiri, 1987 yildan keyin professor konsultant vazifalarida ishlagan.
  Taxsin Xamidovich Nasri ddinov 1944 yil Kattakurgonda tugilgan. 1966 yil SamMI davolash fakultetini tugatgan. 1968-1971 yillar Moskvada markaziy vrachlar malakasini oshirish instituti LOR – kasalliklar kafedrasida aspiranturada ukib, nomzodlik disserta-siyasini yoklagan. T.X.Nasriddinov 1972-1978 yillar SamMI otorinolaringologiya kafedrasi assistenti vazifasida ishlaydi. U 1978-1980 yillar doktoranturada taxsil olgan. 1981-1983 yillar SamMI ukuv ishlar prorektori lavozimida ishlagan.
  Doktorlik dissertatsiyasini yoklagandan sung unga professor unvoni berilgan. Professor T.X.Nasriddinov avval institutning 2-klinikasida joylashgan davolash fakulteti LOR kasalliklari kafedrasiga mudir, keyin ikki fakultetning kafedralari birlashtirilgandan sung 1987 yildan to umrining oxirigacha (2008 y) kafedra mudiri vazifasida ishlab kelgan.
  Akrom Ibragimovich Muminov 1937 yilda Samarkand shaxrida tugilgan. U 1961 yil ToshMI davolash fakultetini tugatgan. 1961-1965 yillarda SamMI klinikasida LOR kasalliklari kafedrasi assistenti va bir vaktning uzida davolash fakulteti dekani urinbosari vazifasida ishlagan. Sungra ToshMI ga ishga utib, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoklagan. ToshMI LOR kasalliklari kafedrasida dotsent, kafedra mudiri vazifalarida ishlagan. Professor ilmiy unvonini olgan A.I.Muminov bir vaktning uzida davolash fakulteti dekani va keyinchalik ukuv ishlar prorektori vazifasini bajargan. Professor A.I. Muminov 1991 yil Buxoro tibbiyot institutining tashkilotchilaridan biri bulib, 1991-1995 yillarda institutning birinchi rektori bulgan. 1995 yil Samarkandga ishga utib, 1995-2000 yillarda SamMI rektori va bir vaktning uzida LOR kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. Professor A.I.Muminov «Uzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi» faxriy unvoni bilan takdirlangan.
  2001-yil kafedra mudiri vazifasiga t.f.d. U.L.Lutfullaev saylangan.Umrillo Lutfullaevich Lutfullaev 1943-yil Samarqand viloyati Urgut shaxrida tug‘ilgan. U 1967-yil SamMI davolash fakultetini tugatgan. O‘z vrachlik faoliyatini Urgut tumani markaziy shifoxonasida boshlagan. LOR vrachlik mutaxassisligini puxta egallab, tuman shifoxonasida LOR kasalliklari bo‘limini tashkil etib, unga mudirlik qilgan. U amaliy ish bilan bir vaqtda izlanuvchi sifatida 1978-y. Moskva shaxrida Vrachlar Malakasini Oshirish Markaziy instituti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda «Sostoyanie verxnix dixatelnix putey, obonyatelnogo i vestibulyarnogo analizatorov i profilaktika ix narusheniy u tabakovodov» mavzusida nomzodlik dissertatsiya yoqlagan. U.L.Lutfullaev Urgut tumani markaziy shifoxonasi bosh vrachi vazifasida ishlagan va o‘z ilmiy ishlarini davom ettirib, 1988-yilda Kiev shaxrida Kolomiychenko nomidagi Quloq, tomoq va burun ilmiy tekshirish instituti qoshida «Sosudistie opuxoli LOR organov (klinika, diagnostika, lechenie)» mavsusida doktorlik dissertatsiya yoqlagan. 1989- 2013-y. SamMI Vrachlar malakasini oshirish fakulteti   "Otorinolaringologiya" kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelgan. Xozirda kafedra professori vazifasida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
  2013-yil sentyabr oyidan t.f.d. G‘.U.Lutfullaev kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Lutfullaev G‘ayrat Umrillaevich 1975-yil Samarqand viloyati Urgut shaxrida tug‘ilgan. 1992-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan. 1998-y. Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash fakultetini va 2000-y. klinik ordinaturani muvaffaqiyatli tugatgan. G‘.U. Lutfullaev 2000-yil aspiranturaga kirib, o‘z ilmiy faoliyatini boshladi. 2004-y. «Klinika, diagnostika i lechenie dobrokachestvennix opuxoley nosa i pridatochnix pazux» mavzusida professor A.M. Xakimov raxbarligida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 2012-y. «Diagnostika i lechenie dobrokachestvennix opuxoley glotki» mavzusi bo‘yicha professor S.S. Arifov raxbarligida doktorlik dissertatsiya yoqlagan.

Kafedra mudirlari:

Prof.Muminov A.I.

Prof. Lutfullaev U.L.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Madaniyat ishlarida kursantlar va bo‘lajak mutaxassislarning bo‘sh vaqtlari ham amalga oshiriladi. Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri bu yuqori axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqish, sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni tarbiyalash, talabalarni institut madaniy tadbirlariga jalb qilishdir. Ushbu vazifalarni bajarish uchun kafedrada tajribali o‘qituvchilar orasidan guruhlarga kurator ajratilgan. Kuratorlar rahbarligida kursantlar ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etishadi, madaniy hordiq chiqarishni tashkil etishadi, tarixiy obidalar va Samarqandning diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar.
Jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor beriladi. Magistratura talabalari va klinik rezidentlar institut sport majmuasi negizida faoliyat yuritadigan tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, jang san’atlari, engil atletika bo‘yicha sport seksiyalariga qatnaydilar. Ular viloyat va Respublika miqyosidagi sport musobaqalarida ham faol qatnashmoqdalar.
  SHarq donoligi aytganidek - "Ta’limni tarbiyadan va aksincha, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi". Fakultetda har yili 200 dan ortiq mutaxassislar tayyorlanadi.

  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi, unga ko‘ra tarixiy sanalar, milliy bayramlar, sport musobaqalari va boshqalarga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkaziladi. Ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, ma’naviyat markazlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda turli uchrashuvlar o‘tkaziladi.

  Xar bir murabbiy shaxsiy ish rejasiga ega bo‘lib, shu asosda murabbiylik guruxi bilan turli tadbirlar o‘tkazadi. Murrabiy xar bir talaba to‘g‘risida ma’lumotga ega. Xar payshanba “Ma’naviyat soati” yangiliklaridan boshlanadi.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


Fakultetda o‘quv-uslubiy ishlar O‘zbekiston Respublikasining o‘quv-uslubiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan:

O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni (1997 yil 29 avgust).
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avgust).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 20.04.2017 yildagi PQ-2909-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli "Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-sonli "O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi PQ-4310-sonli "Tibbiy va farmatsevtika ta’limi va fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi UP-5590-sonli "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi 242-sonli "O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv va o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 apreldagi 174-sonli "Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi qarori;
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini boshqarish va tashkil etishga qo‘yiladigan davlat talablari O‘z DSt 3322: 2018;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 12 iyundagi 170-sonli "Tibbiy (tibbiy) va farmatsevtika mutaxassisliklari va lavozimlari nomenklaturasini, olingan ta’lim darajasining Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarida almashtiriladigan lavozimga muvofiqligini tasdiqlash to‘g‘risida" gi buyrug‘i;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 12 iyuldagi 202-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalarida shifokorlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning vaqti va tartibi to‘g‘risida" gi buyrug‘i;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 12 iyuldagi 204-sonli "Tibbiy xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan talablar va ularni tasdiqlash tartibi to‘g‘risida" gi buyrug‘i;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 16 iyuldagi 210-sonli "Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida sertifikatlar va sertifikatlarni tayyorlash, saqlash va berish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida" gi buyrug‘i;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 13 noyabrdagi 445-sonli "Tibbiy mutaxassisliklar nomenklaturasiga, tibbiy lavozimlarga, shifokorlarning malakasini oshirish va ixtisoslashtirish muddatlari va tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida" gi buyrug‘i;
standart o‘quv dasturlari va boshqa normativ hujjatlar.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kafedra xodimlari ilmiy tadqiqot ishlari pedagogik kadrlarni tayerlash va amaliy sog‘liqni saqlash talablariga binoan olib borilib, xozirgi vaqtda fan va texnika rivojlanishi davlat dasturlari asosida muammolarni echishga qaratilgan.
Aytish joizki, kafedra xodimlari grant asosidagi konkurslarda ariza bilan qatnashib kelmoqdalar.
Oxirgi 3yilda ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 180 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan 76 tasi chet elda chop etilgan,

III Evraziya otorinolaringologlar Kongressi qatnashchilari,
Qirg‘isiston, Issiq-ko‘l