×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Pаtologik аnаtomiya kаfedrаsi, sektsion-biopsiya kursi bilаn

Xamidova Farida Muinovna

dotsent


Qabul vaqti: Seshanba va, chorshanba kunlari soat 15:00
Tel: +998939988384
E-mail: patan.km@mail.ru
Xamidovaf.m.05@mail.ru
Manzil: Kafedra bazasi-140120, Samarqand shahri, Anqaboy ko‘chasi, 6-uy SamDTI1-sonli klinikasining patologoantomik bo‘limi.

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH.

Lavozimi

Xamidova Farida Muinovna

Kafedra mudiri, dotsent

Eshkabilov Tura Jurevich

dotsent

Abdullaev Baxtiyor Saidovich

dotsent

Jumanov Ziyadulla Eshmamatovich

assistent

Urakov Kuvandik Negmatullaevich

assistent

Ismoilov Jasur Mardonovich

assistent

Amanova Gulafzal Uzbekovna

assistent

YAkubov Munis Zokirovich

assistent

Norjigitov Azamat Musakulovich

assistent

Oripova Ozoda Olimovna

assistent

Bobonazarov SamariddinDaminovich

assistent

Raxmonov Hamza Abduqodirivich

assistent

Rasnidov Abdullo

assistent

Umariva Farangiz

assistent



KAFEDRA TARIXI


  Patologik anatomiya kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1931 yil 28 avgustdagi 103-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiriprofessor Sergey Fedorovich Tatarenchik bo‘lgan. S.F.Tatarenchik 1924 yildan Toshkent shahri shifoxonalarida prozektor vrachi va 1926 yildan esa O‘rta osiyo davlat Universiteti (SAMGU) ning davolash fakulteti patanatomiya kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 1931 yilda hukumat qarori bilan unga patologik anatomiya fani bo‘yicha professor unvoni berilgan va Samarqand tibbiyot institutida tashkil etilgan patanatomiya kafedrasiga mudiretib tayinlangan. Professor S.F.Tatarenchik 1941-yilgacha shu lavozimda xizmat qilgan. Uning rahbarligida kafedraning ikki nafar xodimi nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar (V. M. Kopetskiy, 1932 yilda va E. N. Semenova, 1935 yilda). Professor S.F.Tatarenchik 1941 yilda gipertonik insult xastaligidan vafot etdi. Bugunga qadar kafedra makroperparatlari qatorida uning gipertrofiyalashgan (vazni 1000 grammdan ortiq bo‘lgan) yuragi saqlanib kelinmoqda.
  1941-1945 yillarda kafedraga Odessa shahridan ko‘chib kelgan professor David Xayutin rahbarlik qildi.
  1942-1944 yillarda patanatomiya kafedrasi bazasida Ulug‘ vatan urushi tufayli ko‘chirilgan Leningrad harbiy-tibbiy akademiyasining akademigi Nikolay Nikalaevich Anichkov rahbarlik qilgan patologik anatomiya kafedrasi faoliyat ko‘rsatdi. Akademik N.N. Anichkov va uning hamkasblari Ulug‘ Vatan urushi silsilalariga qaramasdan Samarqand tibbiyot instituti patanatomiya jamoasi bilan elkama-elka faoliyat ko‘rsatdi va amaliy yordam kursatdilar. Qamal tugagach 1944 yilda ular Leningradga qaytib ketdilar.
  1945-1951 va 1958-1968 yillarda SamDTI patologik anatomiya kafedrasiga dotsent Elizaveta Nikolaevna Semyonova rahbarlik qilgan. Uning rahbarligi davrida, ikkita xodimlar kandidatlik dissertatsiyalarini (A. A. Rostovsev 1963 va S. A. 1966 Gamiyans) himoya qilishganlar.
  1951 yildan 1958 yilgacha bo‘lgan davrda kafedraga professor Asadullo Ikramovich Magrupov rahbarlik qilgan. Professor A.I.Magrupov mashhur akademiklar A. I. Abrikosov va L. I. Smirnov rahbarligida "Joylangar ensefaliti morfologiyasi" mavzusi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan hamda birinchi O‘zbekistonlik patologoanatom professor bo‘lib hisoblanadi. Professor A. I. Magrupov rahbarligida, kafedraning 3 xodimi kandidatlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan (G. M. Patrusheva 1952, O. M. Azizova 1958, va F. A. Abduxolikov 1961).
  1968 yildan 1995 yilgacha bo‘lgan uzluksiz davrda, ya’ni, 27 yil davomida patologik anatomiya kafedrasini professor Oliya Muminovna Azizova boshqargan. Professor O.M. Azizovaning rahbarlik davrida kafedrada ishlagan xodimlar tomonidan 2 ta doktorlik va 9 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. (M.I. Moldovskiy 1981 va O. M. Azizova 1982 yilda doktorlik dissertatsiyalari – D.R. Kuldashev 1969; I. N. Norboev 1970; J.B. Axmetov 1971; T. J. Eshkabilov 1972; O.B. Boboxodjaev 1974; D.YU. Baygildina (Xodjaeva) 1974; R.S. Budagov, 1975; R.K. Baltabaev 1980 –kandidatlik dissertatsiyalari).
  1995 va 2003 yillarda kafedraga professor D.R. Kuldashev rahbarligida bitta kandidatlik dissetratsiyasi himoya qilingan (SH.E. Islomov 2001).
  2003-2005 yillarda patologik anatomiya kafedrasiga dotsent Tura Juraevich Eshkabilov rahbarlik qilgan.
  2005 yil may oyiga kelib patanatomiya kafedrasi sud tibbiyoti kafedrasi bilan birlashtirilgan hamda Sud tibbiyoti va patologik anatomiya kafedrasi deb nomlangan. Ushbu yillarda patologik anatomiya kursi maqomida faoliyat ko‘rsatib kelgan. SHu vaqtdan boshlab 2015 yilgacha patologik anatomiya kursiga dotsent Baxtiyor Saidovich Abdullaev rahbarlik qilgan va kaferdra xodimlaridan assistent F.M.Xamidova (2011) kandidatlik dissetratsiyasi himoya qilgan. 2015 yildan patologik anatomiya kursiga dotsent Farida Muinovna Hamidova rahbarlik qilb kelmoqda. Bu davrda kaferdra xodimlaridan assistent Z.E.Jumanov (2019) kandidatlik dissetratsiyasi himoya qilgan. 2020 yil sentyabr oyidan patologik anatomiya kursi sud tibbiyoti kafedrasidan ajratildi va alohidapatologik anatomiya sekcion-biopsion kursi bilan kafedrasi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.

  Hozirda kafedra dotsent F.M.Xamidova, dotsent T.J.Eshkabilov, dotsent B.S.Abdullaev, v.b, dotsent Z.E.Zhumanov, v.b, dotsent Sh.E.Islamov, assistentlar K.N.Urokov, G.U.Amonova, J.M.Ismoilov, A.M.Norjigitov, S.D.Bobonazarov, M.Z.Yakubov va O.O.Oripova, F.Umarova, H.Raxmanov, A.Rashidovlar mehnat qiladi.

  Kafedra SamMI klinikasining morfologiya 1 qavatidi hududida joylashgan bo'lib, 60 o'ringa mo'ljallangan ma'ruzalar zali, 14 ta o'quv xonasi, ikkita laboratoriya, 850 ta makro preparatlar va 6000 ta mikro preparatlardan iborat eksponatlari bor muzeyidan iborat. Kafedra Internetga ulangan telemeditsina tizimi mavjud. Ushbu tizim yordamida respublikaning barcha hududlaridagi Respublika patologiya markazi va patologik laboratoriyalar bilan doimiy aloqa o'rnatiladi. Bundan tashqari, tajriba va maslahat almashish uchun siz boshqa mamlakatlardagi shu kabi laboratoriyalar bilan bog'lanishingiz mumkin.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Xaftaning xar seshanba kuni institutda bo‘ladigan yo‘riknomaga kafedrada ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha javobgar shaxs muntazam ravishda katnashdi va berilgan mavzu va ma’lumotlar asosida, shuningdek ommaviy axborot vositalaridan, ya’ni «O‘zbekiston» va «Yоshlar» teleradiokompaniyasidan, «Xalq so‘zi», «O‘zbekiston ovozi», «Samarqand» kabi respublika va viloyat gazetalaridan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Axborot soati» materiallaridan olingan ko‘shimcha ma’lumotlar asosida xaftaning chorshanba kunlari kafedra va bulim xodimlari bilan, xaftaning payshanba kunlari esa kafedraga taxsil olayotgan talabalar bilan muntazam ravishda «Axborot soati» o‘tkazildi, bunda yurtimizda turli soxalarda amalga oshirilayotgan isloxоtlar, siyosiy-iktisodiy vokealar, Prezident SH.M.Mirziyoev asarlari, Vazirlar Maxkamasi karorlari va Oliy Majlis sessiyalari materiallari, kabul kilingan Konunlarning mazmun va moxiyati bilan tanishtirib borish bilan bir katorda chet mamlakatlarda yuz berayotgan vokea-xodisalar tug‘risida xam batafsil ma’lumotlar berildi; 2019 yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» 2020 yil «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturlarining maksad va vazifalarini, dasturning amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlarning mazmun-moxiyatini talabalarga etkazishga karatilgan keng kulamli axborot-targibot ishlarini tashkil etish maksadida talabalar bilan xar kungi amaliy mashgulotlarni boshlashdan oldin utkaziladigan 5 minutlik va xaftaning xar payshanba kuni buladigan «Axborot soati»da targibot ishlari muntazam ravishda olib borildi va davom ettirildi.

Ma’naviyat soatidan foto lavha

Murabbiy guruxlari bilan payshanba kunlari utkazilayotgan ma’naviyat soatidan foto lavhalar

Murabbiylik guruxlari bilan kuyidagi ishlar olib borildi:

- murabbiylik ish rejasi uz vaqtida ishlab chikildi va tasdiklandi;
- talabalar tug‘risida tulik ma’lumotlar tuplandi va murabbiylik guruxi tug‘risidagi ma’lumotlar saklaydigan disk va albom tayyorlandi;
- ularning yashash joylari va oilalari bilan tanishildi va suxbatlar utkazildi;


O’QUV-USLUBIY ISHLARI




ILMIY TADQIQOT ISHLARI